FARG'ONA DAVLAT UNIVERSITETI
SIRTQI BO’LIM
“IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR” KAFEDRASI
Iqtisodiyot (tarmoqlar va sohalar bo‘yicha)
“ Qishloq xo’jaligi iqtisodiyoti ”
FANIDAN
MUSTAQIL ISHI
Bajardi: 20-116 guruh talabasi Obidov M.
Qabul qildi: Tursunov O.
Farg’ona – 2023
QISHLОQ ХO`JАLIGIDА MЕHNАT RЕSURSLАRI VА ULАRDАN FОYDАLАNISH SАMАRАDОRLIGI.
Reja:
KIRISH
1. Mehnat resurslarining qishloq xo’jaligidagi ahamiyati va o’ziga xos xususiyatlari.
2. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini
tavsiflovchi ko’rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi. 3. Qishloq xo’jaligida mehnat unumdorligini oshirish yo’llari.
XULOSA VA TAKLIFLAR
KIRISH
Mamlakatimizning qishloq xo’jalik mahsulotlariga bo’lgan barcha talablarini qondirishda mehnat resurslarining ahamiyati katta. Qishloq xo’jaligi ishlab chiqarish jarayonini amalga oshirish uchun moddiy, mehnat va moliyaviy resurslari mavjud bo’lishi shart. Ushbu resurslar ichida mehnat faol resurs bo’lib, qolgan ikkita resursni bir-biri bilan bog’laydi va uning darajasi ishlab chiqarish jarayonining natijalariga ta’sir ko’rsatadi.
Mehnat - bu insonning ongli, maqsadga yo’naltirilgan faoliyatidir. Ishlab chiqarish jarayoni inson mehnati, mehnat predmetlari va vositalari, tabiiy sharoitlarning samarali uyg’unlashishini talab etadi. Inson shu ishlab chiqarish vositalarini ma’lum hududda, davrda ishga solib, ishlab chiqarish jarayonini amalga oshiradi. Jumladan, ekinlar ekiladigan yerlarni shudgorlash, ekishga tayyorlash, ekish, suv berish, ishlov berish, hosilni terib olish va boshqalar. Ishlab chiqarish jarayonining samarasi, avvalo, mehnat resursining bilimiga, malakasiga, mehnatga munosabatiga, qolaversa, fan-texnika taraqqiyotiga, ishlab chiqarish vositalarining sifatiga, holatiga va nihoyat, tabiiy sharoitga bog’liq. Demak, inson o’z faoliyatini ularning barchasini oqilona, uddaburonlik bilan samarali ishga solishga qaratishi kerak. Shunday mehnat iqtisodiy kategoriya hisoblanadi. Uning tabiati ishlab chiqarish munosabatlari bilan belgilanadi. Demak, talabni qondira olish qobiliyatiga ega bo’lgan qishloq xo’jalik mahsulotlarini yetishtirish, xizmatlarni bajarish insonning ongli faoliyati, ya’ni mehnatiga bevosita bog’liqdir.
Qishloq joylarda istiqomat qilayotgan aholining turmush farovonligi mazkur tarmoqda amalga oshirilayotgan islohotlarning iqtisodiy va ijtimoiy samaradorligiga bevosita bog’liq. Qishloq xo’jaligi tarmog’i qanchalik rivojlansa, qishloq joylarda istiqomat qiluvchi aholining bandligini ta’minlash, ularning daromadlarini oshirish imkoniyatlari shunchalik ortadi.
Qishloq xo’jaligida mehnat resurslari tarkibiga mehnat qobiliyatiga ega bo’lgan 16 yoshdan 60 yoshgacha bo’lgan erkaklar, 16 yoshdan 55 yoshgacha bo’lgan xotin-qizlar hamda o’z xohishiga ko’ra mehnat faoliyati bilan shug’ullanayotgan o’smirlar va nafaqaxo’rlar kiradi. Qishloq xo’jaligida o’smirlar asosan mavsumiy ishlarga jalb etilishi mumkin.
Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlariga ko’ra, mamlakatimizda 2019-yilda mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholi soni 19837,2 ming kishini tashkil etgan bo’lib, 2018-yilda ushbu ko’rsatkich 19791,7 ming kishini tashkil etgan. 2019-yilda 2018-yilga nisbatan mehnatga layoqatli yoshdagi doimiy aholi soni 45,5 ming kishiga yoki 0,2 foizga oshgan.
Qishloq xo’jaligida mehnat resurslarining tarmoq xususiyatlaridan kelib chiqqan holda quyidagi o’ziga xos xususiyatlari mavjud: - mehnat va uning samarasi tabiiy sharoit bilan bog’liq;
mehnat resursidan foydalanishga qishloq xo’jalik ishlab
chiqarishining mavsumiyligi katta ta’sir ko’rsatadi;
qishloq xo’jaligidagi mehnat jarayoni tirik organizmlar bilan uzviy bog’langan;
qishloq xo’jaligida mehnat jarayonining mexanizatsiyalashganlik va avtomatlashganlik darajasi past;
tarmoqda mehnat jarayoni tor doirada ixtisoslashmagan;
qishloq xo’jaligida mehnat sharoitlari boshqa tarmoqlardagiga nisbatan past darajada bo’lib, quyosh radiatsiyasi, chang va boshqa omillar mehnat resurslarini o’ziga yuqori darajada jalb etmaydi;
qishloq joylarida mehnat resurslari sonining o’sish sur’ati nisbatan yuqori va hokazo.
Ta’kidlangan xususiyatlar tarmoqda sarflanadigan mehnatning miqdoriga, sifatiga va samarasiga bevosita ta’sir etadi. Tabiiy sharoitlar, ya’ni iqlim va yerning holati mehnat resursining samaradorligiga bevosita ta’sir qiladi. Qish oylarida mehnat resursiga bo’lgan talab keskin kamayib, bahorda va hosilni yig’ib olishda esa unga bo’lgan talab ortadi. Shu davrda mavsumiy ishchilarni shartnoma asosida jalb qilish talab etiladi. Dehqonchilik va chorvachilikda mehnat qilayotgan xodimlar o’simliklarning hamda chorva mollarining xususiyatlarini bilishlari lozim.
Do'stlaringiz bilan baham: |