Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari
Bozor munosabatlarini davlat tomonidan yanada rivojlantirish zarurati
Download 116.23 Kb.
|
MAmarizoyev Kurs ishi 0809
3.Bozor munosabatlarini davlat tomonidan yanada rivojlantirish zarurati.
O‘zbekiston Respublikasi birinchi prezidenti yaratgan bozor iqtisodiyotiga o‘tish ilmiy ta‘limoti boshqa iqtisodiy qarashlar, g‘oyalar, ta‘limotlardan tubdan farq qiladi. Bu haqida shunday izohlar keltirilgan: “ Mustaqil rivojlanishning o‘tgan davrini umumlashtirish va tahlil etish isloh qilishning O‘zbekiston modeli asosli va to‘g‘ri bo‘lib chiqdi. Bugun uni obro‘li iqtisodiy tashkilotlar , jahonning ko‘pgina mamlakatlari tan olmoqda. Eng asosiysi hayotning o‘zi buni isbotlamoqda”. Birinchi Prezidentimiz O‘zbekistonda bozor munosabatlarini shakllantirish ilmiy konsepsiyasini mamlakatimizda olib borgan keng qamrovli islohatlar natijalari asosida yangi – yangi qoidalar bilan boyitgan. Birinchi Prezidentimiz ko‘pgina asarlarida ham o‘z konsepsiyasining ro‘yobga chiqishining vositalarini ham aniqlashtirib berdi. Bular quyidagilar: -birinchidan, inson manfaatlarini ro‘yobga chiqaradigan shart – sharoit yaratish orqaligina islohotlar amalga oshadi; hozirgi sharoitda ,,har bir oila boy bo‘lsa davlat boy bo‘ladi‘‘ dega qoidaga rioya qilinsa, islohotlar tezroq samara beradi; -ikkinchidan, ,,mamlakatda chinakam o‘rta mulkdorlar sinfi shakllangan taqdirdagina islohotlar sezilarli samara beradi, mulkchilik masalalari hal bo‘ladi‘‘ ; -uchinchidan, ,,biz keng ko‘lamli iqtisodiyotni vujudga keltirish vazifasini qo‘ymoqdamiz. Bunda ustuvorlik xususiy mulkka – kichik va o‘rta biznesga beriladi’’; - to‘rtinchidan, qimmatbaho qog‘ozlar bozorini rivojlantirish, pul mablag‘larini qimmatbaho qog‘ozlar bozoriga jalb etish, aksiyalashtirish, fond bozorida faol qatnashish; - beshinchidan, ,,Ishlab chiqarishni iqtisodiyotda vujudga keltirayotgan huquqiy doirada o‘zgartirib borish. Asosiysi, bunday o‘zgarishlar islohotlarning o‘ziga kafolat beradi‘‘ ; - oltinchidan, nodavlat sektordagi o‘zgarishlarga doimo katta ahamiyat berib borish, qishloqda bozor mehanizmlarini rivojlantirish, dehqonda sohibkorlik hissini uyg‘otish; - yettinchidan, iqtisodiyotning hududiy tuzilishini takomillashtirib borish, hududiy imkoniyatlardan samarali foydalanish; - sakkizinchidan, respublikani hayotiy muhim tovarlar bilan o‘z milliy imkoniyati hisobiga ta‘minlashga ustuvorlik berib borish va boshqalar10. Birinchi Prezidentimiz tomonidan ishlab chiqilgan ,,Taraqqiyotning o‘zbek modeli‘‘ hayot sinovidan o‘tdi. Amaliy islohotlar jarayonida, xususan, XXI asr arafasi va uning dastlabki yillarida mamlakatimizning rivojlanish strategiyasi, islohatlarni chuqurlashtirish va jamiyatlarni yangilash borasidagi faoliyatimizni jadallashtirish maqsadida bu tamoyillar Oliy Majlisning 1 – chaqiriq XIV sessiyasida quyidagi oltita ustuvor yo‘nalish bilan to‘ldirildi: Mamlakat siyosati, iqtisodiy hayotini, davlat va jamiyat qurilishini yanada erkinlashtirish. Jamiyat ma‘naviyatini yanada yuksaltirish. Kadrlar masalasini muvaffaqqiyatli hal qilish. Xalq turmush darajasini izchil va barqaror o‘sishi, aholini yanada kuchli ijtimoiy himoya qilish. Iqtisodiyotda tarkibiy o‘zgarishlarni ta‘minlash. Jamiyatdagi barqarorlik, tinchlik, millatlar va fuqarolararo totuvlikni, sarxadlarimiz daxlsizligini, mamlakatimiz hududiy yaxlitligini ta‘minlash. Sobiq sotsialistik jamiyatda butun ijtimoiy hayot , xp‘jalik faoliyati ham ,,siyosat iqtisodiyotdan ustun bo‘ladi, ustun bo‘lmasligi ham mumkin emas‘‘ degan qoidaga asoslangan edi. Mamlakat iqtisodiyotining tuzilishi, milliy daromadning taqsimlanishi va qayta taqsimlanishi, iqtisodiy siyosat ana shu shiorning talablariga bo‘ysundirilgan edi. Bu siyosat qanday oqibatlarga olib kelganligi hammaga ayon. Ana shu holatni chuqur tahlil etib, undan kerakli xulosa chiqargan birinchi Prezidentimiz iqtisodiyot va siyosat alohida – alohida ijtimoiy munosabatlar ekani, ularning har biri o‘z qonunlari bilan rivojlanishi, bular o‘rtasidagi nisbatda iqtisodiyotning ustuvorlik qilishi haqidagi xulosaga keldi. Bu qoida iqtisodiy hayotning asosi ekanligi to‘g‘risidagi umumbashariy qonuniyatga asoslanadi. Zero, kuchli zamonaviy tarkibiy tuzilishga, moddiy, ilmiy va ijtimoiy asosga suyangan iqtisodiyot bo‘lmasa, mamlakat xalqining faravonligi ham, milliy xavfsizligi va tinchligi, xalqaro nufuzi ham bo‘lishi mumkin emas. Shuning uchun ham mustaqil milliy iqtisodiyotni barpo etish, uning tarkibiy tuzilishini tubdan o‘zgartirish uchun harakat boshlandi. Albatta, amalda iqtisodiyotning ustuvorligini ta‘minlash oson kechmaydi, bu juda chuqur o‘ylangan iqtisodiy siyosat o‘tkazishni taqozo etadi. Birinchi Prezidentimiz I.A.Karimov bu siyosatni izohlab quyidagilarni yozgan edi: ,,Biz esa yengil yo‘lni qidirmadik. Isloh qilishning dastlabki bosqichlarida iste‘mol bozorini bir qadar cheklashga majbur bo‘ldik. Ayni chog‘da mablag‘ va zaxiralarni iqtisodiyotdagi tarkibiy o‘zgarishlarga sarflab, xorijga mahsulot tayyorlaydigan ilg‘or texnalogiya bazasibilan jihozlangan zamonaviy korxonalar barpo etib, ichki bozorni o‘z mollarimiz bilan to‘ldirish yo‘lidan bordik. Shu maqsadlardan kelib chiqib, o‘z mablag‘larimiz va olgan qarzlarimizning asosiy qismi investitsiyalarga respublika yangi texnologiya va texnika keltirishga sarflanmoqda. Iste‘molni emas balki investitsiyalarni ko‘paytirdik. Bugunga kelib bu siyosat o‘z samarasini bermoqda‘‘. Xalqimiz va butun dunyo ko‘z oldida milliy iqtisodiyotimizning moddiy tayanchi bo‘lgan ulkan korxonalar qurildi va qurilmoqda, hatto ilgari bo‘lmagan iqtisodiyot sohalari qad ko‘tarmoqda. Bu O‘zbekiston dunyoga tanilishi, hamkorlik va jahon iqtisodiyotiga qo‘shilish uchun zamin yaratish demakdir, bu iqtisodiyot haqiqatdan ham siyosatga nisbatan ustuvor munosabat ekanini amalda isbotlanishi demakdir. Respublikamizda vujudga kelgan vaziyatga nazar solar ekanmiz O‘zbekiston qisqa davr ichida o‘zining davlatchilik siyosiy va iqtisodiy qurilishida mutlaqo yangi bosqichga o‘tganligini, milliy iqtisodiyot taraqqiyotida real ijobiy o‘zgaroshlarga erishganligini ko‘ramiz. Xususan mamlakatimizda siyosiy, iqtisodiy va ijtimoiy barqarorlikka erishildi, iqtisodiyotning barcha sohalarida tub o‘zgarishlar sodir bo‘ldi, ko‘pqirrali iqtisodiyot shakllandi. Yalpi ichki mahsulotning 70 foizdan , sanoat mahsulotining 65 foizdan ziyodroq qismi va qishloq xo‘jalik mahsulotlarining 99 foizi nodavlat sektori ulushiga to‘g‘ri kelayotgani fikrimizning dalilidir. Eng muhimi , o‘tgan davr ichida mamlakatimizda bozor munosabatlariga o‘tish va ularning samarali amal qilishini ta‘minlash uchun zarur bo‘lgan huquqiy- me‘yoriy baza yaratildi. Qabul qilingan qonunlar iqtisodiy islohotlarni o‘tkazishda muhim ro‘l o‘ynadi. Bular sobiq sovet ittifoqining barcha mamlakatlarini qamrab olgan iqtisodiy davrda vaziyatni yengillashtirishga xizmat qildi. Bozor iqtisodiyotiga o‘tishning ilk davrida (1991-1995) mamlakatimizda iqtisodiyotida yuz bergan tanazzul MDH ning boshqa davlatlaridagi singari og‘ir kechmadi. Makroiqtisodiy barqarorlik 1995 yilda boshlandi va 1996 yildan boshlab iqtisodiy vaziyatning jonlanishi sodir bo‘ldi. 1997 yildan boshlab O‘zbekistonda iqtisodiy o‘sish tendensiyasi ko‘zga tashlanadi. Narx shaklanishi – davlat tomonidan iqtisodiyot va tadbirkorlik faoliyatiga ta‘sir ko‘rsatuvchi muhim omildir. Narx siyosatidan foydalangan holda, davlat talab va taklifga ta‘sir ko‘rsatadi, daromadni va resuralarni qayta taqsimlanishini boshqaradi; minimal hayot kechirish tarzini ta‘minlaydi, shuningdek monopoliyaga va inflatsiyaga qarshi va boshqa jarayonlarni davlat manfaatlari yo‘liga yo‘naltiradi. Davlat narxi siyosatini avvalombor narx barqarorligini taminlash maqsadida olib boradi. Ma‘lumki, bozor munosabati sharoitida aksariyat tovarlar erkin narxlarda sotiladi, ya‘ni narx talab va taklif asosida belgilanadi. Env muhim iste‘mol tovarlari va xizmatlar narxlari davlat tomonidan boshqariladi. Bu amaliyot bozor iqtisodiyoti rivojlangan deyarli barcha mamlakatlarda qo‘llaniladi. Vaholanki, narxi davlat tomonidan nazorat qilinadigan tovarlar va xizmatlar umumiy tovar massasining 10 – 15 foizini tashkil qilsada, lekin bu aholinign minimal hayot kechirish darajasini ta‘minlashda muhim ahamiyatga ega11. Tadbirkorlik mas‘uliyatiga davlat tomonidan ta‘sir ko‘rsatilishida tashqi iqtisodiy va ijtimoiy siyosatning yuritilishi ham muhim o‘rin tutadi. Davlat tashqi iqtisodiy siyosatni amalga oshirar ekan( bojxona tariflari, qonunlar chiqarish chet el investorlariga qulay sharoitlar yaratib berish va hakozo.) O‘zining eksport imkoniyatlarini kengaytiradi, eksport tarkibinh yaxshilaydi, raqobatchilikka sharoit yaratadi, mahsulot sifatini yaxshilanishiga erishadi. Tashqi iqtisodiy faoliyatni yanada takomillashtirish, uning tizimini qayta ko‘rib chiqish , ma‘muriy cheklash metodlaridan iqtisodiy boshqarish usullariga o‘tishni tezashtirish zarur. Faqat shu yo‘l bilan respublika jahon savdo tashkilotiga a‘zo bo‘lishi va uning imkoniyatlari va afzalliklaridan bahramand bo‘lishi mumkin. Bozor munosabatlarini rivojlantirishning eng muhim yopnalishi bu iqtisodiyotni erkinlashtirishdir. Shu munosabat bilan xo‘jalik yurituvchi subyektlarning samarali faoliyat ko‘rsatishi uchun zarur bo‘lgan iqtisodiy erkinlik va mustaqillikni yanada kengaytirish muhim ahamiyatga ega. Ularning faoliyayi uchun qilay huquqyi va iqtisodiy muhit yaratish bu faoliyatni tattibga solishda faqat bozor mexanizmidan foydalanish bozor iqtisodiyoti tizimining tamoyili hisoblanadi. Korxona va firmalar xo‘jalik faoliyatiga davlatning aralashuvini cheklash, xususiy mulkning ishonchli himoyasini ta‘minlash chora tadbirlarni amalga oshirish zarur. Davlatning joylardagi hokimyat va nazorat organlari xususiy biznesni rivojlantirish uchun zarur bo‘lgan shart sharoitlarni yaratib berishlari va xo‘jalikbyurituvchi subyektlar faoliyatiga behuda aralashmasliklari darkor. Download 116.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling