Ijtimoiy-gumanitar fanlar fakulteti
Makroiqtisodiyotda foydalaniladigan miqdor ko’rsatkichlari
Download 47.7 Kb.
|
2.Makro iqtisodiyotning yuzaga kelishi Mustaqil ish
- Bu sahifa navigatsiya:
- Ishlab chiqarish usuli
- Daromadlar usuli
- Pul tushunchasi va bozor iqtisodiyotida uning tutgan o’rni
Makroiqtisodiyotda foydalaniladigan miqdor ko’rsatkichlari
Asosiy makroiqtisodiy ko’rsatkichlardan biri bu - yalpi ichki mahsulotdir. Yalpi ichki mahsulot – bu muayyan davr mobaynida (bir yil) kim tomonidan yaratilishidan qatiy nazar mamlakat hududida yaratilgan barcha yakuniy tovar va xizmatlarning bozor qiymatidir. YaIM - bu biror-bir mamlakat xududida joylashgan korxona va tashkilotlarda ishlab chirarilgan tovar va xizmatlarning umumiy yiuindisidan iboratdir. Yalpi ichki mahsulot 3 xil usul asosida aniqlanadi ; 1) Ishlab chiqarish usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha qo’shilgan qiymatlar yig’indisi sifatida aniqlanadi. Yalpi ichki mahsulot = ∑ QQ 2) Xarajatlar usuli – bunda yakuniy iste’molchilarning xarajatlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Yalpi ichki mahsulot = S + I + G + Xn Bu erda S – shaxsiy iste’mol xarajatlari; I– investitsiya xarajatlari ya’ni xususiy ichki investitsiyalar ; G – davlat xarajatlari ya’ni tovar va xizmatlarnin davlat xaridi ; Xn – chet elliklarning xarajatlari, ya’ni sof eksport; 3) Daromadlar usuli – bunda yalpi ichki mahsulot barcha yakuniy iste’molchilarning daromadlari yig’indisi sifatida aniqlanadi. Shu bilan birga yalpi ichki mahsulot tarkibiga biznesga egri soliqlar va amortizatsiya ham kiritiladi. YaIM = amortizatsiya + biznesga egri soliqlar + ijara haqi + foiz ko’rinishidagi daromadlar + yollanma ishchilarning ish haqi + yakka tartibdagi qo’yilmalardan daromadlar + korporatsiya foydasiga soliqlar + dividentlar + korporatsiyaning taqsimlanmagan foydasi. 2013 yilda O’zbekistonda yalpi ichki mahsulot (YaIM) ishlab chiqarish hajmi 119,0 trln. so’mni tashkil etdi. Pul tushunchasi va bozor iqtisodiyotida uning tutgan o’rni Milliy ishlab chiqarish o’rtasidagi barcha iqtisodiy munosabatlar pul yoki uning vositalari yordamida amalga oshiriladi, o’lchanadi, baholanadi. Pul – maxsus xususiyatga ega bo’lgan tovar hisoblanib, ayirboshlashning rivojlanishi natijasida paydo bo’lgan. U tovarlar ayirboshlashda umumiy teng qimmatlilik rolini bajaradi. Pul maxsus xususiyatga, ya’ni likvidlilik xususiyatiga ega bo’lganligi uchun ham ideal vosita hisoblanadi. Xar qanday buyumning likvidliligi uni sezilarsiz sarf xarajatlar bilan boshqa buyumga ayirboshlanish qobiliyatini bildiradi. Agar sarf xarajatlar nulga teng bo’lsa, unda bunday buyum mutloq likvidli hisoblanadi. Masalan 1000 so’mlik qiymatga ega bo’lgan pulni boshqa ko’pgina buyumlarga oson almashtirish mumkin va bunda sotuvchilar 1000 so’mlik qog’ozning qiymatini hech qanday tushirmasdan qabul qilishadi, ya’ni bu erda ayirboshlash jarayoni butunlay sarf xarajatlarsiz kechadi. Ayirboshlash kengayishi bilan kredit pullar deb ataluvchi veksellar, banknotlar, cheklar, sertifikatlar va hakozolar paydo bo’la boshladi. Ular tovar ayirboshlashni, ya’ni oldi – sotdi jarayonini engillashtirish, tezlashtirish va ixchamlashtirishga xizmat qiladi. Keng ma’noda pul deganda nimalar tushuniladi, pul massasiga nimalar kiritiladi? Bu savolga javob berish juda muhim, chunki iqtisodiyotni barqarorlashtirish, uni bir zaylda rivojlanishi ko’p hollarda pul massasini samarali tartibga solishga bog’liq. Hozirgi sharoitda bozor munosabatlariga asoslangan iqtisodiyotda pul massasining asosiy tashkil etuvchilari yoki pul agregatlari quyidagicha: Pul1 (M1) – “tor ma’nodagi pullar” yoki muomaladagi naqd pullar (M0) + aholi va korxona, firmalarning talab qilib olinadigan omonatlari hamda joriy to’lov aylanishiga xizmat qiluvchi cheklar. Pul2 (M2) – bu M1 + aholi va korxona, firmalarning muddatli omonatlari. Pul3 (M3) – “keng ma’nodagi pullar” yoki jami pul massasi bo’lib, o’z ichiga M2 + likvidli qimmatli qog’ozlar va byudjet, jamoat tashkilotlari hisoblaridagi mablag’lar hamda byudjet mablag’lari va kapital qo’yilmalarni moliyalashtirish uchun mablag’lar. Pul4 (M4) – bu M3 + banklarda saqlanayotgan pul shaklida bo’lmagan likvid mablag’lar. Ayrim mamlakatlarda pullarning bunday bo’linishi boshqacharoq bo’lishi mumkin. Masalan, Rossiyada M0, M1, M2, M3 pul agregatlari ishlatiladi. M0 pul agregati bu muomaladagi naqd pullar, M1 =M0 + korxona, firmalarning joriy hisoblaridagi mablag’lari, ularning depozitlari, aholining talab qilib olinadigan depozitlari va davlat sug’urtasi mablag’lari, M2 pul agregati bu M1 + aholini tijorat banklaridagi muddatli depozitlari, shu jumladan kompensatsiyalar, M3 pul agregati M2 + sertifikatlar va davlat zayomlari obligatsiyalari. Download 47.7 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling