Ijtimoiy fanlar


Muloqot faoliyat sifatida


Download 286.3 Kb.
bet41/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Muloqot faoliyat sifatida. Mehnat qurollaridan foydalanish usullari, ularning vazifasi haqida axborot berish vositasi sanalgan o‘ziga xos «til»ga qarab mo‘ljal olish inson faoliyatining zaruriy sharti hisoblanadi. Shaxsning shakllanish jarayonida faoliyat qay darajada muhim rol o‘ynamasin, uni mutlaqlashtirish yaramaydi. Psixolog S.L.Rubinshteyn insonning kamol topishida faoliyat rolining mutlaqlashtirilishiga qarshi e’tiroz bildirar ekan, shunday deb qayd etgan edi: «Inson qobiliyatlarining rivojlanish jarayoni u yaratadigan narsalarning rivojlanish jarayoni emas, balki insonning kamol topish jarayonidir, chunki qobiliyatlar insonda narsalardan yaralmaydi»1.
Mavzu: FALSAFIY MUAMMOLARI.
Reja:

  1. Ijtimoiy bashorat tushunchasi va uning turlari.

  2. Prognozlashtirish metodlari

  3. Globallashuv hodisasi. Global muammolarni hal qilishda falsafaning orni.

  4. Global muammolarning mohiyati va darajalari.

  5. Global ongni shakllantirish zaruriyati.

Jamiyatni ilmiy bilish va boshqarishda unda sodir bo’layotgan jarayonlar taraqqiyotning oqibatini oldindan ko’ra bilish katta ahamiyat kasb etadi. Bashorat qilish nima? Inson hayotida ro’y bermagan, fan uchun hozircha noma’lum xisoblangan, imkoniyat tariyasidagina mavjud bo’lgan biron –bir ijtimoiy, siyosiy voqea yoki xodisaning kelajakda qanday ro’y berishini, uning Xolati, rivojlanish qonunlari, va oqibatlari muayyan ilmiy dalillar, nazariy xulosalar va ma’lumotlarga asoslangan Xolda oldindan aytib berish – bashorat qilishdir. Inson faqat orqaga, o’tmishga qarab yashay olmaydi, balki o’tmish avlodlar tamonidan yaratilgan barcha ilmiy bilimlarni chuqur o’rganish va o’zlashtirish, ularga ijodiy va tanqidiy yondashish asosida kelajakni oldindan ko’rishga, to’xtovsiz ilgarilab borishga harakat kiladi. O’tmishni, tarixni bilmasdan turib kelajakni bilish, olg’a rivojlanish mumkin emas. Kelajakka umidvorlik bilan qarash, bugun bilmagan narsa va hodisani ertaga mukammal bilishga intilish, orqaga emas, oldinga, kalajakka tomon harakat qilish – insonning eng muhim vazifalaridan hisoblanadi. Inson o’zining kelajagini taxmin va gumonlarga asoslanib emas, balki fan va amaliyotni chuqur ilmiy xulosalarga asoslanib bilib oladi. Fan va amaliyot – kelajakni oldindan ko’ra bilishning eng ishonchli kurolidir. Inson fan yordamida dunyoni ilmiy asosda biladi, undan maksadga muvofiy tarzda foydalanadi. Biron bir narsadan foydalanish uchun avvalo o’sha narsa va hodisani bilish, atroflicha o’rganish kerak bo’ladi.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   37   38   39   40   41   42   43   44   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling