Ijtimoiy fanlar


Falsafaning jamiyatdagi ahamiyati va roli yoki amaliy falsafa


Download 286.3 Kb.
bet8/52
Sana22.10.2023
Hajmi286.3 Kb.
#1716187
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52
Bog'liq
Ijtimoiy fanlar

Falsafaning jamiyatdagi ahamiyati va roli yoki amaliy falsafa. Odatda falsafa kundalik hayot va amaliyotdan ancha uzoq bo‘lgan haddan tashqari umumiy masalalarni o‘rganadi, degan fikr mavjud. Ammo bu fikrga qo‘shilish mushkul, zero umumiy nazariyalar, agar ularga kengroq ma’noda va uzoqroq istiqbol nuqtai nazaridan yondashilsa, ba’zan bilimning tor sohalariga taalluqli bo‘lgan ko‘pgina muayyan g‘oyalardan yaxshiroq samara beradi. Falsafaning ijodiy xarakteri. Falsafa jamiyat hayotining deyarli barcha jabhalariga kuchli ta’sir ko‘rsatgan holda, ayni vaqtda fan bilan doim yaqin aloqada ish ko‘radi. U yoki bu fan qanday muayyan muammolarni hal qilishidan qat’iy nazar, ular bilan bog‘liq jarayonlar va hodisalarga, ya’ni butun vaziyatga, shu jumladan oxir-oqibatda olingan natijalarga nisbatan falsafiy yondashuv doimo zaruriy shart hisoblanadi. Muayyan fan predmetiga va uning oldida. Hozirgi dunyoda falsafaning ahamiyati. Bugungi kunda, tezliklar va yuksak texnologiyalar asrida falsafa kerakmi, u eskirgani yo‘qmi? Uzluksiz axborot oqimi va surunkali vaqt tanqisligi sharoitida muayyan bilim falsafani siqib chiqarmaydimi? Bunday savollar mutlaqo o‘rinlidir, lekin ularga javobni hayotning o‘zi beradi, u hozirgi zamon odami oldiga ko‘p sonli, shu jumladan ilgari hech qachon mavjud bo‘lmagan, butunlay yangi falsafiy muammolarni qo‘yadi.
Jahon hamjamiyati III ming yillikning boshlanishini, biosfera holati va Erda hayotning davom etishi uchun o‘z javobgarligini tobora teranroq anglagan holda qarshi oldi. Ayni shu sababli insonning barkamol rivojlanishi, odamlar, xalqlar o‘rtasida, shuningdek jamiyat va tabiat o‘rtasida insoniy, yaxshi qo‘shnichilik munosabatlarini o‘rnatish masalalari azaliy falsafiy mavzular bilan bir qatorda falsafiy tadqiqotlarda birinchi o‘ringa chiqmoqda. SHu munosabat bilan faylasuflar avvalo Er yuzida ta’limning holati va rivojlanish darajasidan qattiq tashvishda ekanliklarini bildirmoqdalar. Ko‘pgina faylasuflar fikriga ko‘ra, hozirgi muammolarning aksariyati zamirida aynan qoniqarsiz ta’lim va lozim darajadagi tarbiyaning yo‘qligi yotadi. Bu muammolarni echishda falsafa ham o‘z rolini o‘ynashi lozim. Falsafa dunyoni anglash usuli sifatida. Bugungi kunda nafaqat ayrim xalqlar, balki butun jahon hamjamiyati falsafaga, o‘zining hayotdagi o‘rni va vazifasini falsafiy anglab etishga ayniqsa muhtojdir. Falsafa real hayot bilan uzviy bog‘liq va doim inson borlig‘ining eng muhim muammolarini anglab etishga qarab mo‘ljal oladi. Ayni shu sababli hozirgi davrning muhim muammosi – globallashuv va uni falsafadagi butunlay yangi mavzu sifatida falsafiy anglab etish muhim ahamiyatga ega. Falsafa predmeti va muammolarini muhokama qilishda alohida diqqatga loyiq bo‘lgan boshqa bir mavzu insonni shaxs sifatida tarbiyalash va kamol toptirishda falsafaning roli va ahamiyatidir.

Download 286.3 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   4   5   6   7   8   9   10   11   ...   52




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling