Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning davolanish xarajatlarini qoplab berish to‘g‘risida


Download 21.41 Kb.
Sana28.07.2023
Hajmi21.41 Kb.
#1663254
Bog'liq
Даволаниш буйруқ Янгибозор (2)




Ijtimoiy himoyaga muhtoj yoshlarning davolanish xarajatlarini
qoplab berish to‘g‘risida

O‘zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining 2021-yil 29-iyundagi


400-son qarori bilan tasdiqlangan O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligining Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi mablag‘larini shakllantirish va ulardan foydalanish tartibi to‘g‘risidagi nizomning 6-bandi o‘ninchi xatboshi, Yoshlar ishlari agentligi hay’atining 2023-yil 8-iyundagi 01-06/10-sonli yig‘ilish bayoni hamda Yoshlar ishlari agentligi direktorining
2023-yil 8-iyundagi 01-09/94-sonli farmoyishining ijrosini ta’minlash maqsadida


BUYURAMAN:

1. Yoshlar ishlari agentligi direktorining 2023-yil 8-iyundagi 01-09/94-sonli farmoyishi rahbarlik va ijro uchun qabul qilinsin.


2. Ijtimoiy himoyaga muhtoj 3 nafar yoshlarni davolanish xarajatlarini qoplab berish maqsadida O‘zbekiston Respublikasi Yoshlar ishlari agentligi tomonidan Yoshlar ishlari agentligi Xorazm viloyat boshqarmasi “Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi (4010…2) hisob raqamiga 44 960 000 (qirq to‘rt million to‘qqiz yuz oltmish ming) so‘m mablag‘ o‘tkazib berilganligi ma’lumot uchun qabul qilinsin.
3. Ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash va volontyorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis (B.Qo‘chqarov) ijtimoiy himoyaga muhtoj 3 nafar yoshlarning yashash sharoitini o‘rganib chiqsin.
4. Ijtimoiy himoyaga muhtoj 3 nafar yoshlarni davolanish xarajatlarini qoplab berish bilan bog‘liq sarf-xarajatlar smetasi ilovaga muvofiq tasdiqlansin.
5. Bosh hisobchi (J.Yusupov) ijtimoiy himoyaga muhtoj 3 nafar yoshlarning davolanish xarajatlari uchun ajratilgan mablag‘larni Yoshlar ishlari agentligi Yangibozor tumani bo‘limi “Yoshlarga oid davlat siyosatini qo‘llab-quvvatlash jamg‘armasi” hisob raqamiga o‘tkazish choralarini ko‘rsin.
6. Yoshlar ishlari agentligi Yangibozor tuman bo‘limi (G.Egamberganova)ga ijtimoiy himoyaga muhtoj 3 nafar yoshlarning davolanish xarajatlarini qoplab berish maqsadida ilovaga muvofiq tegishli tibbiyot muassasalaring hisob raqamlariga va davolashga muhtoj yoshlaming bank plastik kartalariga o‘tkazilishini ta’minlasin
7. Ta’lim muassasalarida yoshlar bilan ishlash va volontyorlik faoliyatini rivojlantirish bo‘yicha bosh mutaxassis (B.Qo‘chqarov) amalga oshirilgan ishlar yuzasidan hisobotlarni Yoshlar ishlari agentligi markaziy apparati va boshqarma boshlig‘iga kiritsin.
8. Ushbu buyruq ijrosini nazorat qilishni o‘z zimmamda qoldiraman.
Boshqarma boshlig‘i S.Palvanov

Yoshlar ishlari agentligi


Xorazm viloyati boshqarmasi boshlig‘ining
2023-yil _____-iyundagi _________-son buyrug‘iga
ilova

Ijtimoiy himoyaga muhtoj 3 nafar yoshlarning davolanish xarajatlarini qoplab berish bilan bog‘liq sarf-xarajatlari
SMETASI


T/r.

F.I.O.

Kasallik turi

Ijtimoiy holati

Yordam turi

Yashash manzili

Ajratiladigan mablag‘
(so‘m)

1.

Bekmuratova Moxinur Azamat qizi

Bosh miya falaji

Nogironligi bo‘lgan yosh

Davolanish xarajatlari uchun

Xorazm viloyati (Yangibozor tumani)

15 000 000

2.

Achilova Mehribon Maqsud qizi

Mielodis plastik sindrom

Ijtimoiy himoyaga muhtoj yosh

Davolanish xarajatlari uchun

Xorazm viloyati (Yangibozor tumani)

15 000 000

3.

Tojiboyev Maqsadbek Murod o‘g‘Ii

Qon tomirlarida tromp yig‘ilishi

Nogironligi bo‘lgan yosh

Davolanish xarajatlari uchun

Xorazm viloyati (Yangibozor tumam)

14 960 000

Jami







3 500 000






Viloyat boshqarmasi
bosh hisobchisi J.Yusupov

Xo‘jalik ishlari mudiri A.Raximov

Viloyat boshqarmasi
bosh mutaxassisi B.Qo‘chqarov


Tayyorladi B.Qo‘chqarov


Kelishildi:

Boshqarma boshlig‘i o‘rinbosari F.Baltayev


Yuriskonsult I.Yusupov


Bosh hisobchi J.Yusupov
Download 21.41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling