Ijtimoiy fanlar va texnika fakulteti iqtisodiyot kafedrasi
Jadval va grafik materialning miqdori
Download 70.88 Kb.
|
Ravshan
- Bu sahifa navigatsiya:
- Kurs ishining ijobiy tomonlari
- Kurs ishiga qo’yilgan baho
- I BOB: Bozor isloxotlari bozor iqtisodiyotiga o’tishning asosi.
- XULOSA. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish.
Jadval va grafik materialning miqdori:
__________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ __________________________________________________________________ Kurs ishining ijobiy tomonlari: ____________________________________________________________________________________________________________________________________ Kurs ishining ijobiy kamchiliklari: ____________________________________________________________________________________________________________________________________ Kurs ishiga qo’yilgan baho “__”______________________________________ Kurs ishi rahabari:_________ ________________________________________ (imzo) (F.I.Sh.) Mavzu:Bozor Islohotlari mohiyati va o'tish davrdagi o'ziga xos xususiyatlari REJA: KIRISH I BOB: Bozor isloxotlari bozor iqtisodiyotiga o’tishning asosi. 1.1. Bozor tushunchasi uning vazifalari va turlari. 1.2. Bozor islohotlari tushunchasi va uning asosiy belgilari. II BOB. Bоzоr iqtisodiyotiga o’tish davrida bozor islohotlarining o’ziga xos хususiyatlari. 2.1. Bоzоr iqtisodiyotining mazmuni va uning asоsiy bеlgilari. 2.2. O’zbekistonda milliy taraqqiyot bosqichlarida bozor islohotlarining roli. 2.3. O’zbеkistоnning bоzоr iqtisodiyotiga o’tish mоdеli. XULOSA. Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati. Kirish. Bozor islohotlari — davlatning bozor iqtisodiyotiga oʻtishni taʼminlashga qaratilgan ijtimoii, iqtisodiy choratadbirlari tizimi, iqtisodiy islohotlarnint tarkibny qismi. Bozor islohotlari totalitar rejali iqtisodiyot hukmron boʻlib kelgan sobiq sotsialistik mamlakatlarda bozor iqtisodiyotiga oʻtishni taʼminlaydi. Bozor islohotlari jamiyatning iqtisodiy tuzumida tub oʻzgarishlarga olib keladigan bir qancha yoʻnalishlarda olib boriladi. Mulkiy islohotlar. Bunda mulkchilik munosabatlari oʻzgartirilib, davlat mulki monopoliyasi tugatiladi, uning hisobidan boshqa mulklar, xususan jamoa mulki, hissadorlik mulki va xususiy mulk rivojlanadi; Agrar islohotlar. Yerga egalikqilish, xoʻjalik yuritish usullarini oʻzgartirish, yerni turli mulk obʼyektiga aylantirish, qishloqni fermerlashtirish, tomorqa xoʻjaligini kengaytirish, ijara munosabatini rivojlantirish choratadbirlari oʻtkaziladi. Agrar islohotlar pirovardida bozor iqtisodiyoti talablariga moye keladigan agrar tuzilmani yuzaga keltiradi. Moliya-kredit islohotlari. Moliya-kredit tizimini bozor talablariga binoan qayta qurish, byudjet tuzilmasini oʻzgartirish, pul islohotini oʻtkazish, tijorat banklari va mayda kredit tashkilotlari ochilishini, shuningdek yangicha valyuta munosabatlariga oʻtish maqsadlarini koʻzlaydi. Infratuzilma islohotlari. Bozor munosabatlariga xizmat qiluvchi intlar (muassasa, tashkilot, idoralar)ni tashkil etishni bildiradi, bular jumlasiga birjalar, brokerlik idoralari, trast kompaniyalari, banklar, sugʻurta kompaniyalari, auditorlik firmalari kabilar kiradi.Tashqi iqtisodiy aloqalar islohotlari. Ularga mamlakat milliy iqtisodiyotini jahon iktisodiyotiga qoʻshilishini taʼminlaydigan choratadbirlar, jumladan eksport va import, bojxona siyosati, chetdan qarz olish, xorijiy moliya tashkilotlari bilan aloqa oʻrnatish, chetga kapital, ish kuchi chiqarish va boshqalarga oid choratadbirlar kiradi. Sotsial (ijtimoiy) islohotlar. Daromadlarni davlat ishtirokida taqsimlash, aholini qimmatchilikdan himoya qilish, aholining nochor qatlamlariga yordam berish, ishsizlik nafaqasini joriy etish, pensiya, sotsial sugʻurta fondlari, turli xayriya jamgʻarmalarini uyushtirishga taalluqli choratadbirlarni oʻz ichiga oladi. Bozor islohotlari bir butun majmua boʻlib, ular ijtimoiy va iqtisodiy hayotning hamma jabhalarini qamrab oladi, yangi va yaxlit iqtisodiy mexanizmni yuzaga keltiradi. Bozor islohotlari ning umumiy talablari bir xil, lekin ularni amalga oshirish mamlakatning tanlagan modeliga, uning aniq sharoitiga qarab turlicha kechadi. Oʻzbekistonda Bozor islohotlari bozor iqtisodiyotiga oʻtishdagi Oʻzbekiston modelining umumiy va xususiy jihatlarini hisobga olgan holda oʻtkazilmoqda. Oʻzbekistonda Bozor islohotlari 1991-yildan — Mustaqillik eʼlon qilingandan soʻng boshlangan.Birinchi Prezident I.A. Karimov asoslab bergan besh tamoyil Bozor islohotlari strategiyasi va taktikasining konseptual asosini tashkil etadi. 1991-yildan 1994-yilning oʻrtalarigacha davom etgan Bozor islohotlari birinchi bosqichida islohotlarning huquqiy negizi yaratildi, kichik xususiylashtirish amalga oshirilib, mahalliy sanoat, savdo-sotiq, maishiy xizmat sohalari davlat tasarrufidan chiqarildi, iqgisodiyotning nodavlat sektoriga asos solindi. 1994-yilda nodavlat sektorida milliy daromadning 53% yaratildi. Bu bosqichda agrar sektorni isloh qilish shaxsiy xoʻjaliklarga yer berish, xoʻjaliklarda fermerlashtirish shaklida yuz berdi. Davlat narxlaridan sekin-asta erkin bozor narxlariga oʻtildi, bozor infratuzilmasi shakllantirildi, boshqarishning iqtisodiy usuliga oʻtila boshlandi. Ijtimoiy islohotlarning dastlabki bosqichida barchani qimmatchilikdan himoya qilish, soʻngra muhtoj oilalarni himoya qilish choralari qoʻllandi. Bozor islohotlari ning ikkinchi bosqichi 1994-yil oʻrtalaridan 1997-yil oʻrtalarigacha davom etdi. Bu bosqichda mulkni xususiy lashtirish davom ettirildi, oʻrta va yirik korxonalar ham davlat tasarrufidan chiqarilib, ularning koʻpchiligi ochiq aksiyadorlik jamiyatlariga aylantirildi. 1997-yil kelib iqtisodiyotning nodavlat sektorida milliy daromadning 67% yaratildi, milliy pul — soʻm muomalaga kiritildi (1994-yil 1-iyul) va yagona toʻlov vositasi deb eʼtirof etildi, uning mamlakat ichidagi konvertatsiyasi taʼminlandi. Download 70.88 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling