Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari


Aniq real ta’rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali ta’riflash; 2) genetik ta’rif


Download 1.31 Mb.
bet35/93
Sana27.02.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1234071
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   93
Bog'liq
falsafa 2022 majmua

Aniq real ta’rifning ikkita asosiy turi mavjud: 1) yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali ta’riflash; 2) genetik ta’rif.
YAqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali ta’riflash real ta’rifning eng ko‘p ishlatiladigan turi bo‘lib, u ikkita bosqichdan tashkil topadi. Birinchi bosqichda aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi. SHu tariqa uning mazmuni qisman ochib beriladi. Ikkinchi bosqichda aniqlanuvchi tushunchaning shu jinsga kiruvchi boshqa tur tushunchalardan farqi aniqlanadi, ya’ni uning tur belgisi ko‘rsatiladi. SHu tariqa mazkur tushuncha mazmunining qolgan qismi ochib beriladi. Masalan, bizning oldimizda «metafora» tushunchasining mazmunini aniqlash vazifasi turibdi, deylik. Bunda, avval aniqlanuvchi tushunchaning yaqin jinsi topiladi: u «so‘z» tushunchasidir. «Metafora so‘zdir» deyish bilan «so‘z» tushunchasi mazmunida fikr qilinadigan muhim belgilarning metaforaga ham tegishli ekanligini ko‘rsatamiz, ya’ni «metafora» tushunchasi mazmunini tashkil etuvchi umumiy belgilarni aniqlaymiz. Ko‘chirma ma’noda ishlatilishi esa, metafora sifatida ishlatilayotgan so‘zning tur belgisi, ya’ni individual belgisi hisoblanadi. Bu tur belgini yaqin jinsga qo‘shib «Metafora ko‘chirma ma’noda ishlatiladigan so‘zdir», degan to‘la ta’rif hosil qilamiz. SHu tariqa eng qisqa yo‘l bilan, ya’ni yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish bilan tushunchaning mazmunini aniqlaymiz.
Genetik ta’rifda aniqlanuvchi tushunchaning mazmuni u ifodalagan predmetning kelib chiqishini ko‘rsatish orqali ochib beriladi. Masalan, «Oksid metallarning kislorod bilan reaksiyaga kirishishi natijasida hosil bo‘lgan kimyoviy birikmadir», degan ta’rif genetik ta’rifga misoldir. Bu ta’rifning mantiqiy tarkibi yaqin jinsi va tur belgisini ko‘rsatish orqali ta’riflash bilan bir xildir.
Ta’riflash ma’lum qoidalarga rioya qilishni talab etadi. Ular quyidagilardan iborat:

  1. ta’rif teng hajmli bo‘lishi kerak, ya’ni aniqlanuvchi tushuncha hajmi bilan aniqlovchi tushunchalar hajmlari yig‘indisi teng bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, ta’rif yo haddan tashqari keng, yo haddan tashqari tor bo‘lib qoladi. Masalan, «Mantiq tafakkurni o‘rganuvchi fandir» - haddan tashqari keng, «Mantiq isbotlash tarkibini o‘rganuvchi fandir» - haddan tashqari tor ta’rifdir;

  2. ta’rif aniq bo‘lishi kerak. Buning uchun obrazli iboralar, mazmuni noaniq so‘zlar ishlatilmasligi lozim. Masalan, «Xayol - uchqur ot», «Davlat dunyoviy ruhning siyosiy jihatdan namoyon bo‘lishidir» (Gegel) degan ta’riflarda bu qoida talablari buzilgan. Ularda chuqur ma’no bo‘lsa-da, tushunchaning mazmuni aniq ochib berilgan emas;

v) ta’rif aylana shaklida bo‘lib qolmasligi kerak. Ta’rif berishda aniqlovchi tushunchaning mazmunini aniqlash uchun aniqlanuvchi tushunchaning o‘ziga murojaat etilsa, ta’rifda aylana hosil bo‘ladi. Masalan, «Mantiq to‘g‘ri fikrlash haqidagi fandir», deyilganda ta’rifda aylana vujudga keladi. CHunki «To‘g‘ri fikrlash nima?» degan savolga, «U mantiq qonun-qoidalariga rioya qilingan holda fikrlashdir», deb javob berishga to‘g‘ri keladi, ya’ni «mantiq» tushunchasiga murojaat qilinadi.
Tavtologiya ham shu qoidaning buzilishi natijasida sodir bo‘ladi. Bunda aniqlanuvchi tushunchadan uning mazmunini ochish uchun foydalanilgan bo‘ladi. Masalan, «Tamagir tamagirlik qiluvchi kishidir», desak, tavtologiyaga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz.
g) Ta’rif iloji boricha inkor shaklida bo‘lmasligi kerak. Aks holda predmetga xos bo‘lgan belgi o‘rniga unda yo‘q bo‘lgan belgi ko‘rsatiladi. Masalan, «Ong moddiy emas», degan ta’rif «ong» tushunchasining mazmunini yaxshi ochib bera olmaydi. Ta’riflashga o‘xshash mantiqiy usullar
Bilish jarayonida ta’riflashga o‘xshash usullar ham ishlatiladi. Ulardan tushunchani ta’riflashning yuqorida biz ko‘rib chiqqan turlarini qo‘llash mumkin bo‘lmay qolganda yoki unga zaruriyat bo‘lmaganda foydalaniladi:
a) ta’riflashga o‘xshash usullardan biri tushunchani unga qarama-qarshi bo‘lgan tushuncha orqali ta’riflashdir. Bu usul bilan odatda kategoriyalar mazmuni ochib beriladi. Masalan, «Ong materiyaning miyamizdagi in’ikosidir»; v) tasvirlashda tushunchaning mazmuni u aks ettiruvchi predmetning ba’zi tashqi belgilarini ko‘rsatish orqali aniqlanadi. Badiiy asarlarda tabiat manzaralarini, personajlarning portretlarini chizish, sodir bo‘lgan birorta voqeaning bayon etilishi tasvirlashga misol bo‘ladi;
s) tavsiflash yordamida predmetning ba’zi bir munosabatdagi muhim tur belgilari ko‘rsatiladi. Bunga misol qilib birorta shaxsga berilgan tavsifnomani ko‘rsatish mumkin.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   31   32   33   34   35   36   37   38   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling