Ijtimoiy hodisa


Download 451.19 Kb.
bet1/49
Sana27.06.2023
Hajmi451.19 Kb.
#1657197
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shaklla


N URADDIN RAXMANOV ABITURIYENTLAR UCHUN QO‘LLANMA



1-DARS. TIL HAQIDA UMUMIY MA’LUMOT
Til ayrim shaxsga emas, balki jamiyatga xizmat qiladi. Shuning uchun til ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shakllantirilib, rivojlantirilib boriladi.


Til birliklari

Matn

Tovush


Gap

Qo‘shimcha


So‘z birikmasi

So‘z

Tilda ro‘y bergan o‘zgarishlar dastlab jamiyatda yuz bergan bo‘ladi va bu o‘zgarishlar hammadan ko‘proq tilning lug‘at boyligida, ya’ni leksikologiyada o‘z ifodasini topadi. Tildagi nutq tovushlari, tilning grammatik qurilishi (gap bo‘laklarining joylashishi), so‘z turkumlari tizimi uzoq vaqtlargacha o‘zgarmasligi mumkin, ammo tildagi so‘zlar tez-tez o‘zgarib turadi.




O‘zgargan so‘zlar


Eski variant Yangi variant
Oblast Viloyat
Rayon Tuman
Ekspress Tezyurar


§ Til va nutq

Tilni xalq yaratadi, nutq esa biron bir shaxsga taalluqli bo‘ladi. Til – aloqa quroli. U odamlar bir-biri bilan muloqotga kirishishida vosita bo‘lib xizmat qiladi. Nutq esa ana shu aloqa jarayonini amalga oshiradi. Tilning umri uzoq, nutqniki qisqa. Tilning xizmat doirasi juda keng, hajmi o‘lchovsiz bo‘ladi. Nutq esa aniq, hajmli, shaklli bo‘ladi. Yakka shaxsning ko‘pchilikka aytgan nutqi monolog deyilsa, ikki shaxs o‘rtasidagi nutq dialog deyiladi. Bir necha shaxslar orasida yuz beradigan nutq esa polilog deb ataladi. Tilning qonun-qoidalari uzoq yillar davomida saqlanib qoladi, silliqlashadi va boyib boradi. Nutq esa doim o‘zgarishda bo‘ladi, vaziyatga yoki nutq a’zolarining faoliyatiga qarab so‘zning tovush tomoni o‘zgaradi. Nutq so‘zlovchining mavqeyiga, saviyasiga, uslubi va o‘rniga qarab har xil bo‘ladi. Nutqimiz 2 xil shaklda:


a) og‘zaki nutq (yoki muomala tili): suhbat, ma’ruza, radio, telefon, uy, oilada ishlatiladi.


b) yozma nutq: gazeta, jurnal, xat, yozishmalarda ishlatiladi.


Nutqning bosh fazilati va eng muhim belgilari:
  1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling