Ijtimoiy-gumanitar va mutaxassislik fanlari


MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar O‘quv portfoliosi


Download 1.31 Mb.
bet77/93
Sana27.02.2023
Hajmi1.31 Mb.
#1234071
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93
Bog'liq
falsafa 2022 majmua

MUSTAQIL TA’LIM MASHG’ULOTLARI Talaba portfoliosini yaratish bo‘yicha tavsiyalar O‘quv portfoliosi
Hozirgi kunda oliy ta’limda foydalanilayotgan talabalar bilimini baholash test reyting tizimiga asoslangan bo‘lib, talaba bilimini baholashda asosiy hal qiluvchi shaxs fan o‘qituvchisi hisoblanadi. Albatta reyting tizimining o‘ziga xos ijobiy tomonlari ko‘p. Lekin, shu bilan bir qatorda kamchiliklardan ham xolis emas. Ushbu kamchiliklarga asosan quyidagilarni keltirishimiz mumkin:
S talaba bilimi, uquvi va malakasi bir tomonlama, ya’ni faqat fan o‘qituvchisi tomonidan baholanadi;
S baholashda talabaning faqat muayyan fan bo‘yicha bilimi hisobga olinadi;
S talabaning umumiy va kasbiy nutq madaniyatini shakllanishiga to‘sqinlik qiladi;
S bo‘lajak kadrda kasbiy kompetentlikni shakllanganlik darajasini to‘liq aniqlash imkoniyati cheklangan;
S oliy o‘quv yurtidagi o‘quv davri yakuni bo‘yicha aniqlangan umumiy ball ish beruvchilarga tayyorlangan kadrning sifati to‘g‘risida to‘liq xulosa bermaydi;
S talabaning umumiy reyting balini aniqlashda uning boshqa sohalarda erishgan yutuqlarini hisobga olish imkoniyati kam;
S bitiruvchiga tayyor kadr sifatida o‘z-o‘ziga ishonch, o‘z imkoniyatlari, qobiliyatlari va kasbiy kompetentlikga tayyorligi to‘g‘risida o‘zi xulosa chiqarishiga asos yaratmaydi;
S talabada refleksiya qobiliyatini hosil bo‘lishiga to‘liq sharoit yaratmaydi.
Yuqoridagilarni hisobga olgan holda, xalqaro ta’lim tizimidagi innovatsion o‘zgarishlar, rivojlangan davlatlar ta’lim tizimidagi ijobiy, zamonaviy pedagogik texnologiyalarga tayangan holda talabalarda umummadaniy, umumkasbiy va kasbiy kompetentlikni shakllantirishga yo‘naltirilgan o‘quv, o‘quv- uslubiy, ilmiy va o‘qishdan tashqari faoliyat natijalarini to‘g‘ri baholashga yo‘naltirilgan nazorat qilish va baholashning innovatsio n shakllaridan foydalanish «Kadrlar tayyorlash milliy dasturi» talablari asosida raqobatbardosh kadrlar tayyorlash maqsadiga muvofiq hisoblanadi.
Talabaning oliy o‘quv yurtidagi barcha turdagi faoliyatlarini nazorat qilish va baholashning innovatsion texnologiyalaridan biri sifatida «Talaba portfoliosi» etakchi o‘rin egallaydi. Ushbu

texnologiya ayniqsa rivojlangan g‘arb davlatlari oliy ta’lim tizimida keyingi yillarda keng qo‘llanilmoqda. Rossiyada esa 2003 yildan e’tiboran ta’lim tizimining barcha bosqic hlarida, jumladan boshlang‘ich ta’lim, umumiy o‘rta ta’lim, kasbiy ta’lim va oliy ta’limda joriy etilgan.
«Portfolio» faoliyatning turli yo‘nalishlari bo‘yicha talabaning shaxsiy yutuqlarini tasdiqlovchi hujjatlar majmuidir. Portfolioni yaratish talabaning ijodiy faoliyati hisoblanib, unga turli xil soha (o‘quv, ilmiy—izlanish, sport, ijodiy, ijtimoiy va b.) bo‘yicha faoliyat natijalari oliy o‘quv yurtida o‘qish jarayoni davrida talaba tomonidan kiritiladi.
Portfolioni yaratishdan asosiy maqsad talabaning oliy o‘quv yurtidagi o‘qish jarayoni davrida erishgan yutuqlari to‘g‘risidagi daliliy hujjatlarni to‘plash va saqlashdan iborat. Portfolio nafaqat talabaning ta’lim sohasidagi faoliyati natijalarini o‘zi tomonidan baholashning samarali shakli bo‘lib qolmasdan, quyidagilarga imkoniyat tug‘diradi:

Download 1.31 Mb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   73   74   75   76   77   78   79   80   ...   93




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling