Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari


Download 1.31 Mb.
bet16/93
Sana27.02.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1234071
1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93
Bog'liq
falsafa 2022 majmua

qishloq xojalik-hunarmandchilik sivilizatsiyasi;

  • industrial (sanoatlashgan) sivilizatsiya;

  • hozirgi postindustrial yoki informatsion sivilizatsiya.

    Madaniyat, uning tuzilishi va ijtimoiy funksiyalari. «Madaniyat» atamasi arabcha - «madina» so‘zidan kelib chiqqan bo‘lib, «shahar», degan ma’noni anglatadi. Arablar kishilar hayotini ikki turga ajratib, birini - badaviy yoki sahroyi turmush, ikkinchisini - madaniy turmush, deb ataganlar. Tugab borayotgan Rim imperiyasida, keyinchalik esa, O‘rta asrlarda ham madaniyat tushunchasi shahardagi turmush tarzi va sivilizatsiya ne’matlari bilan bog‘langan. Markaziy Osiyoda madaniyat axloq ko‘rinishida shakllangan. SHu bois, eng qadimgi davrlardan hozirgi kungacha ham yurtimizda ma’naviy madaniyat, go‘zallikka intilish, san’atni qadrlash kabilar ustuvorlik qiladi. Uyg‘onish davrida madaniyat shaxsiy barkamollik belgisi sifatida qaralgan. Shu davrda madaniyatni ma’naviy faoliyatning turli sohalari: vujudga kelayotgan fan, axloq, san’at, falsafa, din bilan bog‘lash odati paydo bo‘lgan. Madaniyat xulq-atvor andozalari majmui sifatida, ma’naviy faoliyat antik an’anasining davomi sifatida e’tirof etilgan. Shu ma’noda madaniyat tushunchasi ijtimoiy-ilmiy muomaladan o‘rin olgan XVIII asrgacha amal qilgan. Ma’rifat davri faylasuflari madaniyatga inson faoliyatining alohida mustaqil va o‘ziga xos jabhasi sifatida qaraydilar. Ularning talqinida, jamiyat va shaxs hayotining barcha sohalarida aql, oqilonalik tamoyillarining qaror topishi madaniyatning eng muhim jihatidir. Aqlning vazifasi insoniyat oldiga umumiy ahamiyatga ega bo‘lgan maqsadlarni qo‘yish va ijtimoiy o‘zgarishlarni o‘ziga bo‘ysundirishdan iborat. Ma’rifat davrida madaniyat deb hisoblash mumkin bo‘lgan narsalarni saralash mezonlari yaratildi. Madaniy faoliyat intellektual, ijodiy, samarali, novatorlik ruhi bilan sug‘orilgan bo‘lishi, ya’ni nafaqat yaratishi, balki inson imkoniyatlari sohasini tinimsiz kengaytirishi lozim edi. Ammo, madaniyatning asl mohiyati, uning o‘ziga xosligi inson aqlining mutlaq erkinligi sifatidagi ma’naviy faoliyat doirasi bilangina cheklanardi.
    Madaniy faoliyat. Madaniyat - inson dunyosi, faqat unga xos faoliyat usuli bo‘lib, uni amalga oshirish jarayonida odamzod o‘zi yaratayotgan narsalarga ruh baxsh etadi, tabiatni, o‘zi yashaydigan muhitni insoniylashtiradi. Madaniy faoliyat ongli va qadriyatlarga qaratilgandir. Unda me’yorlarga rioya qilish va ularda nisbatan mustaqillik, maqsadga muvofiqlik va noutilitarlik o‘zining uyg‘un ifodasini topadi. Madaniy faoliyat umuminsoniy ideallar va qadriyatlarni etnik yoki mintaqaviy shaklda aks ettiradi. Madaniyat jabhasida inson faoliyati uning ehtiyojlari bilan belgilanadi, lekin faqat ularga bog‘liq bo‘lmaydi. Unda maqsadga erishish uchun zarur bo‘lgan elementlar ham, ortiqcha unsurlar ham mavjud. Ortiqchalik tushunchasi, madaniyat hodisalarida, ularning ma’naviy mazmunini amalda gavdalantirish uchun talab etiladigan vositalarning zarur darajasidan ortiqroq elementlar mavjudligini anglatadi. Madaniyatda utilitar maqsadga muvofiqlik mezoni bilan o‘lchash mumkin bo‘lmagan muhim qadriyatlar yaratiladi. Garchi madaniyat biologik, fizik, ijtimoiy, texnik-iqtisodiy va boshqa shunga o‘xshash omillarga ta’sirchan bo‘lsa-da, ular madaniyatda o‘zining variativ - ko‘p ma’noli ifodasini topadi. Bu madaniyatda erkinlik hamda butunlay yangi predmetlilikni yaratish imkoniyatlari mavjudligidan dalolat beradi.
    Madaniyat funksiyalari. Ijtimoiy hodisa sifatida madaniyat ko‘p sonli funksiyalarni bajaradi. U insonning bilish faoliyatini o‘z ichiga oladi, ijtimoiy tajribani avlodlarga qoldirish va boshqa

    xalqlar madaniyatini o ‘zlashtirish vositasi sifatida informativ funksiyani bajaradi. Madaniyatning rivojlanishi u boshqa madaniyatlar bilan aloqa qilishini taqozo etadi.
    Madaniyat normativ funksiyani ham bajaradi: u muayyan sivilizatsiyada shakllangan me ’yorlarni amalga joriy etadi, shuningdek, o‘z me ’yorlari va qadriyatlarini yaratib, ularni inson hayoti va faoliyatining barcha jabhalariga tatbiq etadi.
    Ijtimoiy-madaniy jarayonda davlat hayoti qadriyatlari muhim ahamiyat kasb etadi: ideokratik, teokratik yoki siyosiy davlat boshqa-boshqa madaniy mo‘ljallarga tayanadi. Davlat o‘z negizini mustahkamlaydigan me’yorlarning ustunligini ta’minlaydi va o‘ziga tahdid solishi mumkin bo‘lgan me’yorlarni siqib chiqaradi. O‘z navbatida, madaniyat ham ijtimoiy tajribani saralash, uni ramziy tizimlarda mustahkamlashni amalga oshiradi.

    Download 1.31 Mb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   ...   12   13   14   15   16   17   18   19   ...   93




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling