Ijtimoiy fanlar


Download 286.3 Kb.
bet9/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Birinchidan, falsafiy tadqiqot oqilona bilishning fanda olingan natijalarni tekshirish (verifikatsiya qilish) yoki rad etish (falsifikatsiya qilish) imkoniyati yo‘qligi tufayli lozim darajada samara bermagan yoki umuman ojiz bo‘lib chiqqan sohasida amalga oshiriladi. Insoniyat oqilona bilishning bundan boshqa usullariga ega emas. Ikkinchidan, falsafiy refleksiya muammoni ko‘rish ufqini kengaytiradi, uni tadqiq etishga nisbatan yangicha, o‘ziga xos yondashuvlarni taklif qiladi, shu jumladan fanga bunday yondashuvlarni ilgari surishga ko‘maklashadi. Zero, aniq ta’riflar va ishonchli dalillarga tayanadigan fan o‘z fikrlari va xulosalarida bunday erkinliklarga yo‘l qo‘ya olmaydi. Vaholanki, falsafiy tafakkur mulohaza yuritish va baholashlarga nisbatan erkin yondashuvsiz o‘zining betakrorligini yo‘qotadi. Xulosa. Dunyoqarash bu insonning dunyoga, undagi voqealarga munosabatlari, undagi o‘rni va hayot mazmuni haqidagi eng umumiy qarashlari tizimi.
Insoniyat tarixida dastlab mifologik dunyoqarash shakllangan bo‘lib, unda inson atrof muhit bilan birlashadi hamda na tabiat va na o‘z urug‘idan ajralmagan holda namoyon bo‘ladi. Diniy dunyoqarashga olamni bu dunyo, u dunyo va g‘ayri tabiiy dunyoga bo‘lish xos. Dinning asosi g‘ayritabiiy kuchlarga ishonch bilan yo‘g‘rilgan. Sharq qadimiy madaniyat o‘chog‘i va jahon sivilizatsiyasining beshigi deya bejiz ta’riflanmagan. Farb madaniyati tarixini o‘rganish jarayonida Ovrupotsentrizm nazariyasiga og‘ib ketish g‘ayriilmiy bo‘lgani kabi, masalaning SHarq bilan bog‘liq jihatini tahlil etganda ham Osiyosentrizm g‘oyalari ta’siriga tushmaslik lozim. Shu bilan birga, Sharqning o‘ziga xosligi, unga mansub bo‘lgan madaniy taraqqiyot jahon sivilizatsiyasining beshigi, dunyo xalqlari rivojiga qo‘shilgan munosib hissa ekani ham sir emas. Bu hol jahonning barcha xolis mutaxassis olimlari tomonidan e’tirof etiladi. Qolaversa, Vatanimiz sivilizatsiyasining SHarq sivilizatsiyasi quchog‘ida voyaga etgani va uning qadriyatlarini o‘zida aks ettirganini, unga va butun dunyo madaniyatiga ulkan ta’sir ko‘rsatganini doimo esda tutish darkor.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   5   6   7   8   9   10   11   12   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling