aniqlik (nutq aniq bo‘lishi kerak);
to‘g‘rilik (o‘quvchilar she’rni yot oldi emas, o‘quvchilar she’rni yod oldi.);
tushunarlilik (nutq mujmal bo‘lmasligi kerak);
ravonlik;
soddalik;
tozalik;
joziba (ta’sirli so‘zlash).
2-DARS. DUNYO TILLARI
Hozirgi kunda yer yuzida 3000 dan ortiq (ayrim manbalarda 7000 ga yaqin) til mavjud. Bir-biriga yaqin, umumiy jihatlari ko‘p bo‘lgan tillar qarindosh tillar deb yuritiladi. Masalan, o‘zbek, turk, qozoq, ozarbayjon, turkman tillari. Aksincha, bir-biriga yaqin bo‘lmagan tillar qarindosh bo‘lmagan tillar deyiladi. Masalan, o‘zbek va rus tili.
Til oilasi – bir tildan tarqalgan deb taxmin qilinuvchi, tuzilishi va boshqa xususiyati bir-biriga yaqin va o‘xshash bo‘lgan tillar yig‘indisi. Yer yuzida 20 ga yaqin til oilalari bor. Til oilalari o‘z ichida til turkumlariga ajraladi.
Shunga ko‘ra, dunyodagi tillar kelib chiqishi, lug‘aviy va grammatik jihatlari yaqinligiga qarab bir necha til oilalariga bo‘linadi. Bir til oilasiga asos bo‘lgan til bobo til deb yuritiladi.
HIND-YEVROPA oilasi:
Hind turkumi: hind, urdu, bengal, panjob, gujarat va h. k.
Eron turkumi: fors, afg‘on, asetin, kurd, tojik va h. k.
Slavyan turkumi: rus, ukrain, belarus, chex, slovak, polyak, serb, makedon, bolgar, xorvat va h. k.
Boltiq turkumi: litva, latish, latgal.
German turkumi: dat, shvet, norveg, island, ingliz, golland, nemis, yangi yahudiy tili.
Roman turkumi: fransuz, provansal, italyan, ispan, portugal, rumin, moldovan va o‘lik lotin tili.
Kelt turkumi: irland, shotland, breton, uels.
Anatoli turkumi: o‘lik.
Do'stlaringiz bilan baham: |