Ijtimoiy fanlar


 Axborotni daromad manbaiga aylantirish


Download 1.72 Mb.
Pdf ko'rish
bet51/132
Sana11.10.2023
Hajmi1.72 Mb.
#1699103
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   132
Bog'liq
UMK media PDF

3. Axborotni daromad manbaiga aylantirish 
“Ayni vaqtda barchamiz bir haqiqatni unutmasligimiz zarur: axborot maydonidagi 
turli bahs va tortishuvlar, avvalo, haqqoniylik va xolislik tamoyillariga asoslanishi, 
qonun va odob qoidalari doirasida bo‘lishi, shaxsiy g‘araz va xusumatga, soxta obro‘ 
orttirish usuliga aylanib ketmasligi, inson shaxsi va sha’nini tahqirlashdan yiroq 
bo‘lishi, bunday salbiy holatlarga bizning media maydonimizda mutlaqo o‘rin 
bo‘lmasligi kerak”
12
 deydi Sh.Mirziyoyev. 
Axborot atamasi lotincha information axborot so‘zidan olingan bo'lib, tushuntirish, 
xabardorlik, taqdim etish degan ma'noni anglatadi. Keng ma'noda axborot - bu odamlar 
o'rtasida axborot almashish, jonli va jonsiz tabiat, odamlar va qurilmalar o'rtasidagi signal 
almashishni o'z ichiga olgan umumiy ilmiy tushuncha. Axborot - bu atrof-muhit ob'ektlari 
va hodisalari, ularning parametrlari, xususiyatlari va holati to'g'risidagi ma'lumotlar, ular 
haqidagi bilimlarning noaniqligi va to'liq emasligi darajasini kamaytiradi. Informatika 
fanida axborot bilan bir qatorda ma'lumotlar tushunchasi ham tez-tez ishlatiladi. 
Ma'lumotlar qandaydir sabablarga ko'ra ishlatilmaydigan, faqat saqlanadigan belgilar 
yoki qayd etilgan kuzatuvlar sifatida qaralishi mumkin. Agar biror narsaga nisbatan 
noaniqlikni kamaytirish uchun ushbu ma'lumotlardan foydalanish mumkin bo'lsa, 
ma'lumotlar ma'lumotga aylanadi. Shu sababli, ma'lumot foydalanilgan ma'lumotlar deb 
ta'kidlash mumkin. Bugungi kunda bloggerlik butun bir professional yo'nalishdir, garchi 
bu kasb hali universitetda o'rgatilmagan. 
O‘zbekiston Respublikasining 2003 yil 11 dekabrda qabul qilingan “Axborotlashtirish 
to‘g‘risida”gi 560—II-sonli Qonuniga bir qator o‘zgartirishlar kiritildi. Ushbu 
o‘zgartirishlar blogerlarning faoliyatini tartibga solish maqsadida kiritildi. Bu haqda 
“Xalq so‘zi” gazetasining rasmiy sayti xabar beradi. Unga ko‘ra: Bloger — Internet jahon 
axborot tarmog‘idagi o‘z veb-saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga hamma erkin 
foydalanishi mumkin bo‘lgan, ijtimoiy-siyosiy, ijtimoiy-iqtisodiy va boshqa xususiyatga 
ega axborotni joylashtiruvchi, shu jumladan axborotdan foydalanuvchilar tomonidan 
ushbu axborotni muhokama qilish uchun joylashtiruvchi jismoniy shaxs. 
12
https://adu.uz/uz/news/article/941 


54 
O‘zbekistonda blogerlik faoliyati "Axborotlashtirish to‘g‘risida"gi qonun 
doirasida tartibga solinadi. Qonunga "blogerlik" iborasi ilk bor 2014 yilda kiritilgan. 
Unda ochiq manbalardan qo‘lga kiritilgan axborotni tarqatayotgan shaxsning 
mas’uliyati belgilab berilgan.
13
«Axborotlashtirish to‘g‘risida»gi Qonunda «bloger» tushunchasini quyidagi tarzda 
kengaytirilgan: xabar va materiallarni to‘plash, tahlil qilish, tahrirlash, tayyorlash va 
tarqatish bilan shug‘ullanuvchi hamda ularni axborotdan foydalanuvchilar tomonidan, 
shu jumladan, muhokama qilishi uchun Internet jahon axborot tarmog‘idagi o‘z veb-
saytiga va (yoki) veb-sayt sahifasiga joylashtiruvchi jismoniy shaxs. 

Download 1.72 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   47   48   49   50   51   52   53   54   ...   132




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling