Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va texnologiyalari fanidan


Download 128.74 Kb.
bet1/9
Sana16.06.2023
Hajmi128.74 Kb.
#1500189
  1   2   3   4   5   6   7   8   9
Bog'liq
KURS ISHI MATEMATIKA


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI OLIY VA O’RTA MAXSUS


TA`LIM VAZIRLIGI


FARG`ONA DAVLAT UNIVERSITETI


MAKTABGACHA TA’LIM FAKULTETI


IJTIMOIY-GUMANITAR FANLAR KAFEDRASI


MATEMATIK TASAVVURLARNI SHAKLLANTIRISH NAZARIYASI VA TEXNOLOGIYALARI FANIDAN

K U R S I SH I




MAVZU: BOLALAR ONGIDA NATURAL SONLAR QATORI TIZIMINING TARKIB TOPISHI


Bajardi: NOSIROVA A’LOXON
Qabul qildi: ASQAROVA DILAFRUZ


MUNDARIJA


KIRISH………………………………………………………………………
IBOB. Sanash va o’lchash jarayonida bolalarda butun sonlar matematik qatori haqidagi tasavvurlar ……………………………………………
1.1 Sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlari…………………………
1.2 Bolalarda shartli o’lchov yordamida turli o’lchamlarni o’lchash haqidagi tasvvurlarini shakllantirish……………………………………………………


II BOB. Bolalar ongida natural sonlar qator sistemasining tarkib topishi…………………………………………………………………..
2.1 Sanash va o‘lchash jarayonida bolalarda butun sonlar qatori haqidagi tasavvurlarini rivojlantirish……………………………………………………
2.2 Bolalar ongida natural sonlar qatori sistemasining tarkib topishi.. ……..
2.3 O’lcham haqida tushuncha…………………………………………………


Xulosa…………………………………………………………… Glossariy…………………………………………………………………………
Foydalanilgan adabiyotlar ro’yxati…………………………………………..


KIRISH
Mustaqillik yillarida Respublikada milliy ta‘lim va tarbiya tizimi davlat siyosatining asosiy ustuvor yo’nalishi darajasiga ko’tarildi. Keyingi yillarda maktabgacha ta‘lim muassasalarining faoliyat samaradorligini oshirish va moddiy-texnika bazasini mustahkamlashga yo’naltirilgan qator tizimli ishlar amalga oshirilmoqda. Shu bilan birga, bugungi kunda maktabgacha ta‘lim muassasalarining ta‘lim dasturlari va o’quv-tarbiyaviy rejalariga qo’yilgan davlat talablarini takomillashtirish dolzarb masalaligicha qolmoqda.
Ma’lumki, maktabgacha yoshdagi bolalarga ta’lim-tarbiya berishning asosiy vazifalari bolalarni jismoniy, aqliy va ma’naviy jihatdan rivojlantirish, ularning tug‘ma layoqati, qiziqishi, ehtiyoji va imkoniyatlarini hisobga olgan holda milliy va umuminsoniy qadriyatlar asosida tarbiyalashdan iborat. Maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarga ta’lim berish jarayonini takomillashtirishda bo‘lajak pedagoglarning ilmiy va uslubiy ta’minlanganligi, ularning kasbiy tayyorgarligi asosiy masalalardan sanaladi. Ayniqsa, bolalarda matematik tasavvur va bilimlarni rivojlantirish ularning intellektual jihatdan yetuk insonlar bo‘lib ulg‘ayishida o‘ziga xos o‘ringa ega.
Matematik bilimlar bolalarga, ular nimani bilib olganliklari va nimaning uddasidan chiqa olishlarini hisobga olgan holda, aniq tizim va ketma-ketlikda beriladi. Bu jarayonda “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi
metodikasi” fanining mazmunidan kelib chiqib tayyorlangan ushbu qo‘llanma maktabgacha ta’lim yo‘nalishi bakalavriat talabalari, shu yo‘nalishning maxsus sirtqi va sirtqi ta’limi talabalari hamda maktabgacha ta’lim tashkiloti tarbiyachilariga zarur ma’lumot va metodik yordam bera oladi. Qo‘llanma zamonaviy pedagogik texnologiyalarni hisobga olib tayyorlangani va bugungi kun talablariga to‘laqonli javob berishi bilan ham muhim ahamiyat kasb etadi. “Matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasi” fanining asosiy maqsadi bo‘lajak maktabgacha ta’lim tashkiloti xodimlari – tarbiyachilarni maktabgacha yoshdagi bolalarda ilk matematik tasavvurlarni shakllantirish va rivojlantirishning ilmiy hamda metodik asoslari bilan tanishtirishdan iborat. Mazkur o‘quv qo‘llanmada ana shu ilmiy-nazariy asoslar, bu jarayonda qo‘llanishi maqsadga muvofiq bo‘lgan zamonaviy ta’lim texnologiyalari, didaktik o‘yinlar, usul va vositalar masalasi yoritilgan. Ushbu o‘quv qo‘llanma maktabgacha ta’lim yoshidagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish nazariyasi va metodikasiga bag’ishlangan. Qo‘llanmada turli yosh guruhidagi bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish ta’limining asosiy didaktik tamoyillari, bolalarda miqdoriy tasavvurlarni rivojlantirish, ilk va maktabgacha yoshdagi bolalarda predmetlar miqdorini idrok qilish, esda olib qolish va taqqoslashning o‘ziga xos xususiyatlari, sanash faoliyatining rivojlanish bosqichlari, vaqtni idrok qilish, bolalarning maktabga tayyorlik darajasiga qo‘yiladigan minimal talablar, oilada va maktabgacha ta’lim tashkilotlarida olib boriladigan metodik ishlarni rejalashtirish kabi masalalarga oid ma’lumotlarga keng o‘rin berilgan. Bolalarda matematik tasavvurlarni shakllantirish mashg’ulotlarida foydalaniladigan yangi pedagogik texnologiyalar, didaktik o‘yinlar ko‘rsatib o‘tilgan.



Download 128.74 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling