Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari


Tushunchani chegaralash amalining tuzilmasi quyidagicha


Download 1.31 Mb.
bet32/93
Sana27.02.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1234071
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93
Bog'liq
falsafa 2022 majmua

Tushunchani chegaralash amalining tuzilmasi quyidagicha:
A - Harakat.

  • - Mexanik harakat.

S - Aylanma harakat.
D - Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi.
Tushunchani umumlashtirish hajmi tor tushunchadan hajmi keng tushunchaga (tur tushunchadan jins tushunchaga) fikran o‘tishdan iborat. Bunda berilgan tushuncha tur tushuncha deb qabul qilinib, uning mazmunidan tur hosil qiluvchi belgilar chiqarib tashlanadi. Natijada mazmun jihatidan unga nisbatan torroq, lekin hajmiga ko‘ra kengroq bo‘lgan jins tushuncha hosil bo‘ladi. Masalan, «aylanma harakat» tushunchasi mazmunidan faqat ungagina xos bo‘lgan tur belgilarni chiqarib tashlasak, «mexanik harakat» tushunchasini hosil qilamiz. Umumlashtirish amalining chegarasi eng umumiy tushuncha, ya’ni kategoriyadir. CHunki kategoriyalar uchun jins bo‘lgan tushuncha yo‘q.
Tushunchani umumlashtirish amalining tuzilmasi quyidagicha:
A - Erning o‘z o‘qi atrofida aylanishi.

  • - Aylanma harakat.

S - Mexanik harakat.
D - Harakat.
Tushunchani chegaralash va umumlashtirish amallari kundalik hayotimiz va ilmiy bilishda keng qo‘llaniladi. Xususan, barcha kategoriyalar, ular yordamida ifodalanadigan nazariy qonunlar, g‘oyalar, nazariyalar mavjud empirik tushunchalarni, empirik qonunlarni umumlashtirish natijasida hosil bo‘ladi. Umumlashtirish muhokama yuritish jarayonida induktiv xulosa chiqarish usulida yaqqol ifodalangan bo‘ladi. Tushunchalarni umumlashtirishsiz fanning fundamental tushunchalarini yaratib bo‘lmaydi; mavjud bilimlarni tizimga solish qiyin va umuman, fan taraqqiy eta olmaydi.
Tushunchalarni chegaralash amali esa, yaratilgan umumiy bilimlarni (nazariy tushuncha, g‘oya, nazariya va shu kabilarni) talqin etishda ishlatiladi. Masalan, Nyuton mexanikasidagi «Inersiya» tushunchasi Galiley nazariyasidagi «Erkin tushish» tushunchasi yordamida tushuntirilishi mumkin.
Tushunchaning hajmini unda aks etgan predmetlarni ayrim guruhlarga (ayrim predmetlarga) ajratish yo‘li bilan aniqlashga tushunchani bo‘lish deyiladi. Bo‘lish amalini bo‘linuvchi tushuncha (hajmi aniqlanishi lozim bo‘lgan tushuncha), bo‘lish asosi (predmetning tushunchada fikr qilinadigan birorta umumiy belgisi) va bo‘lish a’zolari (bo‘lish natijasida hosil qilinadigan tur tushunchalar) tashkil etadi. Masalan, «inson»larni (bo‘linuvchi tushuncha) jinsiga ko‘ra, (bo‘lish asosi) erkak va ayollar (bo‘lish a’zolari)ga ajratish yo‘li bilan uning hajmi aniqlanadi. Bo‘linuvchi tushuncha - jins tushuncha, bo‘lish a’zolari - tur tushunchalar bo‘lib, ular o‘zaro birga bo‘ysunish munosabatidadirlar.
Tushunchalarni bo‘lish amalini predmetlarni qismlarga ajratishdan farq qilish lozim. Masalan, avtomobilni kuzov, shassi, dvigatel va shu kabilarga ajratsak, uni qismlarga bo‘lgan bo‘lamiz. Predmetning qismi predmetning umumiy belgilariga ega bo‘lmasligi mumkin. SHuning uchun ham «Kuzov avtomashinadir», degan mulohaza hosil qilsak, u xato bo‘ladi. Agar «Avtomobil» tushunchasini «Engil avtomobil», «YUk tashuvchi avtomobil» tushunchalariga ajratsak, uni bo‘lgan bo‘lamiz.
Bo‘lishning ikkita turi mavjud: asos bo‘lgan belgining o‘zgarishiga qarab bo‘lish va dixotomik bo‘lish. Birinchi turida predmetning birorta umumiy belgisi bo‘lish uchun asos qilib olinib, uning o‘zgarishiga muvofiq holda predmetlarning ayrim guruhlari aniqlanadi. Masalan, burchakning o‘zgarishiga qarab «uchburchak» tushunchasi uchta tur tushunchaga: «to‘g‘ri burchakli uchburchak», «o‘tmas burchakli uchburchak», «o‘tkir burchakli uchburchak»larga ajratiladi. Bo‘lish asosi qilib bo‘linuvchi tushunchaning mazmunida fikr qilinadigan har qanday umumiy belgini olish mumkin. Masalan, «uchburchak» tushunchasini tomonlariga qarab «teng tomonli uchburchak», «teng yonli uchburchak», «turli tomonli uchburchak» tushunchalariga ajratish mumkin.
Tushunchaning qaysi belgisini bo‘lish asosi qilib olish bo‘lishda hal qilinishi lozim bo‘lgan vazifaga bog‘liq. Lekin qanday vazifani hal qilishdan qat’i nazar, bo‘lish o‘zining ob’ektiv asosiga ega bo‘lishi lozim, ya’ni bo‘lish asosi bo‘lgan belgi predmetning umumiy belgisi bo‘lishi shart.
Dixotomik bo‘lish bo‘linuvchi tushunchani o‘zaro zid bo‘lgan ikkita tur tushunchaga ajratishdan iborat. Masalan, barcha kishilarni «dindorlar» va «dindor emaslar»ga ajratsak, dixotomik tarzda bo‘lgan bo‘lamiz. Dixotomik bo‘lish bir qator qulayliklarga ega. Xususan, bunda biz bo‘linuvchi tushunchaning barcha turlarini ko‘rsatib o‘tirmasdan, o‘zimizga kerakligini ajratamiz, qolganlarini unga zid bo‘lgan tushunchaga birlashtiramiz. SHu bilan birga dixotomik bo‘lish ma’lum bir kamchiliklarga ham ega. Masalan, inkor tushunchaning hajmi noaniq bo‘ladi. Undan tashqari, dixotomik bo‘lishdan faqat bir marta foydalangandagina kutilgan maqsadga erishish mumkin. Agar, bo‘lish a’zolaridan biri, ayniqsa, inkor tushunchani o‘z navbatida bo‘linuvchi tushuncha deb qabul qilib, bo‘lish amalini davom ettirsak, xato natijalar kelib chiqishi mumkin.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   28   29   30   31   32   33   34   35   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling