Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari


O‘zbekiston Respublikasining monopoliyalarga qarshi qonunchiligi va uni amalga oshirish


Download 280.53 Kb.
bet7/8
Sana25.03.2023
Hajmi280.53 Kb.
#1295808
1   2   3   4   5   6   7   8
Bog'liq
Monopoliyaning mohiyati va turlari

5. O‘zbekiston Respublikasining monopoliyalarga qarshi qonunchiligi va uni amalga oshirish
Oʻzbekistonda monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirishda qiyinchiliklar uning rivojlangan mamlakatlar misolida ishlab chiqilganligi bilan bog‘liq. Ammo barcha mamlakatlarda bunday siyosat etuk bozor munosabatlariga asoslanadi va Oʻzbekiston sharoitlariga - bozor munosabatlari yaratilgan davrga mos vositalarni oʻz ichiga olmaydi. 2 iyul 1992 yil – “Monopolistik faoliyatni cheklash toʻg‘risida”gi qonun qabul qilindi va Oʻzbekistonda raqobat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boshlandi. Bunday tartibga solishning xorijiy modellariga asoslangan edi. Biznes ushbu qonunni xotirjamlik bilan kutib oldi, chunki bu raqobatni qoʻllab-quvvatlash siyosatini amalga oshirishning bir usuli sifatida qaraldi va bu siyosat ba'zi bir bozor agentlari uchun boshqalarning hisobidan afzalliklarni yaratish deb tushunildi.
Qonunning asosiy qoidalari:
Bozorda ustun mavqega ega boʻlgan kompaniyaning harakatlari, agar ular raqobatni sezilarli darajada cheklashiga va bozorning boshqa ishtirokchilari, shu jumladan alohida fuqarolarning manfaatlarini buzilishiga olib keladigan boʻlsa, taqiqlanadi;
Nohaq raqobat bilan shug‘ullanadigan firmalar jazolanadi, xususan: xaridorlarni ulardan qoʻrqitish uchun raqobatchilarining mahsulotlari va firmalari toʻg‘risida yolg‘on ma'lumot tarqatish; xaridorlarni oʻz tovarlarining haqiqiy xususiyatlari toʻg‘risida aldash; oʻzlarining reklamaidagi raqobatchilar mahsulotlarining sifatini haqoratli ravishda pasaytirish; noqonuniy ravishda oʻz mahsuloti uchun boshqa odamlarning nomlari va savdo belgilaridan foydalanish, shuningdek, raqobatchilarining mahsulotlarining shakli, qadoqlanishi va tashqi dizaynidan nusxa koʻchirish; raqobatchilardan ularning tijorat sirlarini, shuningdek texnik, ishlab chiqarish va savdo ma'lumotlarini oʻg‘irlash;
Monopolistik narxlarni oʻrnatishni taqiqlash.
Monopol narxlarning kelishib olinishi, defitsitni ushlab turish uchun tovarlarni bozordan olib chiqib ketish, bozorni taqsimlash, raqobatdosh firmalarga bozorga kirishni cheklashga urinishlar taqiqlanadi;
Doimiy davlat nazorati- Monopolistlar faoliyati ustidan nazorat Monopoliyaga qarshi siyosat davlat qoʻmitasi tomonidan amalga oshiriladi.
Bozorda raqobatni saqlash va qoʻllab-quvvatlash- Raqobatni saqlash va monopoliyaga qarshi kurashishning asosiy iqtisodiy choralari quyidagilardan iborat:
- yangi mahsulotlar va ularning oʻrnini bosadigan mahsulotlar yaratilishini rag‘batlantirish;
- yangi firmalar va kichik va oʻrta biznesni qoʻllab-quvvatlash;
- chet el investitsiyalarini jalb qilish;
- qoʻshma korxonalar tashkil etish va erkin savdo zonalarini yaratish;
- yakka tartibdagi xoʻjalik yurituvchi sub'ektlarning ustun mavqeini yoʻq qilish maqsadida kam mahsulot ishlab chiqarishni kengaytirish boʻyicha tadbirlarni moliyalashtirish.
Oʻzbekistonda monopoliyaga qarshi qonunchilik.
Mustaqillikning dastlabki kunlaridanoq Oʻzbekiston Respublikasi iqtisodiyotida raqobatni rivojlantirish va uni himoya qilish masalasiga davlat siyosati darajasidagi ustuvor yoʻnalishlardan biri sifatida qaraldi.
Mamlakatimizda olib borilayotgan islohotlar mahsuli sifatida bozor iqtisodiyotining samarali harakatlanishi uchun muhim ahamiyat kasb etadigan iqtisodiy raqobatni rivojlantirish uchun zarur boʻlgan institutsional asoslar, shart-sharoitlar yaratildi.
Shu bilan bir qatorda, davlatning raqobat siyosatini amalga oshirish vakolati berilgan monopoliyaga qarshi davlat organi ham institutsional tarafdan mustahkamlanib bordi.
Oʻzbekistonda raqobat siyosati: Asosiy sanalar
• 2 iyul 1992 yil – “Monopolistik faoliyatni cheklash toʻg‘risida”gi qonun qabul qilindi va Oʻzbekistonda raqobat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boshlandi;
• 1992 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida Monopoliyaga qarshi va narx siyosati Bosh boshqarmasi tashkil etildi;
• 1996 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi;
• 2000 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirligi tarkibidan chiqarildi, unga davlat qoʻmitasi maqomi berilib, respublikada monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish vakolati berildi;
• 2005 yil – raqobat, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi va unga yangi akolatlar berildi.
• 2010 yil — monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solishni yanada kuchaytirish va sog‘lom raqobat muhini yaratish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi.
Iqtisodiyotda kechayotgan ijobiy oʻzgarishlarni hisobga olgan holda, shuningdek, monopoliyaga qarshi organlar institutlarini yanada mustahkamlash, 90 yillarda va 2000 yillarning boshlaridagi monopoliyaga qarshi qonunchiliklarni takomillashtirish masadida quyidagi normativ-huquqiy hujjatlar ishlab chiqildi va qabul qildindi:
1996 yil 27 dekabrda Oʻzbekiston Respublikasi “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻg‘risida” Qonuni qabul qilindi.
Yangi qonun qoidalari ikkita asosiy yoʻnalishlar boʻyicha munosabatlarni tartibga solishga qaratilgan boʻlib, bular:
monopol mavqeini suiste’mol qilish ustidan nazorat oʻrnatish va unga yoʻl qoʻymaslik;
- iqtisodiyotda raqobat muhitini shakllantirish uchun tashkiliy, iqtisodiy va huquqiy asoslarni yaratish;
- 1997 yil 24 aprelda Oʻzbekiston Respublikasi “Tabiiy monopoliyalar toʻg‘risida” Qonuni qabul qilindi;
- 1996 yil 26 aprelda Oʻzbekiston Respublikasi “Iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻg‘risida” Qonuni qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasida raqobatni rivojlantirishga yoʻnaltirilgan asosiy islohotlar:
Ushbu jaryon uch bochqisda amalga oshirildi:
1-bosqich (1991-1999 yy.) Raqobat muhitini shakllantirish uchun bozor mexanizmlarini yaratish:
-1992 yil 2 iyulda – “Monopolistik faoliyatni cheklash toʻg‘risida”gi qonun qabul qilindi va Oʻzbekistonda raqobat siyosatini shakllantirish va amalga oshirish boshlandi;
-1992 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi tarkibida Monopoliyaga qarshi va narx siyosati Bosh boshqarmasi tashkil etildi;
-1996 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Moliya vazirligi huzurida Monopoliyadan chiqarish va raqobatni rivojlantirish qoʻmitasi tashkil etildi.
Shu yilda “Tovar bozorlarida monopolistik faoliyatni cheklash va raqobat toʻg‘risida”gi qonunning yangi tahriri qabul qilindi.
2-bosqich (2000-2010 yy). Monopolist korxonalarni monopoliyadan chiqarish, boʻlib yuborish va qayta tashkil etish:
2000 yil – Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ Moliya vazirli tarkibidan chiqarildi, unga davlat qoʻmitasi maqomi berilib, respublikada monopoliyaga qarshi siyosatni amalga oshirish vakolati berildi.
2005 yil – raqobat, kichik va xususiy tadbirkorlikni rivojlantirish va qoʻllab quvvatlash maqsadida Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi va unga yangi vakolatlar berildi.
Qoʻmitaga yangi nom berildi – Oʻzbekiston Respublikasi monopoliyadan chiqarish, raqobat va tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash davlat qoʻmitasi.
3-bosqich (2010 yildan boshlab) Moliya bozorlarida monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solishni joriy etish.
2010 yil — monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solishni yanada kuchaytirish va sog‘lom raqobat muhitini yaratish maqsadida, Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti Farmoniga muvofiq monopoliyaga qarshi organ qayta tashkil etildi va uning tadbirkorlikni qoʻllab-quvvatlash funktsiyasi bekor qilindi.
2012 yil – ikkita davlat qoʻmitasini qoʻshilib ketishi orqali yana qisman oʻzgarish boʻldi.
2019 yilda “Raqobat toʻg‘risida”gi qonun qabul qilindi.
Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 14 yanvardagi №PF-5630-sonli “Davlat aktivlarini boshqarish, monopoliyaga qarshi kurashishni tartibga solish tizimini va kapital bozorini tubdan takomillashtirish chora-tadbirlari toʻg‘risida”gi Farmoni va Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining 2019 yil 24 yanvardagi № PQ-4126-sonli “Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi faoliyatini tashkil etish toʻg‘risida”gi Qaroriga muvofiq, Oʻzbekiston Respublikasi Monopoliyaga qarshi kurashish qoʻmitasi tuzildi va unga monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish, raqobat muhitini rivojlantirish, tabiiy monopoliya sub’ektlari faoliyati ustidan nazorat olib borish, iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish, reklama bozorini tartibga solish va tovar-homashyo birjalarini litsenziyalash kabi vazifa, funktsiya va vakolatlar berildi.
Tovar bozorlarida raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining monopolistik faoliyatini va insofsiz raqobatini cheklash hamda toʻxtatib qoʻyish sohasida davlat siyosatini monopoliyaga qarshi davlat organi olib boradi. Monopoliyaga qarshi davlat organi oʻz faoliyatida boshqa boshqaruv organlaridan mustaqildir, uning qarorlari ustidan sudga shikoyat qilinishi mumkin.
Monopoliyaga qarshi davlat organining asosiy vazifalari va faoliyat yoʻnalishlari quyidagilardan iboratdir: monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilish toʻg‘risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishi ustidan davlat nazoratini olib borish;
- davlat mulkini boshqarish davlat organi bilan birgalikda tovar bozorlarida raqobat muhitini yaratishga, monopoliyadan xoli qilishning tarmoq va mintaqaviy dasturlarini ishlab chiqish hamda amalga oshirishni muvofiqlashtirishga nisbatan yagona uslubiy yondashuvni ta’minlash;
- raqobat va tadbirkorlikni rivojlantirish asosida bozor munosabatlarini shakllantirishga koʻmaklashish;
- monopolistik faoliyatning, xoʻjalik yurituvchi subyektlar tovar bozorlaridagi oʻz ustun, mavqeini suiiste’mol qilishning oldini olish va unga yoʻl qoʻymaslik, insofsiz raqobatga va iste’molchilar manfaatlari kamsitilishiga chek quyish chora-tadbirlarini koʻrish;
- monopoliyachi birlashmalar (korxonalar)ning Oʻzbekiston Respublikasi Davlat reyestrini yuritish (bundan keyin Reyestr deb ataladi);
- ishda oshkoralikni ta’minlash, iqtisodiyotni monopoliyadan xoli qilish, raqobatni rivojlantirish va iste’molchilarning huquqlarini himoya qilishga qaratilgan chora-tadbirlarni amalga oshirishning borishi toʻg‘risida ommaviy axborot vositalari, shu jumladan maxsus davriy nashrlar orqali fuqarolarni xabardor qilish;
-monopoliyaga qarshi kurashni tartibga solish va iste’molchilar huquqlarini himoya qilish sohasidagi chet el tajribasini tahlil etish.
Monopoliyaga qarshi davlat organi quyidagi huquqlarga ega:
-tovar bozorlarida xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ustun mavqei mavjudligini aniqlash;
- davlat va xoʻjalik boshqaruvi organlariga, mahalliy davlat hokimiyati organlariga, xoʻjalik yurituvchi subyektlarga va ularning mansabdor shaxslariga monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilishlarini tugatish yoki bunday buzilishlarning oqibatlarini bartaraf etish toʻg‘risida, dastlabki holatni tiklash haqida, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof shartnomalarni bekor qilish yoki oʻzgartirish tug‘risida, monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzuvchi oʻzlari qabul qilgan qarorlarni, hujjatlarni bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻg‘risida bajarilishi majburiy boʻlgan koʻrsatmalar berish va berilgan koʻrsatmalarning ijrosini nazorat qilish;
-davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlariga oʻzlari qabul qilgan va monopoliyaga qarshi qonun xujjatlariga zid boʻlgan hujjatlarni bekor qilish yoki oʻzgartirish toʻg‘risida koʻrsatmalar berish;
-xoʻjalik yurituvchi subyektlardan monopolistik faoliyat natijasida asossiz olingan daromadni (foydani) olib qoʻyish va jarima solish haqida qonun hujjatlarida belgilangan tartibda qaror qabul qilish;
- monopoliyaga qarshi qonun hujjatlari buzilganligi toʻg‘risida, shu jumladan monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga xilof shartnomalarni toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb hisoblash toʻg‘risida arizalar bilan sudga murojaat qilish, shuningdek monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini qoʻllash va ularni buzish bilan bog‘liq ishlarni sudda koʻrib chiqishda qatnashish;
- monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish bilan bog‘liq jinoyat alomatlari boʻyicha jinoiy ish qoʻzg‘atish toʻg‘risidagi masalani hal etish uchun materiallarni tegishli organlarga yuborish;
- litsenziyalashni joriy etish yoki bekor qilish, bojxona tariflarini oʻzgartirish, kvotalar joriy etish yoki ularni bekor qilish, shuningdek soliq imtiyozlari, imtiyozli kreditlar va davlat tomonidan qoʻllabquvvatlashning boshqa turlarini tatbiq etish yoki bekor qilish toʻg‘risida tegishli organlarga takliflar kiritish;
- monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini qoʻllash yuzasidan tushuntirishlar berish;
-tovar brzorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning reyestrini shakllantirish tartibini belgilash;
- qonun hujjatlarida nazarda tutilgan boshqa vakolatlarni amalga oshirish.
Monopoliyaga qarshi davlat organining oldindan olingan roziligi bilan xoʻjalik yurituvchi subyektning iltimosnomasi asosida quyidagilar amalga oshiriladi:
-bir shaxsning, bir guruh shaxslarning xoʻjalik yurituvchi subyektning aksiyalarini, ustav kapitaldagi ovoz huquqiga ega boʻlgan ulushlarini olishi, bunda ushbu shaxs, bir guruh shaxslar mazkur aksiyalar, ulushlarning oʻttiz besh foizdan ortig‘ini tasarruf etish huquqini oladi. Ushbu talab xoʻjalik yurituvchi subyektni tashkil etish chog‘ida uning ta’sis etuvchilariga tatbiq etilmaydi, moliyasanoat guruhlari, xolding kompaniyalarni tashqil etish hollari bundan mustasno;
- bir shaxsning, bir guruh shaxslarning xoʻjalik yurituvchi subyektning tadbirkorlik faoliyatini olib borish yoxud uning ijroiya organi vazifalarini amalga oshirish shartlarini belgilash imkonini beruvchi huquqlarni olishi, shu jumladan bitimlar, shartnomalar, topshiriqnomalar, kontraktlar vositasida yoki boshqa yoʻllar bilan olishi.
Tegishli bitimda qatnashuvchi shaxslar aktivlarining jami balans qiymati eng kam ish haqining toʻrt ming barobari miqdoridan ortiq boʻlsa yoki bitim qatnashchilaridan biri tovar bozorida ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyektlar reyestriga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyekt boʻlsa yoxud ushbu xoʻjalik yurituvchi subyekt faoliyatini nazorat qiluvchi bir guruh shaxslar sotib oluvchi boʻlsa, ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan bitimlarni tuzish uchun oldindan rozilik olinishi zarur. Ushbu moddaning birinchi qismida koʻrsatilgan bitimlarni tuzish uchun shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organiga bunday bitimlarni tuzish uchun rozilik berish xaqida iltimosnoma taqdim etishlari va qaror chiqarish uchun zarur boʻlgan axborotni ma’lum qilishlari lozim.
Agar bitim qatnashchilari oʻz harakatlarining bozorda savdo sharoitlarini yaxshilashga, tovarning raqobatbardoshligini oshirishga koʻmaklashuvchi, xaridorlarga sezilarli tarzda naf keltiruvchi ijobiy samarasi koʻrib chiqilayotgan tovar bozori uchun kelib chiqadigan salbiy oqibatlardan ustun boʻlishini isbotlasalar, hatto raqobatni cheklash ehtimoli boʻlgan taqdirda ham monopoliyaga qarshi davlat organi iltimosnomani qondirishga haqlidir.
Jismoniy shaxs aktivlarining jami balans qiymati eng kam ish haqining ikki ming barobari miqdoridan ortiq boʻlgan ikki va undan ortiq xoʻjalik yurituvchi subyektlarning yoki ayni bir turdagi tovar guruhi boʻyicha reyestrga kiritilgan yoxud ayni bir turdagi ishlab chiqarish-sotish jarayonining turli bosqichidagi tovarlar guruhi boʻyicha reyestrga kiritilgan xoʻjalik yurituvchi subyektlarning ijroiya organlari, direktorlar kengashlari yoki kuzatuv kengashlarida ishtirok etgan taqdirda bu shaxs koʻrsatilgan organlarga yoki kengashlarga kirgani yoki saylanganidan soʻng oʻn besh kun ichida monopoliyaga qarshi davlat organiga xabar berishi zarur. Monopoliyaga qarshi davlat organiga xabar berilayotganida arizachi unga ariza bilan birga ushbu moddaning uchinchi qismida nazarda tutilgan axborotni ham taqdim etadi.
Ushbu moddada belgilangan tartibni buzgan xolda tuzilgan, ustun mavqening vujudga kelishi yoki kuchayishiga yoki raqobatning cheklanishiga olib keladigan bitimlar yoki harakatlar haqiqiy emas deb topilishi mumkin.
Ustun mavqeni egallab turgan xoʻjalik yurituvchi subyekt monopoliyaga qarshi qonun xujjatlarini buzgan taqdirda, monopoliyaga qarshi davlat organi raqobatni rivojlantirish maqsadida uni majburiy tarzda boʻlib yuborish yoki undan tarkibiy boʻlinmalar negizida bir yoki bir necha yuridik shaxsni ajratib chiqarish haqida sudga da’vo arizasi berishga haqlidir.
Xoʻjalik yurituvchi subyektni majburiy tarzda boʻlib yuborish quyidagi shartlarning hammasi boʻlganida, ya’ni:
- boʻlib yuborilayotgan tarkibiy boʻlinmalar tashkiliy va hududiy jihatdan ajralib chiqishi mumkin boʻlsa;
-uning tarkibiy boʻlinmalari oʻrtasida texnologiya jihatdan oʻzaro uzviy bog‘lanish boʻlmaganida;
- boʻlib yuborish natijasida tarkibiy boʻlinmalar muayyan tovar bozorida mustaqil ishlash imkoniyatiga ega boʻlganida amalga oshirilishi mumkin.
V. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik uchun javobgarlik
17-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish oqibatlari
18-modda. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik uchun jarimalar
19-modda. Xoʻjalik yurituvchi subyektga yetkazilgan zararni toʻlash
Monopoliyaga qarshi davlat organi monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzish faktlarini koʻrib chiqadi hamda ular yuzasidan oʻz vakolatlari doirasida qarorlar chiqaradi va koʻrsatmalar beradi. Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻg‘risida ish qoʻzg‘atish va ularni koʻrib chiqish uchun monopoliyaga qarshi davlat organining oʻz tekshiruvlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, davlat boshqaruvi organlari va mahalliy davlat hokimiyati organlarining arizalari hamda prokuraturaning taqdimnomalari asos boʻladi.
Monopoliyaga qarshi qonun hujjatlarini buzganlik toʻg‘risida ishlarni qoʻzg‘atish va koʻrib chiqish tartibi Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi tomonidan belgilanadi. Monopoliyaga qarshi davlat organi tomonidan ishni koʻrib chiqish natijalari boʻyicha qabul qilingan qaror manfaatdor tomonlarga ushbu qaror qabul qilinganidan soʻng besh kundan kechiktirmay yozma ravishda joʻnatiladi. Qabul qilingan qaror asosida beriladigan koʻrsatma ham xuddi shu muddatda joʻnatiladi.
Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (koʻrsatmasi) unda belgilangan muddatda ijro etilishi lozim. Qarorni (koʻrsatmani) belgilangan muddatida ijro etmaslik qonun hujjatlarida nazarda tutilgan oqibatlarga sabab boʻladi.
Boshqaruv organlari, xoʻjalik yurituvchi subyektlar, mansabdor shaxslar monopoliyaga qarshi davlat organi qabul qilgan qarordan norozi boʻlganlari taqdirda bunday qarorni toʻla yoki qisman haqiqiy emas deb topish yoxud bekor qilish yoki iqtisodiy jazolarni qoʻllashga doir qarorni oʻzgartirish toʻg‘risida ariza bilan sudga murojaat qilishga haqlidir. Monopoliyaga qarshi davlat organining qarori (koʻrsatmasi) ustidan ushbu qaror qabul qilin’an kundan boshlab bir oy mobaynida shikoyat qilinishi mumkin.
Oʻz ustavlariga muvofiq raqobatni rivojlantirishga koʻmaklashish va iste’molchilarning manfaatlarini monopolistik faoliyatdan himoya qilish maqsadini koʻzlovchi jamoat birlashmalari tegishli organlar bilan birgalikda monopoliyaga qarshi qonun hujjatlariga rioya qilinishi ustidan jamoat nazoratini amalga oshirishga haqlidir.

XULOSA
Ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar tizimini belgilaydigan, monopoliya va raqobat oʻrtasidagi munosabatni tavsiflovchi ilmiy iqtisodiy adabiyotlarni oʻrganish va tahlil qilish quyidagi xulosalarga asos beradi:
1) Raqobat - (lotincha concurrere - toʻqnashmoq) - mustaqil iqtisodiy sub'ektlarning cheklangan iqtisodiy resurslar uchun kurashi. Bu tovar ishlab chiqaruvchilar oʻrtasidagi tovarlarni ishlab chiqarish va sotish, eng yuqori foyda olish uchun eng yaxshi, iqtisodiy jihatdan qulay sharoitlar uchun raqobat;
2) mahsulotni farqlash darajasiga qarab raqobat bir hil, bir hil (farqlanmasdan) va heterojen, heterojen (farqlash bilan) ga boʻlinadi;
3) raqobat sohaga erkin kirib borish darajasini hisobga olgan holda ochiq, yopiq va yarim yopiq boʻlinadi;
4) Raqobatning uch turi mavjud: funktsional, oʻziga xos, ob'ektiv. Raqobat funktsiyalarining roʻyxati xilma-xil boʻlib, tartibga solish, tarqatish, innovatsiya, nazorat kabi funktsiyalarni ta'kidlash kerak;
5) raqobat mohiyati tovar ishlab chiqaruvchilarning kapital qoʻyilmalarning eng foydali yoʻnalishlari boʻyicha raqobatida, tayyor mahsulotlar bozorlarini, xomashyo manbalarini izlashda namoyon boʻladi;
6) Nomukammal raqobatbardosh bozorlarda, yuqori raqobatbardoshlikdan farqli oʻlaroq, sotuvchilar oʻz mahsulotlarini ishlab chiqarishni cheklash orqali narxlarini koʻtarishlari mumkin. Monopoliya - bu bitta sotuvchi mavjud boʻlgan va boshqalarga kirish imkoni boʻlmagan nomukammal raqobatning haddan tashqari holati;
7) Monopoliyalarning asosiy plyusi shundaki, ishlab chiqarish koʻlami xarajatlarni kamaytirishga va umuman resurslarni tejashga imkon beradi; monopolistik kompaniyalarning mahsulotlari yuqori sifatli boʻlib, bu ularga bozorda ustun mavqega ega boʻlishga imkon berdi.
Monopollashtirish ishlab chiqarish samaradorligini oshirishga qaratilgan: himoyalangan bozorda faqat yirik firma tadqiqot va ishlanmalarni muvaffaqiyatli oʻtkazish uchun etarli mablag‘ga ega. Asosiy ahvolga tushgan narsa shundaki, monopolistlar narxlarni oshirib yuborishga va ishlab chiqarishni kam koʻrsatishga intilishadi; ular haddan tashqari koʻp foyda olishadi, ular tavakkal qilishni istamaydilar;
8) Monopoliyaning sof, sun'iy, qonuniy kabi turlari mavjud. Monopol korxonalarning vujudga kelishi ishlab chiqaruvchi kuchlarning rivojlanishi, yirik korxonaning kichik korxonaga nisbatan afzalliklarini anglashi bilan bog‘liq.

Dеmоkrаtik davlatni bаrpо etishning аsоsiy shаrtlаridаn biri, nоmаrkаzlаshgаn tаrtibdа iqtisоdiy qаrоrlаrni qаbul qilish bilаn bоg‘liq shаrоitlаrning mаvjudligi hisоblаnаdi. Erkin rаqоbаt - tаnlаsh erkinligi, tаdbirkоrlik erkinligi, bоzоrgа kirish erkinligi kаbi tаlаblаrning sinоnimidir, u fuqаrоlik jаmiyatidа kishilаrning kоnstitutsiyadа bеlgilаngаn iqtisоdiy erkinligining muhim tаrkibiy qismi hisоblаnаdi.


Iqtisоdiyotdа mоnоpоllаshuv tеndеnsiyalаri pаydо bo‘lish munоsаbаti bilаn erkin rаqоbаt chеklаnаdi, shu sаbаbdаn sоg‘lоm rаqоbаtchilik muhitini yarаtishdа dаvlаt hаm qаtnаshаdi. Bu dаvlаtning аntimоnоpоl siyosаti оrqаli аmаlgа оshirilаdi. Bu siyosаt erkin rаqоbаt muhitini yangidаn yarаtishgа emаs, bаlki uni sаqlаb qоlishgа, qаytаdаn tiklаshgа, rаqоbаtning mаdаniylаshgаn usullаrini qаrоr tоptirishgа qаrаtilаdi. Umumаn inkоr etuvchi dаvlаt mоnоpоliyasidаn dаvlаtlаshmаgаn, turli yхo‘jаlik shаkllаrining muvоzаnаtigа аsоslаngаn vа erkin rаqоbаtni tаqоzо etuvchi bоzоr tizimigа o‘tish yuz bеrmоqdа. Bu yеrdа аvvаllо rаqоbаtchilik munоsаbаtlаrini shаkllаntirish vа shu bilаn bir qаtоrdа uni tаkоmillаshtirish vаzifаsi turibdi.
Har qanday iqtisodi rivojlangan davlatni qarasak, eng avvalo ichki iqtisodiyotini rivojlantirganligiga guvoh bo‘lamiz. Buning uchun esa u eng avvalo erkin raqobatni rvujudga keltirishga harakat qilgan. Bunday erkin raqobat bozorlarini yuzaga keltirish rqiyin bo‘lsada, lekin iloji boricha shu bozorga yaqin raqobatlashgan tmonopol bozorni yuzaga tkeltirishimiz kerak.
Аntimоnоpоl qоnunlаrni qаbul qilish vа hаyotgа tаtbiq qilish bоzоr munоsаbаtlаrigа o‘tаyotgаn hаr bir mаmlаkаt uchun hаyotiy zаrurаtdir, chunki erkin rаqоbаtgа yo‘l bеrmаy turib bоzоr iqtisоdiyotini shаkllаntirib bo‘lmаydi. Iqtisodiyotda monopollashuv tamoyillari kuchayib borishi bilan raqobat cheklanadi. Shu sababli raqobatchilik muhitini vujudga keltirishda davlat kam qatnashadi. Bu davlatning monopoliyalarga qarshi siyosatida o‘z aksini topadi.
Har bir mamlakatdagi aniq vaziyat, ya'ni iqtisodiyotning monopollashuv darajasi, uning miqyosi va xarakteriga qarab, bu siyosat erkin raqobat muhitini yangidan yaratish, uni saqlab qolish, zarur bo‘lganda qaytadan tiklash, raqobat usullarini qaror toptirishga xqaratiladi.
Dunyo mamlakatlari tajribasi shuni ko‘rsatadiki, monopoliyalarga qarshi qonunchilik asosan, quyidagi yo‘nalishlar bo‘yicha hisoblanadi:
1) ishlab chiqarish (tarmoq)ni boshqaruvchi qonunlar. Shu qonunlarga ko‘ra, hech bir korxona (korporatsiya) biror turdagi mahsulot ishlab chiqarishning yarmidan ortig‘ini nazorat qilishga haqli bo‘lmaydi;
2) barcha yirik korporatsiyalar ishtirokchilari boshqa korporatsiyalar aksiyalarining ma'lum cheklangan miqdordan ortig‘iga ega bo‘la olmasligi kerak;
3) baholarni bozor muvozanati belgilangan darajadan yuqori yoki past tutib turish, narx ustidan kelishib olishni taqiqlovchi kartellarga qarshi qonunlarni joriy qilish.
Milliy iqtisodiyotda davlatning monopoliyalarga qarshi siyosati raqobat oldidan shakllanib bo‘lgan mamlakatlarda raqobatchilik muhitini takomillashtirish, bozor iqtisodiyotiga o‘tayotgan mamlakatlarda esa bu muhitni yangidan shakllantirishgax qaratiladi.


Download 280.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7   8




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling