Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari


Download 60.53 Kb.
bet1/6
Sana26.10.2023
Hajmi60.53 Kb.
#1723529
TuriReferat
  1   2   3   4   5   6
Bog'liq
Abdulazizova Yorqinoy raqobat tahrir


O‘ZBEKISTON RESPUBLIKASI
OLIY TA’LIM, FAN VA INNOVATSIYALAR VAZIRLIGI
TOSHKENT MOLIYA INSTUTITI
ANDIJON FAKULTETI

IJTIMOIY–GUMANITAR VA MUTAXASSISLIK FANLARI” KAFEDRASI
SBIA” yo‘nalishi 70.22-guruh talabasi
Abdulazizova Yorqinoy Shuxratjon qizining
Raqobat nazariyasi fanidan
Raqobat nazariyasi evolutsiyasi” mavzusidagi


REFERATI


Tekshirdi: __________________
Andijon-2023
MAVZU: RAQOBAT NAZARIYASI EVOLUTSIYASI.
REJA:
Kirish
Asosiy qism:
1. Raqobatning evolyutsion tuzilishi.
2. Raqobat nazariyalari.
3. M.Porter bo’yicha raqobat kontseptsiyasi.
4. Raqobatning asosiy shakllari va turlari.
Xulosa
Foydalanilgan adabiyotlar ro‘yxati

KIRISH
Respublikamizda iqtisodiyotni erkinlashtirish, modernizatsiya qilish va milliy iqtisodiyotning jahon xo‘jaligiga oqilona va samarali integratsiyalashuvi bosqichida bozor qonuniyatlariga asoslangan milliy xo‘jalik bosqichma-bosqich shakllanib bormoqda, uning tarkibi, xususan, tarmoq va hududiy tuzilishi takomillashtirilmoqda. Bozor transformatsiyasi jarayonlarida milliy iqtisodiyot amal qilishi va rivojlanishida o‘ziga xos tendensiya va qonuniyatlar yuzaga chiqmoqda.
Keyingi yillarda mamlakatimiz korxonalarining milliy va jahon bozoridagi faoliyatida yangi strategiyalarni qo‘llash, murakkab taktik modellarning joriy etish zarurligini ko‘rsatib berdi. Jumladan, Prezidentimiz Sh.Mirziyoev ta‘kidlaganidek, ―... tovar va moliya bozorlarida erkin raqobat muhitini shakllantirish hamda tadbirkorlarga xomashyo sotib olish uchun teng imkoniyatlar yaratish zarur hisoblanadi.
Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan keng ko‘lamli islohotlar tufayli odamlarimizning ongu tafakkurida ro‘y berayotgan tub o‘zgarishlar mustaqil va yangicha fikrlaydigan, zamon talabiga javob beradigan istiqlolning yangi avlodi shakllanganligini alohida ta‘kidlab o‘tishimiz kerak. Tadbirkorlikni rivojlantirishda ularning salohiyatidan foydalanishga juda katta e‘tibor berilmoqda. Shu bois ular uchun raqobat kundalik turmush jarayoniga aylanib qolgan. Raqobat ular uchun tadbirkorlik, iqtisodiyotni harakatga keltiruvchi kuchdir. Bugungi avlod biznes yuritishda oldingi avlodlariga nisbatan boy bilimga ega va raqiblardan o‘zib ketishga intilish asosiy maqsadlariga aylanib ulgurgan.
Mustaqillikkacha bo‘lgan davrdagi vaziyat bilan yaxshi tanish bo‘lmagan bo‘lajak iqtisodchilar bu davr mobaynida mamlakatimiz iqtisodiyotida raqobat mavjud bo‘lmaganligi, ushbu mavzuni o‘rganish ta‘qiqlanganligi to‘g‘risidagi ma‘lumotlarni qiyinchilik bilan qabul qiladilar.
Raqobat bozor munosabatlari tizimining o‘ziga xos ―og‘irlik markazi‖ desak mubolag‘a bo‘lmaydi. Odatda raqobat iste‘molchilar va ishlab chiqaruvchilarning narx va bozordagi talab hajmini belgilashga ham taalluqlidir.

Download 60.53 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
  1   2   3   4   5   6




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling