Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari


Bo‘lish amali to‘g‘ri borishi uchun ma’lum bir qoidalarga rioya qilish kerak. Ular bo‘lish qoidalari deb ataladi


Download 1.31 Mb.
bet33/93
Sana27.02.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1234071
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   93
Bog'liq
falsafa 2022 majmua

Bo‘lish amali to‘g‘ri borishi uchun ma’lum bir qoidalarga rioya qilish kerak. Ular bo‘lish qoidalari deb ataladi.

  1. Bo‘lish teng hajmli bo‘lishi, ya’ni bo‘lish a’zolari hajmlarining yig‘indisi bo‘linuvchi tushuncha hajmiga teng bo‘lishi kerak. Bu qoida buzilsa, bo‘lish to‘liqsiz yoki ortiqcha bo‘lib qoladi. Birinchi xil xatoda ba’zi bo‘lish a’zolari ko‘rsatilmay qoladi. Masalan, «fe’l zamonlari» tushunchasini «o‘tgan zamon fe’li» va «hozirgi zamon fe’li» tushunchalariga ajratsak, ana shunday xato ro‘y beradi. CHunki «kelasi zamon fe’li» tushunchasi qolib ketgan. Ikkinchi xil xatoda esa ortiqcha bo‘lish a’zosi ko‘rsatilgan bo‘ladi. Masalan, «bilish» tushunchasini «hissiy bilish», «tafakkur», «nazariy bilish»ga ajratib bo‘lmaydi. CHunki «nazariy bilish» bu erda ortiqchadir.

  2. Bo‘lish bir asos bo‘yicha amalga oshirilishi lozim. Boshqacha aytganda, asos qilib olingan belgi bo‘lish davomida boshqa belgi bilan almashtirilmasligi zarur. Masalan, «Qonun» tushunchasini «Tabiat qonuni», «Jamiyat qonuni», «Bilish qonuni», «Statistik qonun», «Dinamik qonun» tushunchalariga bo‘lsak, xato qilgan bo‘lamiz. CHunki bu erda bo‘lish asosi bir emas, ikkita. Birinchi uchta bo‘lish a’zosi qonunning amal qilish sohasi bo‘yicha, qolgan ikkitasi qonun ifoda qiluvchi hodisalar xarakteri bo‘yicha ajratilgan. Bu bilan bo‘lishdagi izchillik yo‘qolgan.

V. Bo‘lish a’zolari hajmi bo‘yicha bir-birini istisno qilishi kerak. Buning uchun ular birga bo‘ysunish munosabatidagi tushunchalar bo‘lishi kerak. Agar «Bino» tushunchasini «Bir qavatli bino», «Ko‘p qavatli bino», «Osmono‘par bino» tushunchalariga bo‘lsak, xatoga yo‘l qo‘ygan bo‘lamiz. CHunki «Ko‘p qavatli bino» tushunchasi bilan «Osmono‘par bino» tushunchasi bir -birini hajmi bo‘yicha istisno qilmaydi.
G. Bo‘lish uzluksiz holda amalga oshirilishi, unda «sakrash» bo‘lmasligi kerak. Buning uchun jins tushunchaga eng yaqin bo‘lgan bir tartibdagi tur tushunchalar olinmog‘i lozim. Masalan, «Gap» tushunchasini «Sodda gap», «Ergashgan qo‘shma gap», «Bog‘langan qo‘shma gap» tushunchalariga ajratsak, bo‘lishdagi izchillik yo‘qoladi. Bunda oxirgi ikkita bo‘lish a’zosi «qo‘shma gap» tushunchasining turlaridir. Demak, «sakrash» hodisasi ro‘y bergan.
Tasniflash (turkumlash, klassifikatsiya) tushunchalarni bo‘lishning alohida turidir. Tasniflash predmetlarni ma’lum bir turlarga (kichik sinflarga yoki ayrim predmetlarga) ajratishdan iborat bo‘lib, bunda har bir tur boshqalariga nisbatan o‘zining aniq va qat’iy o‘rniga ega. Tasniflash natijalari har xil jadvalla r, tuzilmalar, grafiklar, kodekslar va shu kabilarda o‘z aksini topadi.
Mantiqda sun’iy va tabiiy tasniflar farq qilinadi. Sun’iy tasnif predmetlarning birorta umumiy belgisiga ko‘ra amalga oshiriladi. Unga misol qilib kutubxonadagi kitoblar katalogini ko‘rsatish mumkin. Tabiiy tasnifni amalga oshirish uchun bo‘lish asosi qilib predmetlarning birorta muhim belgisini olish kerak. Ana shuning uchun ham u predmetlarning ayrim muhim xossalari haqida fikr yuritish, qonuniy bog‘lanishlarini aniqlash imkonini beradi. Bunga Mendeleevning kimyoviy elementlar davriy jadvali, Darvinning jonli tabiat predmetlari tasnifi misol bo‘la oladi.

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   29   30   31   32   33   34   35   36   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling