Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari
Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni zarurligi va mohiyati
Download 116.23 Kb.
|
MAmarizoyev Kurs ishi 0809
1. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishni zarurligi va mohiyati.
Bozor munosabatlariga asoslangan mamlakatlarda iqtisodiyotni tartibga solish borasida davlat muhim vazifalarni bajaradi. Davlat iqtisodiyotga faol aralashib, bozor mexanizmining amal qilishiga ko‘maklashadi, raqobatchilik muhitini yaratib, aholini salbiy oqibatlardan himoyalash chora tadbirlarini ko‘radi. Bozor iqtisodiyotini davlat tomonidan tartibga solishdan ko‘zlangan asosiy maqsad , bozor munosabatlarini muayyan va ma‘lum yo‘nalishlar asosida rivojlantirib ,iqtisodiy taraqqiyot suratlarini jadallashtirish va aholi turmush darajasini oshirish choralarini ko‘rishdan iborat. Shu o‘rinda iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish nima degan savolga javob berib ketamiz. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish deganda, jamiyat a‘zolarining ehtiyojlarini qondirish darajasini oshirish uchun , cheklangan ishlab chiqarish resurslaridan yanada samarali foydalanishni ta‘minlovchi, umumiy iqtisodiy muvozanatga erishishga yo‘naltirilgan, ijtimoiy ishlab chiqarish jarayonini tashkil etish bo‘yicha davlatning faoliyati tushuniladi. Rejali iqtisodiyot tizimidan holos bo‘lgan O‘zbekiston Respublikasida ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyotini shakllantirish davlatning bosh vazifasi hisoblanadi. Shu munosabat bilan o‘tkazilayotgan iqtisodiy islohatlar jarayonini davlat bosh islohatchi sifatida boshqarib bormoqda. Davlatimizning bozor iqtisoditini tartibga solish bo‘yicha rivojlangan mamlakatlarda hozirgacha to‘plangan boy tajribalarni o‘rganish va ularni respublikamizning o‘ziga xos xususiyatlarini e‘tiborga olgan holda tadbiq etishining maqsadga muvofiqligi bugungi kunda hech kimda shubxa tug‘dirmaydi. Iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solishda bozor mexanizmining samarali ishlashi uchun sharoit yaratish muhim ahamoyat kasb etadi. Shuning uchun davlat raqobatni rag‘batlantirish orqali bozor tizimini saqlashni o‘z zimmasiga oladi. Chunki erkin tadbirkorlik va uni boshqaruvchi talab va taklif qonunlarining amal qiloshi ko‘p jihatdan raqobatga bog‘liq bo‘ladi. Raqobatchilik muhitini rag‘batlantirish va himoya qiloshning davlat mehanizmi quyidagilarni nazarda tutadi: Iqtisodiy subyektlarni faoliyat qoidalarini belgolash; Aholoni bozor sharoitlari, iqtisodiyotning holati to‘g‘risidagi axborotlardan habardor qilish; Iqtisodiyot subyektlari o‘rtasidagi baxs va ziddiyatlarni hal qilishga ko‘maklashish chora tadbirlarini amalga oshirish. Bozor mehanizmi xususiy tadbirkorlar uchun foyda kelishini taminlaydigan tovar va xizmatlarni ishlab chiqarishni rag‘batlantiradi. Ammo jamiyat taraqqiyoti uchun zarur bo‘lgan aholining ko‘pchiligi faydalanadigan ijtimoiy tovarlar va xizmatlar xususiy tadbirkorlik doirasida ishlab chiqarishi mumkin emas. Bunday ijtimoiy tovarlar va xizmatlarga : maktablar , yo‘llar , homoya qilish , mudofaa , milliy havfsizlik va boshqalar kiradi. Binobarin , ularni ishlab chiqarishni va ulardan foydalanishni davlatning o’zi tashkil qilishi, tartibga solishi zarur bo‘ladi. Iqtisodiyotni tartibga solishning davlat mehanizmini taqozo etuvchi sabablardan biri aholini inson salomatligiga va taboliatga ziyon yetkazuvchi omillardan himoya qilish zaruratidir . Masalaning mohiyati shundaki , bozor iqtisodiyoti sharoitida har qanday xo‘jalik yurituvchi tadbirkor, avvalo , o‘zini o‘ylaydi. O‘z manfaati yo‘lida faoliyat ko‘rsatadi. Bu faoliyat ayrim hollarda tabiatga yoki inson salomatligiga ziyon yetkazishi , davlat manfaatlariga zid kelishi mumkin. Bunday holatlar ham iqtisodiyotga davlatning aralashuvini , ko‘p sonli tadbirkorlarning manfaatlarini barcha jamiyat a‘zolari manfaatlariga mushtarakligini ta‘monlash choralarini ko‘rishni taqazo etadi3. Xo‘sh , davlat iqtisodiyotini qanday vositalar yordamida tartibga soladi? Buning uchun davlat ixtiyorida turli xil huquqiy va iqtisodiy vositalar mavjud bo‘lib , ulardan konkret vaziyat va vazifalardan kelib chiqib foydalaniladi . Iqtisodiyotni tartibga solishni eng muhim va asosiy vositasi amaldagi qonunchilik hisoblanadi. Mamlakatimizda qonun ustuvorligi , ya‘ni uni barcha uchun bab – barobar kuchga ega ekanligi va uning barcha xo‘jalik yurituvchi subyektlarning so‘zsiz amal qilsihi shart ekanini yana bir bor takidlab o‘tish zarur. Hozirga qadar iqtisodiy hayotga taalluqli bo‘lgan yuzlab qonunlarning qabul qilingani, iqtisodiyotning davlat tominidan tartibga solishni huquqiy asoslarini belgilab beradi. Shu bilan birgalikda davlat ixtiyorida bir qotor moliyaviy ya‘ni iqtisodiy vositalar ham mavjudki , Ular yordamida davlat xo‘jalik yurituvchi subyektlarning manfaatlariga bevosita ta‘sir ko‘rsata oladi. Spliqlar, sanatsiya va subsidsiyalar ana shunday vositalarga kiradi. Iqtisodiyotni tartibga solishning moliyaviy vositalaridan biri sanatsiya hisoblanadi. U asosan umumdavlat manfaatlaridan kelib chiqib , davlat korxonalariga ko‘rsatiladigan moliyaviy yordamdir. Korxona qarzini kechib yuborish yoki uni o‘zga subyektlar hisobidan qoplash , qarzini to‘lash muddatlarini kechiktirish, qarz uchun to‘lanadigan foizlarni kamaytirish ,korxonaga buyurtma berib ,uning haqqini oldindan to‘lab qo‘yish va hakozolar sanatsiya shakllari hisoblanadi. Davlat tomonidan aniq maqsadlar uchun qaytarib olmaslik sharti bilan ajratiladigan moliya mablag‘lari subsidiyalar deb yuritiladi. Iqtisodiyotni tarkiban o‘zgartirish(diversifikatsiyalash) , eksport va import muvozanatni taminlash ,ayrim hududlarga yordam berish kabi maqsadlar uchun ajratiladigan mablag‘lar( subsidiyalar) ijtimoiy yo‘naltirilgan bozor iqtisodiyoti sharoitida muhim ahamiyat kasb etadi. Shu o‘rinda takidlash joizki, iqtisodiyotni davlat tomonidan tartibga solish mehanizmida makroiqtisodiy barqoarorlashtirish chora – tadbirlari ham muhim o‘rin tutadi. Ma‘lumki bozor iqtisodiyoti sharoitida ishbilarminlik faolligi o‘zgarib turadi, iqtisodiy o‘sish uning pasayishi bilan almashinib turadi. Uning oqibatidafirmalarning sinishi va ishsizlarning ko‘payishi ortadi, aholi turmush darajasi pasayadi, ular ko‘p qiyinchiliklarni boshdan kechiradilar. Makroiqtisodiy barqarorlikni ta‘minlash mexanizmi yordamida iqtisodiy o‘sish siklini tanglikka (pasayishga ) o‘tishdagi salbiy oqibatlarni cheklash shuningdek , tanglikdan iqtisodiy o‘sish sari o‘tish imkoniyatlari vujudga keladi. Shunday qilib, iqtisodiyotni tartibga solishning davlat meganizmi jamiyatning ijtimoiy iqtisodiy taraqqiyotiga ta‘sir ko‘rsatuvchi va ko‘maklashuvchi chora tadbirlar tizimidan iborat degan hulosa qilish mumkin. Mening fikrimcha davlatimiz iqtisodiyotga cheklangan darajada aralashishi kerak. Masalan monapol bo‘lgan korxonaning raqobatchisi oz‘ o‘zidan yo‘q bo‘ladi . Shu korxonaga davlat tomonidan raqobatbardosh bo‘lgan korxona tashkil etilsa , ishlab chiqarilayotgan mahsulotning sifati va narxi o‘z o‘zidan yaxshilanadi. 4 www.economizdat.uz Download 116.23 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling