Ijtimoiy fanlar
Download 1.72 Mb. Pdf ko'rish
|
UMK media PDF
- Bu sahifa navigatsiya:
- Аҳоли сони (млн.) Фойдаланувчилар сони (млн.) Интернет қамрови (фоиз)
18,4
33,5 6,4 9,1 5,8 15,1 22 2,5 2,9 1,3 82,1 65,6 39,1 32,7 22,4 Қозоғистон Ўзбекистон Қирғизистон Тожикистон Туркманистон Аҳоли сони (млн.) Фойдаланувчилар сони (млн.) Интернет қамрови (фоиз) 70 norasmiy saytlarda salbiy mazmundagi axborotlar hajmining ko‘payishi, axborotlarni nazorat qilish imkonining yo‘qligi internetga nisbatan axborot xavfsizligiga qarshi manba sifatidagi ijtimoiy fikrni shakllantirdi. Ta’kidlash lozimki, internet tarmog‘ida turfa axborotlar, jumladan, ma’naviy qashshoqlik, axloqiy tubanlikni targ‘ib qiladigan, pornografiya, «ommaviy madaniyat» kabi salbiy materiallar ham mavjud. 36 «Yoshlarning O‘zbekiston internet milliy segmentidagi ishtirokining sotsiologik jihatlari» mavzusida anketa-so‘rovnomasi o‘tkazildi 37 . Tadqiqotda respondentlardan o‘zbek milliy saytlaridagi kamchiliklar so‘ralganda ular tahliliy ma’lumotlarning kamligini ko‘rsatdi (59,9 foiz). Shu bilan birga, saytlar yangilanishi sustligi (49,1 foiz), dizaynning innovatsion talablariga javob bermasligi (28,7 foiz), foydalanuvchilar auditoriyasining kamligi (23,8 foiz), jozibador reklama va roliklarning yetishmasligi (16,7 foiz) kabilar o‘zbek tilidagi saytlardagi asosiy kamchiliklardir. Hozirgi taraqqiyot bosqichida shaxsning raqamli texnologiyalardan foydalanish zaruriyati kundalik, ijtimoiy ehtiyojga aylanganligi sababli, uning inson faoliyatiga, hulqiga ta’siri, shaxsiy qadriyatlari tizimini belgilashdagi o‘rniga e’tibor berish lozim. Muallif tomonidan internet resurslari tarkibiy (kontent) tahlili natijasida quyidagilar aniqlandi: O‘zbekiston ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlariga xavf solayotgan axborot xurujida xakkerlar va kiberjinoyatchilar faol ishtirok etmoqda. Kontent tahlil natijalari tasdiqlaydiki, xakerlar tomonidan mavjud bo‘lgan salbiy axborotlar (15,0%) tashkil qiladi, aholi ongini buzib, unga ta’sir o‘tkazishga bo‘lgan urinishlar (16,3%), turli mish- mishlarni tarqatish (14,8 %), ijtimoiy islohotlar jarayoni tanqidi (10,5%), diniy ekstremistik ruhdagi tashviqot (8,0%) tashkil qiladi. 38 Download 1.72 Mb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling