Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi iqtisodiyot
Download 125.49 Kb.
|
Qishlоq хo`jаligidа mеhnаt rеsurslаri vа ulаrdаn fоydаlаnish sаmaradorligi
- Bu sahifa navigatsiya:
- 2020-yil 1-yanvar holatiga hududlar bo’yicha shahar va qishloq aholisi soni, ming kishi
- O’zbekiston Respublikasi 33905,2 17144,1
- 2-jadval. Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida bandlar soni, ming kishi
- Qishloq xo’jaligida band bo’lganlar to’g’risidagi ma’lumotlar
- 2. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi.
1. Mehnat resurslarining qishloq xo’jaligidagi ahamiyati va o’ziga
xos xususiyatlari.Tarmoqning yangi, unumli texnikalar bilan talab darajasida ta’minlanmaganligi ayrim ish jarayonlarini (sug’orish, yagonalash, hosilni yig’ib olish, chorva hayvonlarini oziqlantirish, sog’ish va boshqalar) to’liq mexanizatsiyalashtirish imkonini bermaydi, natijada jonli mehnat xarajatlari yuqori bo’ladi. Qishloq xo’jaligida mehnat jarayonini amalga oshirishda uning samarali bo’lishini ta’minlash uchun barcha xususiyatlarni e’tiborga olish maqsadga muvofiqdir. 2020-yil 1-yanvar holatiga respublikamizning doimiy aholisi soni 33905,8 ming kishini tashkil etgan bo’lib, 2019-yil 1-yanvar holatiga nisbatan 650,3 ming kishiga yoki 1,9 foizga oshgan. 2020-yil 1-yanvar holatiga hududlar bo’yicha shahar va qishloq aholisi soni to’g’risidagi ma’lumotlar 1-jadvalda keltirlgan. 1-jadval 2020-yil 1-yanvar holatiga hududlar bo’yicha shahar va qishloq aholisi soni, ming kishi
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari. Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2020-yil 1-yanvar holatiga mamlakatimiz aholisining 49,4 foizi yoki 16761,1 ming nafari qishloq joylarda istiqomat qiladi. Mamlakatimizda urbanizatsiya jarayonlarini rivojlantirish maqsadida O’zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2009-yil 13-martdagi 68-sonli “O’zbekiston Respublikasi aholi punktlarining ma’muriy-hududiy tuzilishini takomillashtirishga doir qo’shimcha chora-tadbirlar to’g’risida”gi qaroriga binoan respublikamizdagi 965 ta aholi punktlari shahar posyolkalari toifasiga kiritilib, ularni ijtimoiyiqtisodiy rivojlantirishni yanada kuchaytirish borasida chora-tadbirlar belgilandi. Shu kabi chora-tadbirlar natijasida mamlakatimiz jami aholisi tarkibida qishloq aholisining ulushi sezilarli darajada pasaydi. 2009yilgacha bo’lgan davrda mamlakatimizda jami aholi tarkibida qishloq aholisining ulushi 63,0 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2020-yil 1-yanvar holatiga kelib ushbu ko’rsatkich 49,4 foizni tashkil etmoqda. Respublikamiz hukumati tomonidan urbanizatsiya darajasini yanada rivojlantirish bo’yicha islohotlar izchil amalga oshirilmoqda va buning natijasida kelajakda jami aholi tarkibida qishloq aholisining ulushi yanada pasayishi tabiiy jarayondir. 2-jadval. Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligida bandlar soni, ming kishi
Manba: O’zbekiston Respublikasi Davlat statistika qo’mitasi ma’lumotlari. Ushbu jadval ma’lumotlaridan ko’rinib turibdiki, 2019-yilda qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi tarmog’ida band bo’lganlar soni 3544,6 ming kishini tashkil etgan bo’lib, 2016-yilga nisbatan 102,1 ming kishiga kamaygan. Qishloq xo’jaligida band bo’lganlar to’g’risidagi ma’lumotlar 5 jadvalda keltirilgan. 3-jadval Qishloq xo’jaligida band bo’lganlar to’g’risidagi ma’lumotlar Qishloq, o’rmon va baliq xo’jaligi tarmog’ida band bo’lganlarning iqtisodiyotda band bo’lganlar jami soni tarkibidagi ulushi keyingi yillarda pasaymoqda. Ushbu ko’rsatkich 1995-yilda 40,9 foizni tashkil etgan bo’lsa, 2001-yilda 36,1 foizni, 2016-yilda 27,4 foizni, 2017-yilda 27,2 foizni, 2018-yilda 26,6 foizni va 2019-yilga kelib 26,2 foizni tashkil etgan. Tarmoqda band bo’lgan mehnat resurslari miqdori va salmog’ining pasayishi respublikada amalga oshirilayotgan agrariqtisodiy siyosatning ma’lum darajadagi ijobiy natijasidir. Qishloq joylardagi vujudga kelgan ortiqcha mehnat resurslarini ish bilan ta’minlash maqsadida sanoat, xizmat ko’rsatish, savdo va boshqa shu kabi tarmoqlarni qishloq joylarda rivojlantirish zarur. Shu maqsadda aholi zich joylashgan tumanlarda yirik sanoat korxonalari qurilib, ishga tushirilmoqda va ular qishloq aholisining ish bilan ta’minlanishiga katta hissa qo’shib kelmoqda. Hozirgi vaqtda mamlakatimizdagi barcha tumanlarda klasterlar tarkibida sanoat korxonalari faoliyatini yo’lga qo’yish va rivojlantirishga e’tibor berilmoqda. Shu kabi sanoat korxonalarining ishga tushirilishi natijasida qishloqlarda yashayotgan mehnat resurslarining sezilarli qismi ish bilan ta’minlanmoqda. Bundan tashqari, qishloq hududlarida xizmat ko’rsatish sohalarini rivojlantirish ham qishloq aholisining bandligini ta’minlashda muhim ahamiyat kasb etmoqda. 2. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydalanish samaradorligini tavsiflovchi ko’rsatkichlar va ularni aniqlash tartibi. Mehnat resurslari qishloq xo’jaligini rivojlantirishda faol ishlab chiqarish resursi sifatida katta ahamiyatga ega. Chunki ular boshqa ishlab chiqarish omillarini bir-biri bilan bog’laydi. Ishlab chiqarishning pirovard natijasi mehnat resursiga bevosita bog’liqdir. Shunday ekan, ulardan yil davomida to’liq, samarali foydalanishga erishish lozim. Buning uchun mehnat resurslaridan foydalanishning holati va samaradorligini aniqlash va unga ko’ra tegishli choralar ko’rib borilishi kerak. Qishloq xo’jaligida mehnat resurslaridan foydalanish holati va samaradorligiga baho berishda quyidagi ko’rsatkichlardan foydalaniladi: mehnat resurslari bilan ta’minlanganlik darajasi. Ushbu ko’rsatkichni aniqlash uchun xo’jalikda mavjud bo’lgan mehnat resurslari soni qishloq xo’jalik yerlari miqdoriga bo’linadi. Uni aniqlash uchun quyidagi formuladan foydalaniladi: Bunda: MRus – mehnat resurslari umumiy soni, kishi; QXY – qishloq xo’jalik yerlari, ga. Ushbu ko’rsatkich qishloq xo’jalik korxonasi ixtisoslashuvidan kelib chiqqan holda ilmiy asoslangan me’yorlar darajasiga imkon qadar yaqin bo’lishi kerak. mavjud mehnat resurslaridan foydalanish koeffitsiyenti. Ushbu ko’rsatkichni aniqlash uchun mehnat resurslarining o’rtacha yillik soni mehnat resurslarining umumiy soniga bo’linadi. U quyidagi formula yordamida aniqlanadi: Bunda: MRo’ys – mehnat resurslarining o’rtacha yillik soni, kishi; MRus – mehnat resurslarining umumiy soni, kishi. Bu ko’rsatkichning darajasi birga yaqin bo’lgani maqsadga muvofiqdir. Shunda mavjud mehnat resurslaridan foydalanish darajasi yuqori bo’lganligidan dalolat beradi. mehnat resurslarining xo’jalik faoliyatida qatnashishi. Ushbu ko’rsatkich xo’jalik faoliyatida jami sarflangan vaqtni mehnat resurslarining umumiy soniga taqsimlash orqali aniqlanadi, bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin: Bunda: MRsv – mehnat resurslarining jami sarflagan vaqti, kishikuni, kishi-soat. Bu ko’rsatkichning mutlaq miqdori aniqlanayotgan davrdagi (oyda, yilda) bir kishining ish vaqti fondidan yuqori bo’lmaydi. Mehnat resurslarining har bir guruhi uchun amaldagi qonunlarda yillik yoki oylik ish vaqti fondi belgilanadi. Uning miqdorini bir yildagi kalendar kunlar miqdoridan barcha turdagi bayram (agar u qonun bo’yicha dam olish kuni hisoblansa), dam olish hamda ta’til kunlarini ayirish orqali aniqlanadi. Respublikamizda bir xodimning yillik o’rtacha ish vaqti fondi 285 kun miqdorida belgilangan. Bu iqtisodiy faol mehnat resurslarining yillik ish vaqti fondi hisoblanadi. O’smirlar uchun bu fond ularni ijtimoiy jihatdan himoya qilgan holda belgilangan. Xuddi shunday imtiyozlar inson salomatligi uchun zararli ishlarni bajaruvchilar uchun ham o’rnatilgan. Mehnat resurslarining xo’jalik faoliyatida qatnashishi ko’rsatkichi imkon qadar ushbu me’yorga yaqin bo’lishi kerak. belgilangan ish vaqti fondidan foydalanish koeffitsiyenti. U bir ishchi yoki xizmatchining ishlab chiqarishda haqiqatda ishlagan vaqtini (kishi-kuni, kishi-soat) qonunda belgilangan miqdorda ishlashi lozim bo’lgan vaqtga taqsimlash natijasida aniqlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalanish mumkin: Bunda: Ih – mehnat resurslarining bir yilda haqiqatda ishlagan vaqti, kishi-kuni, kishi-soat; Im – mehnat resurslarining qonunda belgilangan me’yor bo’yicha ishlashi lozim bo’lgan vaqti, kishi-kuni, kishi-soat. Bu koeffitsiyentning miqdori birga yaqin bo’lishi kerak. Agar uning darajasi qanchalik past bo’lsa, bu mehnat resurslari foydali mehnat jarayonida kam qatnashganligidan dalolat beradi. mehnatning mavsumiylik koeffitsiyenti. Ushbu ko’rsatkichni aniqlash uchun ma’lum davr (bir yil, bir oy) mobaynida eng ko’p sarflangan kunlik mehnat sarfi shu davrdagi eng kam sarflangan kunlik mehnat sarfiga taqsimlanadi. Bunda quyidagi formuladan foydalaniladi: Mmk = Bunda: Imax – ma’lum davrdagi eng ko’p sarflangan kunlik mehnat sarfi, kishi-kuni, kishi-soat; Imin – ma’lum davrdagi eng kam sarflangan kunlik mehnat sarfi, kishi-kuni, kishi-soat;. Ushbu koeffitsiyentning miqdori 1-1,2 ga teng bo’lgani maqsadga muvofiqdir. Hozirgi vaqtda mamlakatimiz qishloq xo’jaligida uning miqdori belgilangan me’yordan yuqoriroq bo’lmoqda. Bu mehnat resurslarining ishlab chiqarish jarayonida bir me’yorda qatnashmayotganligidan dalolat beradi. Bu holni yumshatish zarur, buning uchun kam mehnat sarflanadigan oylarda ishlab chiqarishning boshqa sohalarini tashkil etish maqsadga muvofiqdir. Bu masalani har bir korxona o’zining ichki imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda hal etishi mumkin. g) mehnat unumdorligi darajasi. Ushbu ko’rsatkichni aniqlash uchun haqiqatda sarflangan jami mehnat sarfi miqdorini shu davrda ishlab chiqarilgan mahsulot miqdoriga yoki qiymatiga taqsimlash zarur: Bunda: MS – ma’lum davrda sarflangan mehnat, kishi-kuni, kishisoat; YM – ushbu davr mobaynida yetishtirilgan mahsulot miqdori yoki qiymati. Bu ko’rsatkich yetishtirilgan bir birlik (sentner, tonna, so’m) mahsulot uchun qancha mehnat sarflanganligini ifodalaydi. Ushbu ko’rsatkich mehnat sig’imi ham deyiladi va mehnatni tejash iqtisodiy qonunining talabidir. Download 125.49 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling