GLOSSARIY
Algebra – 1) matematikaning miqdorlar ustida bajariladigan amallarining umumiy qonunlari haqidagi o‘quv fani; 2) «Hozirgi zamon algebrasining otasi» Al-Xorazmiy nomi bilan bog‘liq tushuncha. Olimning «Al-Jabr val-muqobala» risolasi keyinchalik Yevropada «Algebra» deb ataladigan bo‘ldi.
Algoritm – ko‘rsatilgan maqsadga erishish yoki qo‘yilgan topshiriq (masala) ni yechishga qaratilgan vazif a(amal ) lar ketma-ketligini baj arish borasida ijrochiga tushunarli va aniq ko‘rsatmalar berish.
Aqliy tarbiya – shaxsga tabiat va jamiyat taraqqiyoti to‘g‘risidagi bilimlarni berish, uning aqliy (bilish) qobiliyati, tafakkuri va dunyoqarashini shakllantirishga yo‘naltirilgan pedagogik jarayon; ijtimoiy tarbiyaning muhim tarkibiy qismi. Abstraktlash – mavhumlashtirish orqali nazariy umumlashmalar hosil qilishdan iborat ta’lim metodi.
Arifmetika-o‘quvchilarga matematik son larning oddiy xossalarini hamda ular ustida bajariladigan amallarni o‘rgatadigan o‘quv fani.
Elementar matematika – matematikaga oid bo‘lgan bilimlarning eng soddalashtirilgan qismi.
Faoliyat - shaxs tomonidan tabiiy va ijtimoiy maqsadga muvofiq tashkil etiluvchi kundalik, ijtimoiy yoki kasbiy harakatlarning muayyan shakli, ko‘rinishi. Subyektning olam bilan faol o‘zaro munosabati.
Geometrik shakl – uchburchak, kvadrat, to‘g‘ri to‘rtburchak, shar, kub, silindr, oval, ko‘pburchak.
Katta-kichiklik – 3 ta o‘lcham (uzunlik, en, balandlik) ga ega hajm.
Ko‘rgazmali metodlar – predmet, hodisa yoki jarayonlar mohiyatini tabiiy holatda namoyish qilish, ularning maketlarini ko‘rsatishda qo‘llaniluvchi usullar.
Natural son – qancha degan savolga javob beradi. Sonlarning tarkibi birikmalardan iborat ekanligini, sonlar o‘rtasidagi munosabatlarni ko‘rsatadi.
Tarbiya – muayyan, aniq maqsad hamda ijtimoiy-tarixiy tajriba asosida shaxsni har tomonlama o‘stirish, uning ongi, xulq-atvori va dunyoqarashini tarkib toptirish jarayoni.
Do'stlaringiz bilan baham: |