Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari


Raqobatning evolyutsion tuzilishi


Download 60.53 Kb.
bet2/6
Sana26.10.2023
Hajmi60.53 Kb.
#1723529
TuriReferat
1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdulazizova Yorqinoy raqobat tahrir

1. Raqobatning evolyutsion tuzilishi.
Raqobat tushunchalari mamlakatimiz iqtisodiyoti uchun mustaqillik yillaridan keyin keng ishlatiladigan tushunchalar qatoriga kirgan bo‘lsada, bozor munosabatlari sharoitida faoliyat yuritib kelgan barcha mamlakatlarda bu tushunchalar ancha qadimdan mavjud bo‘lib kelgan. Raqobatga bugungi kunga qadar bir qancha ta‘riflar berilgan bo‘lib, Adam Smit uni “ko‘zga ko‘rinmas qo‘l” deb atagan edi. Raqobat iqtisodiy faoliyat ishtirokchilarining o‘z ehtiyoj va manfaatlarini maksimal qondirish, yaxshi daromad olish, bozorda o‘z mavqyeini mustaxkamlash, imkoniyatlarini namoyon etish hamda imidjga ega bo‘lish uchun kurashdan iborat jarayondir.
Raqobat-iqtisodiy kategoriya sifatida bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, uni rivojlantirish vositasi, bozor mexanizmining asosiy tarkibiy qismlaridan biri hisoblanadi. Bozor iqtisodiyoti o‘zining yetuklik darajasi va rivojlanish xususiyatlaridan qat’iy nazar raqobatning mavjud bo‘lishini taqozo etadi.
Shu bilan birga, bozor iqtisodiyoti rivojlanib borishi bilan raqobatchilik munosabatlari ham takomillashib, o‘z shakllarini o‘zgartirib boradi. Raqobat tushunchasi shu qadar serqirraki, uni qandaydir yagona umumiy ta’rif bilan qamrab olish mumkin emas. «Raqobat» tushunchasini aniqlashtirishning ba’zi bir nuqtai nazarlariga to‘xtalib o‘tish maqsadga muvofiq hisoblanadi. Raqobat tushunchasi turli izohli lug‘at va ma’lumotnomalarda turlicha ta’riflanadi. Jumladan, «Yazik biznesa» nomli lug‘atda: «Raqobat (lotincha concurrere – to‘qnashuv; inglizcha competition, rivalry) – bozorda ishtirok etayotgan korxonalar o‘rtasidagi o‘z mahsulotlarini sotishning eng qulay imkoniyatlarini ta’minlash, xaridorlarning turli-tuman ehtiyojlarini qondirish maqsadidagi o‘zaro ta’sir, o‘zaro aloqa va kurash iqtisodiy jarayonidir. Raqobat va monopoliya dialektik birlikni tashkil etib, doimo bozorda bir-birlariga qaramaqarshi turadilar», deb ifodalangan. Bundan ko‘rinadiki, raqobatni nafaqat kurash, balki o‘zaro ta’sir va aloqa jarayoni sifatida ham talqin etilgan. Raqobat kurashi va uni harakatlantiruvchi kuchlar, monopoliyaga qarshi boshqaruv mexanizmlari haqida dastlabki to‘laqonli nazariy qoidalar faqat XVIII asrning o‘rtalariga kelib paydo bo‘lgan. Bunda klassik siyosiy iqtisod vakillari sanalgan A.Smit va D.Rikardoning xizmatlari kattadir. Keyingi davrlarda F.Perru, A.Marshall, Dj.Keyns, V.Leontev, Y.Shumpeter, P.Sraffa, M.Porter, F.Kotler va boshqalarning mehnatlari tufayli raqobat nazariyasi yanada rivoj topdi. Raqobat mohiyatiga to‘xtalar ekanmiz, uni asosan uch xil yondashuvga bo‘lish mumkin. Jumladan, xulq-atvor yondashuvi, strukturali yondashuv va funksional yondashuv.
Raqobatning xulq-atvor yondashuviga A.Smitning qarashlarini kiritish mumkin. U raqobatni bozor sub’ektlari o‘rtasida tovarlar xarid qilish va sotish borasida qulayroq sharoitlar uchun olib boriladigan, to‘g‘ri, halol, til biriktirishlarsiz kurash, musobaqa bilan bog‘lagan. U raqobat kurashining asosiy usuli deb narx o‘zgarishlarini bilgan. Bunda u jamoa irodasi (ixtiyori) bilan boshqarilmaydigan, umumiy mo‘ljallarga ega bo‘lmagan bozorda qat’iy xulq-atvor qoidalariga amal qilishini qayd etgan. Demak, raqobat–bozor qatnashchilari faoliyatini muvofiqlashtiruvchi aynan o‘sha «ko‘rinmas qo‘l»dir. F.Perru raqobatni doimiy tahdidli harakat sifatida tushuntiradi. Inson o‘z manfaatini ko‘zlab qimmatroq sotib, arzon xarid qilishga intiladi. Shuning uchun raqobat bilan doimiy to‘qashishga to‘g‘ri keladi.
Strukturali yondashuvda asosiy e’tibor raqobatchilarning o‘zaro kurashidan bozor strukturasi, unda hukmronlik qiluvchi shart-sharoitlar tahliliga ko‘chib o‘tadi. Masalan, K.R. Makkonnell va S.L. Bryuning asarlarida aytib o‘tilishicha, raqobat bozorda ko‘p sonli mustaqil xaridor va sotuvchilar mavjudligi, xaridor va sotuvchilar uchun bozorga erkin kirish va undan chiqish imkoniyatidir. Raqobat mohiyatini aniqlashga uchinchi yondashuvni funksional yondashuv sifatida tavsiflash mumkin. U raqobatning iqtisodiyotda o‘ynaydigan rolini ko‘rib chiqadi. Xususan, Y.Shumpeter iqtisodiy rivojlanish nazariyasi doirasida raqobatni eskilikning yangilik bilan raqiblik kurashi sifatida ta’riflagan. Yangiliklar kiritish bozor tomonidan shubha bilan qabul qilinadi, biroq agar novator ularni amalga oshirishning uddasidan chiqsa, raqobat mexanizmi eskirgan texnologiyalardan foydalanuvchi korxonalarni bozordan siqib chiqaradi. Bugungi kunda raqobat tushunchasining ko‘plab ta’riflari mavjud. Jumladan, Sh.Shodmonov, U.G‘afurovlar tomonidan tayyorlangan «Iqtisodiyot nazariyasi» darsligida raqobatga berilgan ta’rifda asosan ikki jihat:
1) uning iqtisodiy manfaatlar to‘qnashuvidan iborat ekanligi;
2) yuqori foyda va naflikka ega bo‘lish uchun kurash ilgari suriladi, ya’ni:
Raqobat – bozor sub’ektlari iqtisodiy manfaatlarining to‘qnashishidan iborat bo‘lib, ular o‘rtasidagi yuqori foyda va ko‘proq naflilikka ega bo‘lish uchun kurashni anglatadi.
Raqobat – to‘qnashuv, qarama-qarshilik, musobaqalashmoq degan ma‘noni bildiradi. Raqobat tovar oldi-sotdisi va eng yaxshi ishlab chiqarish uchun bozor tizimi qatnashchilari orasidagi o‘zaro kurash demakdir. Lekin iqtisodiy va huquqiy adabiyotlarda raqobat to‘g‘risida har xil va qarama-qarshi fikrlar mavjud. Uni ishlab chiqaruvchilar orasidagi asosiy mexanizm, bozorning sifati, chegarasi, belgisi, xo‘jalik mexanizmining elementi, jamiyatni olg‘a intiltiruvchi kuch sifatida ham ta‘riflashadi. Raqobat kishilar hayotiga kishilik jamiyati paydo bo‘lishi bilanoq kirib kelgan. Butun taraqqiyot davri mobaynida insoniyat tabiat va o‘zaro yorug‘ va issiq joy, qulay yashash va ishlash sharoiti, resurslardan cheksiz foydalanish uchun raqobatlashib kelgan. Turli davrlarda, turli vaqtda va turli sharoitlarda raqobat turlicha namoyon bo‘lgan. Buni oddiy bellashuvdan to‘qnashuvga, to‘qnashuvlarning raqobat kurashiga, raqobat kurashining raqobat urushlariga aylanishi bilan izohlashimiz mumkin.
“Raqobat” tushunchasi rus tiliga nemis tilidagi “konkurrenz” so‘zidan kirib kelgan, o‘z navbatida nemis tiliga bu so‘z lotin tilidan kirib kelgan bo‘lib, qadimgi lotinlar “concurro/concurrentia” so‘zi bilan tomonlarning o‘zaro munosabatlari, to‘qnashuvi, bellashuvi va o‘zaro kelishish orqali qo‘shilib ketishi ham tushinilgan. Bozor munosabatlari raqobatning asosida eng avvalo kishilarning ehtiyojlariga asoslangan iqtisodiy va ijtimoiy manfaatlarini ifodalaydi.
Xuddi shuningdek, iste‘molga, ishlab chiqarish, kommunikasiya va boshqarishga bog‘liq manfaatlari ham raqobatning asosini tashkil etadi.
Raqobatda ishtirokchilar manfaatlari o‘rtasida umumiy uyg‘unlik mavjud bo‘lmaydi. Shuningdek, raqiblarning manfaatlari ham bir-biridan farq qiladi. Moddiy resurslarning cheklanganligi bois bir tomonning iqtisodiy manfaatlarini himoyalash, ikkinchi tomonni cheklashga olib keladi. Shuning uchun ham raqiblarning raqobat kurashi olib borish usullari ham farq qiladi. Zamonaviy iqtisodiyotda raqobat subyektlarning o‘zaro to‘qnashuvini anglatadi.
Raqobat tomonlarning to‘qnashuvidan iborat ekan, albatta nizolarga sabab bo‘ladi. Shu bois uni himoyalash, qo‘llab quvvatlash zururdir. Bugungi kunda ko‘pchilik adabiyotlar, gazetalar, ilmiy maqolalar va maishiy hayotda raqobat so‘zining turlicha tariflarini uchratish mumkin. Bellashuv, musobaqalashuv va tomonlarning o‘zaro kurashi so‘zlari raqobatning sinonimlari hisoblanadi. Masalan, ayrim mualliflar raqobat (competition) va bellashuv (rivalry) so‘zlari o‘zaro sinonim emasligini ta‘kidlab o‘tishadi. Ularning fikricha, raqobat faqat bozor munosabatlariga bog‘liq bo‘lib, kompaniyalarning o‘zaro faoliyatiga umuman bog‘liq emas. Raqobat so‘zining turli tillarda talqin etilishiga e‘tibor qaratadigan bo‘lsak, ingliz tilida raqobat (competition) so‘zi ham sport musobaqalarida, ham iqtisodiyotdagi bellashuvni anglatadi. Iqtisodiyotda raqobatni tabiat va jamiyat o‘rtasidagi hamkorlikning xususiy holi sifatida qarashimiz ham mumkin.
Tabiat jonzotlari o‘rtasidagi yashash uchun kurashni ham raqobatga tenglashtirish mumkin. Ammo shunisi qiziqki, raqobat har doim ham to‘qnashuv yoki bellashuvni anglatmaydi. Masalan, Janubiy Afrika savannalarida yovvoyi o‘txo‘r hayvonlar – antilopa, ohu, zebra, buyvollar ozuqa uchun o‘zaro kurashadi, nimjon, kasalmand bo‘lgan a‘zolarni podaning chetiga surib chiqaradi va tezroq yirtqichlarga yem bo‘lishlariga sharoit yaratib beradi. Shuningdek, ular o‘z yirtqichlari bo‘lgan sher, yo‘lbars, chiyabo‘ri va gepardlarga qarshi kurashish uchun juda katta podani tashkil ham qiladilar. Shu bois iqtisodiyotdagi raqobatni tadbirkorlik, bozor, bozor ishtirokchilari, tadbirkorlik subyektlari, firma kabi bazaviy tushunchalar asosida tariflash maqsadga muvofiq bo‘ladi. chunki iqtisodiyotdagi raqobat kurashida biologic emas, balki ijtimoiy nuqtai nazar va shart sharoitlar asosiy o‘rinda turadi. Raqobatning keng tushuncha ekanligi, turli xalqlarning ushbu atamani turli mazmunda qo‘llashi bois, uning mohiyatini yoritish bo‘yicha bahs munozaralar hanuz davom etmoqda. Iqtisodiy fanlarda raqobatning yoritilish XV-XVII asrlarda ingliz, fransuz va nemis merkantelistlari ilmiy ishlarida o‘z aksini topgan desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Aynan shu davrdan boshlab Yevropada feodal tuzumdan bozor munosabatlari shakllanib boshlagan.
XX asrning ikkinchi yarmidan boshlab raqobatni o‘rganish iqtisodiy faoliyatga asoslangan holda olib borildi. Bunda raqobatni tadbirkorlik, bozor ishtirokchilarining hatti-harakatlarini tartibga soluvchi mexanizm, muvaffaqiyat qozonishning taktika va modellari sifatida o‘rganishga alohida e‘tibor qaratildi. Tadbirkorlik, marketing, menejmentning zamonaviy yondashuvlari ma‘lum darajada raqobat tushunchasini qamrab olishga harakat qiladi.
Raqobat bozor iqtisodiyotining va umuman tovar xo‘jaligining eng muhim belgisi, rivojlantirish usuli hisoblanadi. 1-Prezidentimiz I.A. Karimov raqobatning bozor iqtisodiyotidagi ahamiyatini ko‘rsatib: «Raqobat -bo‘lmasa, bozor iqtisodiyotini barpo etib bo‘lmaydi. Raqobat — bozorning asosiy sharti, aytish mumkinki, uning qonunidir», deb yozadilar. Bozor iqtisodiyoti raqobat sharoitidagina eng yaxshi faoliyat ko‘rsatadi. Bu hol ko‘pgina ilmiy risolalarda yetarli darajada isbotlangan, shuning uchun aksioma sifatida qabul qilinadi. Raqobat siyosati fani raqobat kurashi sharoitida korxonaning xatti-harakatini tadqiq qiladi, raqobat kurashining mohiyati va shakllarini o‘rganadi, raqobat sharoitida boshqaruv qarorlarini qabul qilish usullarini, jumladan, korxona rivojlanishi turli strategiyalarini shakllantirish va amalga oshirish xususiyatlarini tahlil qilishni o‘rgatadi. Bozor iqtisodiyoti sharoitida barcha tarmoqlarning rivojlanish strategiyasini raqobat kurashidan alohida ko‘rib chiqish mumkin emas.
Raqobat – bu bozor iqtisodiyoti ishtirokchilarining o‘z manfaatlarini yuzaga chiqarish uchun bir-biri bilan kurashi, ularning o‘zaro bellashuvidir. Odamlarni biribiri bilan kurashi emas, balki, manfaatlar to‘qnashgan joyda vujudga kelgan kurashishi raqobat deyiladi. Raqobat - bozorning asosiy sharti va qonunidir. Raqobatning iqtisodiy mazmunini tushunib olish unga turli tomondan yondoshishni talab qiladi. Mustaqil tovar ishlab chiqaruvchilar (korxonalar) o‘rtasidagi raqobat tovarlarni qulay sharoitda ishlab chiqarish va yaxshi foyda keltiradigan narxda sotish, umuman iqtisodiyotda o‘z mavqeini mustahkamlash uchun kurashdan iborat. Bunda ular kerakli ishlab chiqarish vositalari, xomashyo va materiallar sotib olish, ishchi kuchini yo‘llash uchun ham kurashadi.
Tarmoq sotuvchilarining raqiblari bilan bozordagi eng yaxshi o‘rin va raqobat ustunligiga erishish uchun kurashda sarflayotgan kuch-g‘ayrati raqobatning eng yaxshi va yaqqol indikatori hisoblanadi. Firmaning raqobat strategiyasi bozorda muvaffaqiyatga erishish va imkon boricha raqib firmalar ustidan raqobat ustunligiga erishish bo‘yicha faoliyat dasturidan iborat. Ishlab chiqaruvchilar o`rtasidagi raqobat oxir-oqibatda iste’molchilar uchun kurashdir. Resurslarni yetkazib beruvchilar o‘zlarining iqtisodiy resurslarini (kapital, yer-suv, ishchi kuchi) yuqori baholarda sotish uchun raqobat qiladilar. Ishlab chiqaruvchilar va resurslarni yetkazib beruvchilar o‘rtasidagi raqobat bozor munosabatlari rivojlangan, iqtisodiyot to‘liq erkinlashgan sharoitda yorqin namoyon bo`ladi.
Raqobat iste’molchilar o‘rtasida ham yuz beradi; ular tovarlarni qulay va arzon baholarda sotib olishga harakat qiladilar, ya’ni xaridor har bir sarflangan pul birligi evaziga ko‘proq naflilikka ega bo‘lishga harakat qiladi. Arzon va sifatli tovarni tezroq sotib olish uchun kurashadi. Shunday qilib, raqobat ko‘p qirrali iqtisodiy hodisa bo‘lib, u bozorning barcha sub’ektlari o‘rtasidagi murakkab munosabatlarni ifodalaydi. Yutuqli raqobat strategiyasini ishlab chiqishda raqiblarning foydaga intilishi quyidagi xususiyatlarga ega o‘zaro raqobat ta‘sirini shakllantiradi.

Download 60.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling