Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari


Download 1.31 Mb.
bet15/93
Sana27.02.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1234071
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93
Bog'liq
falsafa 2022 majmua

Fuqarolik jamiyati - davlat hokimiyati organlarining to‘g‘ridan-to‘g‘ri aralashuvidan qonunlar bilan muhofaza etilgan ixtiyoriy uyushmalar va tashkilotlar majmui.
Zamonaviy jamiyatda davlat odamlarning shaxsiy hayotiga aralashmaydi, ularni yagona mafkura va qadriyatlar yagona tizimini qabul qilishga majburlamaydi.Kishilarning rang-barang manfaatlari, ularning hamkorlikdagi harakatlari orqali ro‘yobga chiqariladi, bunga erishish uchun ular davlat oldida hisobdor bo‘lmagan ixtiyoriy birlashmalar va uyushmalarga birlashadilar. Odamlarning manfaatlarini aks ettiradigan nodavlat, nohukumat tashkilotlari fuqarolik jamiyatini tashkil etadi. Ular rasmiy statistikaga kirmaydi va ularning hisobini yuritish ancha qiyin ish. Chunonchi, ayrim ma’lumotlarga ko‘ra, AQSHda yuz minglab bunday tashkilotlar faoliyati 25 mingdan ortiq xayriya fondlaridan mablag‘ bilan ta’minlanadi. Norvegiyada bu mamlakat fuqarosi hisoblangan har olti kishidan biriga bitta nohukumat tashkiloti to‘g‘ri keladi. XIX asr fransuz sotsiologi A.de Tokvil Amerikada demokratiyani qo‘llab- quvvatlovchi ijtimoiy sharoitlar to‘g‘risida mulohaza yuritar ekan, amerikaliklarning fuqarolik va siyosiy tashkilotlar tuzishga bo‘lgan moyilligiga alohida e’tiborni qaratgan: «Turli yosh, mavqe va qiziqishlarga ega bo‘lgan amerikaliklar turli xil uyushmalarga ixtiyoriy ravishda birlashadilar.
Bular tijorat yoki ishlab chiqarish xususiyatiga ega bo‘lgan, amerikaliklarning barchasi ishtirok etadigan birlashmalargina emas, balki boshqa xil turdagi minglab birlashmalar: diniy-ma’naviy uyushmalar, jiddiy va ahamiyatsiz, ochiq va berk, ko‘p kishilik va atigi bir nechta a’zodan iborat birlashmalardir... Shunday qilib, odamlar o‘zlarining umumiy xohish-istaklariga muvofiq bo‘lgan maqsadga bahamjihat erishish san’atida oliy barkamollikka erishdilar va jamoa harakatining mazkur usulini boshqalarga qaraganda ko‘proq qo‘llay boshladilar»25
Fuqarolik jamiyatiga O‘zbekiston Respublikasi Birinchi Prezidenti I.Karimov quyidagicha ta’rif beradi: “Fuqarolik jamiyati - ijtimoiy makon. Bu makonda qonun ustuvor bo‘lib, u insonning o‘z- o‘zini kamol toptirishiga monelik qilmaydi, aksincha, yordam beradi. SHaxs manfaatlari, uning huquq va erkinliklari to‘la darajada ro‘yobga chiqishiga ko‘maklashadi. Ayni vaqtda boshqa odamlarning huquq va erkinliklari kamsitilishiga yo‘l qo‘yilmaydi. Ya’ni erkinlik va qonunga bo‘ysunish bir vaqtning o‘zida amal qiladi, bir-birini to‘ldiradi va birbirini taqozo etadi. Boshqacha aytganda, davlatning qonunlari inson va fuqaro huquqlarini kamsitmasligi lozim. Shuning barobarida barcha odamlar qonunlarga so‘zsiz rioya qilishlari shart”26 «Sivilizatsiya» (lot. «civilis» - «fuqarolik», «davlatga doir») atamasi har xil ma’noda ishlatiladi. Birinchidan, sivilizatsiya - insoniyat rivojlanishida varvarlikdan keyin boshlangan va sinflar, davlat vujudga kelishi, urbanizatsiya va yozuv paydo bo‘lishi bilan tavsiflanadigan tarixiy bosqich.
Ibn Xaldun (1332-1406) o‘z davrida birinchi bo‘lib, sivilizatsiyalarning yuzaga kelishi, rivojlanishi va tanazzuli haqida ilmiy asosslangan g‘oyalarni ilgari suradi. Jumladan madaniyatlar va davlatlarning paydo bo‘lishi, yashashi va inqirozi muayyan tarixiy qonuniyat ekanligini, unga tabiiy geografik va iqtisodiy omillar, turmush tarzi va dunyoqarashlar jiddiy ta’sir ko‘rsatishi mumkinligini aytadi.
I.A.Karimov, «Har qanday sivilizatsiya ko‘pdan ko‘p xalqlar, millatlar, elatlar faoliyatining va samarali tar’sirining mahsulidir. Bir so‘z bilan aytganda, ko‘chmanchilar, bosqinchilar kelib ketaveradi, lekin xalq boqiy qoladi, uning madaniyati abadiy yashaydi»5, deb ta’kidlaydi. Sivilizatsiyalarning tiplari. Noevropacha sivilizatsiyalar ancha kata guruhni tashkil etadi (A.Toynbi tasnifiga ko‘ra, bunday sivilizatsiyalar 21 ta). Bu sivilizatsiyalarning aksariyati betakror tarzda o‘ziga xos va ayni vaqtda, umumiy tipologik jihatlarga ega. Bular evropacha sivilizatsiyadan ancha oldin vujudga kelgan an’anaviy sivilizatsiyalardir. An’anaviy jamiyat juda sust rivojlanadi va mavjud hayot tarzini asrlar va hatto ming yilliklar osha saqlashga qodir. Noevropacha sivilizatsiyalarning xo‘jalik faoliyati qishloq xo‘jalikhunarmandchilik ishlab chiqarishi va texnologiyasining hukmronligiga asoslanadi. An’anaviy sivilizatsiyaning ma’naviy sohasida diniy-mifologik tasavvurlar hukm suradi, ilmiy bilimlarning dastlabki shakllari asosan mavjud faoliyat turlari uchun retseptura vazifasini bajaradi. Noevropacha sivilizatsiyalar evolyusiyasi siklliligi va o‘ziga xos institutlar va normalarga ega bo‘lg an davlat vaqti-vaqti bilan dam kuchayib, dam zaiflashib turishi bilan tavsiflanadi. Bunday jamiyat halokati sivilizatsiya tipini o‘zgartirmaydi, u ijtimoiy vorisiylik mexanizmlari yordamida avloddan-avlodga o‘tadi. Evropacha sivilizatsiya ijtimoiy va madaniy rivojlanishning alohida tipii bo‘lib, u Evropada taxminan XV-XVII asrlarda shakllangan. Uning o‘tmishdoshlari antik dunyo madaniyatlari va Evropa xristiancha an’anasidir. Uyg‘onish davrida bu ikki an’ana sintezi texnogen sivilizatsiyaning teran o‘ziga xosligini va uning texnika va texnologiya jadal sur’atlarda rivojlanishini, odamlar o‘rtasidagi ijtimoiy aloqalar tubdan o‘zgarishini ta’minlagan madaniyatini shakllantirdi. Uning zamirida huquqiy davlatning vujudga kelishi, shaxs o‘z tashabbuskorligi, faolligi va mustaqilligi bilan oliy qadriyat sifatida ijtimoiy hayot markazidan o‘rin olishi yotadi. Odamlar o‘rtasida muloqotning faollashuvi va samarali kommunikatsiya vositalari paydo bo‘lishi texnogen sivili- zatsiyaning o‘ziga xos xususiyatlaridan biridir. Madaniyatda ilmiy oqilonalikalohida o‘ziga xos qadriyat sifatida hukm suradi. Inson tabiatni faol va oqilona tarzda o‘zgartirishiga imkoniyat yaratgan qonunlarning kashf etilishi fanning ustunligini tasdiqlaydi. Unda yangilik va unumdorlik, biluvchi sub’ektning bilimi, erkinligi va mustaqilligini tinimsiz oshirish talablari shakllanadi.
O.Toffler, D.Bell, K.Pekka ishlab chiqarish kuchlarining rivojlanish darajasini tasniflash uchun asos qilib olib, quyidagi sivilizatsiyalarni farqlaydilar: - ilk sivilizatsiya (arxaik, an’anaviy yoki ibtidoiy jamoa);
1   ...   11   12   13   14   15   16   17   18   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling