Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari


Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar


Download 1.31 Mb.
bet29/93
Sana27.02.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1234071
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93
Bog'liq
falsafa 2022 majmua

Tushunchalar o‘rtasidagi munosabatlar
Ob’ektiv dunyodagi barcha predmet va hodisalar o‘zaro aloqada bo‘lganligi uchun ularni aks ettiruvchi tushunchalar ham o‘zaro ma’lum bir aloqalarda, munosabatlarda mavjud. Bu munosabatlar turli xil bo‘lib, ularni aniqlash uchun, avvalambor, taqqoslanadigan va taqqoslanmaydigan tushunchalarni farq qilish lozim.
Taqqoslanadigan tushunchalar umumiy belgilarga ega bo‘lgan, mazmuni va hajmi jihatidan bir-biriga yaqin turgan tushunchalardir. Masalan, «paxtakor» va «dehqon» tushunchalari ana shunday taqqoslanadigan tushunchalar hisoblanadi. Taqqoslanmaydigan tushunchalar esa bir-biri bilan uzoq aloqada bo‘lgan, ko‘p hollarda moddiy yoki ideal bo‘lishdan boshqa umumiy belgiga ega bo‘lmagan predmetlarni aks ettiruvchi tushunchalardir. «Ijtimoiy progress» va «Zuhro yulduzi», «ideal gaz» va «go‘zallik» tushunchalari taqqoslanmaydigan tushunchalar deb hisoblanadi. Mantiqda faqat taqqoslanadigan tushunchalar o‘rtasidagi mantiqiy munosabatlar o‘rganiladi. Taqqoslanadigan tushunchalar esa hajm jihatidan sig‘ishadigan va sig‘ishmaydigan bo‘ladi.
Sig‘ishadigan tushunchalarning hajmi bir-biriga butunlay, to‘laligicha yoki qisman mos keladi. Ular o‘rtasida uch xil munosabat mavjud: moslik, qisman moslik va bo‘ysunish. Moslik munosabatidagi tushunchalar bitta predmetni (predmetlar sinfini) aks ettiruvchi tushunchalar bo‘lib, ular bir-biridan faqat azmuni bilangina farq qiladi.
Qisman moslik munosabatidagi tushunchalarning hajmi qisman umumiylikka ega. Masalan:
A - Sportchi.

  • - Talaba.

Doiralarning shtrixlangan qismi bir vaqtning o‘zida ham sportchi, ham talaba bo‘lganlarni bildiradi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   25   26   27   28   29   30   31   32   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling