Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi iqtisodiyot
Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini oshirish yo’llari
Download 125.49 Kb.
|
Qishlоq хo`jаligidа mеhnаt rеsurslаri vа ulаrdаn fоydаlаnish sаmaradorligi
3. Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini oshirish yo’llari.Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat bozorining nazariy asoslari shotlandiyalik iqtisodchi A.Smit, ingliz iqtisodchisi D.Rikardo, Nobel mukofoti laureati, amerikalik iqtisodchi Paul A.Samuelson va boshqa olimlar tomonidan yetarli darajada asoslangan. Yaratilgan nazariyani hayotga tatbiq etish yo’llari ham hal etilgan. Bozor iqtisodiyoti sharoitida mehnat shu bozorda erkin sotilishi lozim. Shundagina u qiymatga ega bo’ladi, ya’ni tovar shaklida ayirboshlanadi. Mehnat bozori erkin raqobat asosida amalga oshirilishi zarur. Bu bozorda mehnat munosabatlari iqtisodiy, ijtimoiy qonunlar, talab va taklif qonunlari talablari asosida amalga oshirilishi lozim. Mehnat bozorida inson o’zini emas, balki mehnat qilish (jismoniy, aqliy) qobiliyatini taklif etadi. Iste’molchi, ya’ni ish beruvchi shu qobiliyatni sotib oladi. Demak, oldi-sotdi jarayonidagi iqtisodiy munosabat predmeti insonning mehnat qilish qobiliyati hisoblanadi. Insonning mehnat qilish qobiliyatiga to’lanayotgan ish haqi shu mehnatning qiymati, ya’ni bahosi ekanligidan dalolat beradi. Qishloq hududlaridagi mehnat bozorini samarali shakllantirishda quyidagi holatlarni e’tiborga olish zarur: respublika aholisining yarmi qishloq hududlarida yashayotganligi; qishloq hududlarida aholi sonining o’sish sur’ati shaharlardagiga nisbatan yuqori ekanligi, bu hol kelajakda mehnat resurslarining yuqori sur’atlarda o’sishiga ta’sir etishi; qishloq hududlarida sanoat korxonalari talab darajasida rivojlanmaganligini va barcha resurslarni e’tiborga olgan holda joylashmaganligi; hozirgi davrda qishloq hududlarida ish bilan ta’minlanmagan iqtisodiy faol mehnat resurslarining shaharlarga ish qidirib ketayotganligi; qishloq hududlarida xususiy mulkchilikka asoslangan ishlab chiqarish, xizmat ko’rsatish bilan shug’ullanuvchi tadbirkorlik shakllari talab darajasida rivojlanmaganligini, shuningdek, madaniy, maishiy, kommunal va boshqa xizmatlarni amalga oshiruvchi infratuzilma subyektlari ko’lamining torligi. Mehnat bozorlari yuqorida ta’kidlangan barcha xususiyatlarni e’tiborga olgan holda erkin shakllanishi uchun quyidagilarga e’tibor berilishi lozim: qishloq hududlaridagi (jumladan, qishloq xo’jalik korxonalaridagi) mehnat resurslarining umumiy miqdorini, tarkibini aniqlash; mehnat resurslarining taklifini va hududdagi barcha tadbirkorlik subyektlarining ularga bo’lgan talabini tarkibi bo’yicha aniqlash; erkin mehnat bozorini shakllantirish hamda ularning samarali faoliyat ko’rsatishini ta’minlovchi ijtimoiy-iqtisodiy mexanizmlarni ishga solish; qishloqda mehnat resurslarining maqsadga muvofiq bandligini ta’minlashga hissa qo’shish; mehnat bilan band bo’lmagan fuqarolar sonini aniqlash, ularning malakasini oshirish, qayta tayyorlash hamda ijtimoiy-iqtisodiy jihatdan himoyalash; erkin mehnat bozori amalga oshirilishini ta’minlovchi turli yarmarkalar va boshqa tadbirlarni tashkil etish, ularning samarali o’tkazilishiga erishish; mehnat bozorining rivojlanishini ta’minlovchi barcha resurslarni topib, samarali sarflash kabi vazifalarni bozor talablari darajasida amalga oshirish lozim. Qishloqlarda mehnat bozorini oqilona tashkil etib, samarali boshqarish uchun hududlarning xususiyatlarini e’tiborga olish lozim. Respublikamizning mehnat resurslari soni ko’p bo’lgan hududlari, avvalo, Andijon, Farg’ona, Namangan, Toshkent, Samarqand viloyatlari uchun mazkur bozorni tartibga solishning ancha samarali quyidagi ikkita usuli mavjud: ishchi kuchiga talabni oshirish usuli; ishchi kuchlariga taklifni kamaytirish usuli. Fan-texnika taraqqiyoti yutuqlari va intensiv texnologiyalarni ishlab chiqarishga joriy etish hisobiga ish o’rinlarining bir qismi qisqarishi kuzatiladi. Ishchi kuchiga bo’lgan talabni oshirishni rag’batlantirish usullarini tadqiq etish mehnat resurslarining oqilona bandligini ta’minlashga hamda mazkur hududlar uchun samarali tarmoqlarni rivojlantirishga qaratilgan. Qishloq xo’jalik mahsulotlarini qayta ishlash, saqlash va xarid qilish hamda agroservis xizmati ko’rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati bo’yicha ish joylarini yaratish, ishlab chiqarish kuchlari va bandlikning noan’anaviy shakllarini rivojlantirish, agrar sektordagi ishdan vaqtincha bo’shatilayotgan shaxslar uchun mavjud korxonalarni kengaytirish va qayta tashkil etish hamda yangi ish o’rinlarini yaratish maqsadida to’g’ridan-to’g’ri xorijiy investitsiyalarni jalb etish lozim. XULOSA VA TAKLIFLAR Belgilangan yosh chegarasidagi mehnat qilish qobiliyatiga ega bo’lgan aholi mehnat resursi hisoblanadi. Ularning ongli ravishda, aniq maqsadni ko’zlab sarflagan mehnatlari natijasida ishlar bajariladi, mahsulotlar ishlab chiqariladi. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydalanishning o’ziga xos xususiyatlari mavjud. Jumladan, mehnat va uning samarasi tabiiy sharoit bilan bog’liq, mehnat resursidan foydalanishga qishloq xo’jalik ishlab chiqarishining mavsumiyligi katta ta’sir ko’rsatadi, qishloq xo’jaligidagi mehnat jarayoni tirik organizmlar bilan uzviy bog’langan va boshqalar. Tarmoqda mehnatni tashkil etishda ushbu xususiyatlarni inobatga olish lozim. Kelajakda mehnat resurslaridan foydalanishni yanada yaxshilash va mehnat unumdorligini oshirish maqsadida yangi ish joylarini barpo etish, takror ishlab chiqarish sohalarini rivojlantirish, moddiy va ma’naviy rag’batlantirishni takomillashtirib borish lozim. Qishloq xo’jaligida mehnat bozorini ham rivojlantirish maqsadga muvofiqdir. Demak, qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan yil davomida to’liq va samarali foydalanish hamda ularning mehnatlari unumdorligini oshirish uchun quyidagi chora-tadbirlar amalga oshirilishini ta’minlash maqsadga muvofiqdir: qishloq joylarda tadbirkorlik shakllarini rivojlantirish; tarmoqning rivojlanishini e’tiborga olgan holda qo’shimcha ish joylarini tashkil etish; qishloq xo’jaligiga yangi texnikalarni, samarali texnologiyalarni izchillik bilan tatbiq etish; tarmoqning ishlab chiqarish tarkibini takomillashtirish va moddiytexnika ta’minotini yuksaltirish; qishloqda yashash va ishlash uchun barcha sharoitlarni yaratish; mehnatni tashkil etishning samarali turlarini tashkil etish va rivojlantirish; kadrlarni tayyorlash, malakalarini oshirish, ularni moddiy va ma’naviy rag’batlantirishni takomillashtirish va boshqalar. Bu kabi chora-tadbirlarning qishloq xo’jalik ishlab chiqarishiga joriy etilishi tarmoqdagi mehnat resurslaridan foydalanishni yaxshilab, mehnat unumdorligi oshishiga ijobiy ta’sir etadi. Download 125.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling