Ijtimoiy fanlar
Download 286.3 Kb.
|
Ijtimoiy fanlar
- Bu sahifa navigatsiya:
- Mintaqaviy muammolar
- Monizm
- Negativ
- Oppozisiya
Metodologiya – metod haqidagi ta'limot, bilishning yangi metodlarini yaratish tamoyillarini ishlab chiqish.
Milliy muammolar tushunchasi ijtimoiy-siyosiy va ilmiy muomalada ba'zan muayyan davlat yoki milliy hamjamiyatning ma'lum qiyinchiliklari, g'am-tashvishlarini aks ettiradi. Miqyos darajasiga qarab ular mintaqaviy yoki mahalliy muammolar sifatida talqin qilinishi mumkin. Mintaqaviy muammolar - ayrim qit'alar, dunyoning yirik ijtimoiy-iqtisodiy hududlari yoki ancha yirik davlatlarda yuzaga keladigan muhim masalalar doirasini qamrab oladi Mistika – sirli, g'ayritabiiy, tushunarsiz narsa yoki hodisa. Moddiylashtirish – ma'no strukturalari, sxemalar, loyihalarning inson faoliyatida gavdalanishi. Modus – predmetning unga ayrim holatlardagina xos bo'lgan muvaqqat xossasi. Monizm – plyuralizmga zid o'laroq, muayyan bir asosdan kelib chiqadigan falsafiy yondashuv. Nano yunoncha “nanos” so'zidan olingan bo'lib, mitti degan ma'noni bildiradi. Nanotexnologiya-mitti texnologiya bo'lib, uning prototipi tabiatning o'zida mujassam. Ko'zga ko'rinmas bakteriyalar, chumoli, o'rgimchak va shunga o'xshash hasharotlar tabiiy nano jismlardir. Negativ – salbiy, biror narsaga zid. Noosfera – aql-idrok sohasi yoki Biosferaning shunday bir holatiki, bunda odamlarning oqilona faoliyati Biosfera rivojlanishining muhim omiliga aylanadi. Obraz – amaliy faoliyat va bilish jarayonida shakllangan hissiy yoki oqilona tasavvur. Okkultizm – maxsus ruhiy mashqlar, alohida marosimlar orqali ayrim insonlargina bila oladigan koinotda sirli kuchlar mavjudligini e'tirof etuvchi ta'limot. Oppozisiya - qarshi harakat, muayyan narsaga ochiqdan-ochiq yoki zimdan qarshilik ko'rsatish. Panteizm – Xudoni tabiat bilan tenglashtiruvchi falsafiy ta'limot. Paradigma – mazkur davrda ilmiy hamjamiyat tomonidan e'tirof etilgan muayyan ilmiy tadqiqot yo'nalishini belgilovchi prinsiplar majmui. Download 286.3 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling