Mehnat bozorini tartibga solishning mintaqaviy usullari


Download 105.13 Kb.
Pdf ko'rish
bet1/3
Sana23.02.2023
Hajmi105.13 Kb.
#1225987
  1   2   3
Bog'liq
Mustaqil ish



Mustaqil ish
Mavzu: “Mehnat bozorini tartibga solishning mintaqaviy
usullari”
Bajardi:Karimxo’jayev.J
Tekshirdi:Bozorov.I
Toshkent 2023


Reja:
1. Kirish.
2. Xususiy mulk va tadbirkorlikni rivojlantirish.
3. Iqtisodiyot tarmoqlarini moderizatsiya qilish.
4. “Tovarlar va xizmatlar eksportini oshirish”.
5. Xulosa.
Foydalanilgan adabiyotlar.


Kirish.
Respublikaning mehnat resurslari ortiqcha hududlari, avvalo, Andijon,
Farg'ona, Namangan, Toshkent, Samarqand, Qashqadaryo, Surxondaryo,
Buxoro va Xorazm viloyatlari uchun mazkur bozorni tartibga solishning
ancha samarali usullari deb, ishchi kuchiga bo'lgan talabning oshishi va
uning taklifi kamayishini hisoblash zarur. Mazkur usullar nimalarda
ifodalanishini batafsil ko'rib chiqaylik. Ishchi kuchiga talabni oshirish
usuli.Ishchi kuchiga bo'lgan talabni oshirishni rag'batlantirish usullarini
tadqiq etish mehnat resurslarining oqilona bandligini ta'minlashga
hamda mazkur hudud uchun samarali tarmoqlarni rivojlantirishga
qaratilgandir. Mahsulotlarni qayta ishlash, saqlash va qayta qilish
hamda servis xizmati ko'rsatish va shaxsiy mehnat faoliyati bo'yicha ish
joylarini yaratish, ishlab chiqarish kuchlari va bandlikning noan'anaviy
shakllarini rivojlantirish, agrar sektorda ishdan vaqtincha
bo'shatilayotgan shaxslar uchun mavjud korxonalarni kengaytirish va
qayta ta'mirlash hamda yangi ish joylarini yaratish maqsadida to'g'ridan-
to'g'ri investisiyalar — sarmoyalar hajmini ko'paytirishni rag'batlantirish
mazkur uslubni qo'llanishning asosiy yo'nalishlaridir.
Ishchi kuchlariga taklifni kamaytirish usuli. Ishchi kuchlariga bo'lgan
taklifni kamaytirishga, shuningdek, ularning mehnat bozoriga oqib
kelishini qisqartirish va boshqa joyga ketishini rag'batlantirish hamda
ish vaqti va mavjud ish joylarini ijtimoiy ishlab chiqarishda band
bo'lganlar o'rtasida qayta taqsimlash orqali samarali ta'sir etish mumkin.
Respublikamiza «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» asosida umumta'lim
dasturlarini kengaytirish va o'qish muddatini uzaytirish bilan kasbiy
tayyorgarlikni yaxshilash, o'quv yurtlarida kunduzgi ta'lim olinadigan
o'qóâ o'rinlarini ko'paytirish va kechki hamda sirtqi o'quvdagi talaba
o'rinlarini qisqartirish, ishlab chiqarishdan ajralgan holda
o'qiyotganlarga stipendiyalar miqdorini oshirish, ayollarga bola
parvarishi uchun to'lanadigan nafaqalar va beriladigan ta'til muddatini
ko'paytirish, mehnat stajini hisoblashda ularga imtiyoz berish;
pensionerlar, nogironlar hamda ularni parvarishlaydigan shaxslarning
pensiyalarini oshirish mehnat bozorida ishchi kuchlarining oqib
kelishini kamaytirish chora-tadbirlari hisoblanadi.



Download 105.13 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling