Ijtimoiy-gumanitar fanlar
Professiografiyaning mohiyati va uning tamoyillari
Download 379.5 Kb.
|
сиртки ишланма
6.3. Professiografiyaning mohiyati va uning tamoyillari. 1920 yillarning ikkinchi yarmida sovet psixotexniklari tez suratlarda kasbiy faoliyat tahlili prinsip va usullarini ishlab chiqdilar. Sрu tadqiqotlarni umumlashtirish psixotexnikada muxsus yondashuv professiografiya shakllanishiga olib keldi. Bu yondashuvning mohiyati nomida aks etgan – “kasblar tasviri” umuman olganda professiografiya o‘rganish kasb psixologik tavsifi va loixalashtirishini o‘z ichiga oladi.
Professiografiyaning asosiy prinsiplaridan biri kasbiy faoliyatni o‘rganishda differensial yondashuv prinsipi hisoblanadi. Bu prinsipning mohiyati professiografiyaning aniq amaliy masalalarini echishga bo‘ysunishi. Masalan, kasbiy konsultatsiya va kasbiy tanlov uchun shunday kasbiy muhim belgilarni ajratish kerakki ular sinovdagilarning kasbiy layoqatiga ko‘ra farqlanishi lozim. Malaka darajasini aniqlash uchun mehnat vazifalari kasbiy bilim, malaka, ko‘nikma tavsifi muhim ahamiyatga ega. Kasbiy toliqishni o‘rganish uchun shunday belgilar aniqlanadiki, ular kasbiy toliqishni keltirib chiqaradigan omillarni aniqlashadi. Shunday qilib, professiografiya deganda kasblar va ularning bir – biridan farqlanuvchi ixtisoslar tomonidan inson oldiga qo’yiladigan talablarni bayon qilish majmuasi tushuniladi, profesiografiyaning differensial prinsipi kasbning o‘rganish usullarini, uning tavsif mazmuni, shuningdek qo‘llash sohasi, ya’ni professiografiya o‘tkazish hususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi. Maqsadlari quyidagi faoliyat sohalari bilan bog’langan bo’lishi mumkin: Ishchilar attestatsiyasi. Yangi kasblar mutaxassisliklarni loyihalashtirish. Optantlar profkonsultatsiyasi va mutaxassislar tanlovi. Kasbiy ta’lim malaka tayyorgarligi va malaka oshirishni takomillashtirish. Shaxs kasbiy rivojlanishi bo’yicha ilmiy tadqiqotlar. Professiografiya natijalari professiogrammada aks etadi, u mehnat sharoitlari tasviri, ishchi huquq va majburiyatlari, muhim kasbiy sifatlari shuningdek, sog’lig’iga qarshi ko’rsatmalarni o’z ichiga oladi. Shunday qilib, profesiografiyaning differentsial tamoyili kasbning o‘rganish usullarini uning tavsif, mazmuni, shuningdek, qo‘llanilish sohasi ya’ni professiografiya o‘tkazish xususiyatlari uning maqsadlari bilan belgilanadi. Professiogrammaning muhim tarkibiy qismi - psixogramma bo‘lib, u mutaxassisning motivasion, iroda va emosional sohasining tavsifi hisoblanadi. Psixogramma - kasbning psixologik portreti bo‘lib, u aniq kasbda dolzarb bo‘lgan psixologik funksiyalar guruhi bilan namoyon bo‘ladi. Professiografiya natijalari professigrammada aks etadi, u mehnat sharoitlari tasviri, ishchi huquq va majburiyatlari, muhim kasbiy sifatlari shuningdek sog‘liqqa qarshi ko‘rsatmalarni o‘z ichiga oladi. Download 379.5 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling