Ijtimoiy hodisa


sheva: keldi-galdi, tom-uchak, shunday qilib-shuytib, doda-bobo; so‘zlashuv nutqi


Download 451.19 Kb.
bet5/49
Sana27.06.2023
Hajmi451.19 Kb.
#1657197
1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49
Bog'liq
Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shaklla

sheva: keldi-galdi, tom-uchak, shunday qilib-shuytib, doda-bobo;

  • so‘zlashuv nutqi: Hov oka, manga qareng, shahar bedarvozamas, tushundizmi?;

  • jargonlar: olampanoh, padari buzrukvor, volidayi muhtarama;

  • vulgarizm (so‘kish, qarg‘ash): ko‘zginang o‘yilgur, bo‘yginang lahadda chirigur, yer yutkur va h. k.;

  • varvarizm (chetdan kirgan so‘zlar): karoche, itak, uje, tak chto, bratishka, brat, pochti, davno, konets, ujas, mamulya va h. k.



    Adabiy til – milliy tilning adabiy qoidalariga bo‘ysundirilgan, muayyan qolipga solingan, olimlar, san’atkorlar, mutaxassislar tomonidan ishlov berilgan, doim silliqlashtirilib, mukammallashtirilib boriladigan til shaklidir.

    Adabiy tilning 2 xil shakli mavjud: og‘zaki va yozma.




    Sheva – bir millatga mansub bo‘lib, lekin turli hududlarda yashaydigan odamlar tomonidan ishlatiladigan milliy til ko‘rinishidir. Shevaning faqat og‘zaki shakli mavjud.


    Shevaning adabiy tildan farqi


    Sheva Adabiy til

    Fonetik (tovush) farqi: poshta pochta


    Leksik (so‘z) farqi: zanggi narvon
    Grammatik (qo‘shimcha) farqi: kelvotti kelyapti
    Lahja – shevalarning bir-biriga yaqin bo‘lgan guruhlaridir.

    LAHJALAR




    O‘G‘UZ

    QIPCHOQ

    QARLUQ

    QIPCHOQ lahjasi (SHIMOLIY-G‘ARBIY guruh). Bu lahja o‘z ichiga O‘zbekistonning barcha viloyat shevalarini o‘z ichiga olib, bu lahja vakillari, asosan, qishloqlarda istiqomat qiladi.


    Belgilari:

    • y” harfi o‘rniga “j” harfi ishlatiladi: yo‘l-jo‘l, yo‘q-jo‘q, yaxshi-jasqi va h.k;

    • g‘” o‘rnida “v” ishlatiladi: tog‘-tov, sog‘-sov va h. k;

    • so‘z oxirida “k” va “q” harflari tushib qoladi: quruq-quri, sariq-sari.


    • Download 451.19 Kb.

      Do'stlaringiz bilan baham:
  • 1   2   3   4   5   6   7   8   9   ...   49




    Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
    ma'muriyatiga murojaat qiling