jo‘nalish kelishigini olgan kishilik olmoshlari boshqa shaklda aytiladi: menga-mag‘an, senga-sag‘an, unga-o‘g‘on;
hozirgi zamon fe’li -jotir, -votir qo‘shimchalari bilan yasaladi: senga aytyapman-sag‘an aytvotirman, aytyapman-aytib jotirman.
QARLUQ lahjasi (JANUBIY-SHARQIY guruh). Bu lahja, asosan, shahar shevalarini o‘z ichiga oladi. Masalan, Toshkent, Andijon, Farg‘ona, Namangan, Samarqand, Buxoro, Qarshi va h. k.
Belgilari:
so‘z oxirida “k” tovushi “y” tarzida talaffuz qilinadi: elak-elay, terak-teray va h. k;
“o”lashish kuchli: aka-oka, nahor-nohor;
qaratqich kelishigi yo‘q. Uning o‘rniga tushum kelishigi ishlatiladi: ukamning daftari-ukamni daftari;
hozirgi zamon qo‘shimchasi –yapti, -votti, -utti shakllariga ega: kelyapti, kelvotti, kelutti.
O‘G‘UZ lahjasi (JANUBIY-G‘ARBIY guruh). Janubiy Xorazmdagi Urganch, Xiva, Xonqa, Hazorasp, Qo‘shko‘pir, Shovot tumanlari va bir qancha shevalarni o‘z ichiga oladi.
Belgilari:
unlilar qisqa va cho‘ziq aytiladi: at (hayvon) - aad (ism). Aading kim?
-ga jo‘nalish kelishigi o‘rnida -a, -na ishlatiladi: uyga ketdi-uya getdi, qo‘liga ber-qo‘lina bar;
“t” tovushi “d” tarzida: tog‘-dog‘;
“k” tovushi “g” tarzida: keldi-galdi, ko‘k rang-go‘k rang va h. k.
Hozirgi o‘zbek adabiy tili uchun qarluq lahjasiga kiradigan Toshkent-Farg‘ona shevalari asos qilib olingan. Chunki, bu shevalarda so‘zlashadigan O‘zbekiston aholisi ko‘pchilikni tashkil qiladi. Toshkent shevalari fonetik tomondan, Farg‘ona shevalari esa leksik tomondan asos bo‘lgan.
Adabiy til Toshkent Xorazm Qipchoq shevalarida
tuxum: tuxum yumurtqa mayak
do‘ppi: qalpoq takya qalpaq, takya
chumoli: qumursqa qarindja qumursqa
dovuchcha: dovuchcha dovcha novcha
§ O‘zbek tilining taraqqiyot bosqichlari
O‘zbek tili Oltoy tillar oilasining turkiy tillar turkumiga kiradi. Dunyoda jami 24 xil turkiy til mavjud.
1. QADIMGI TURKIY TIL (mil.avv. davrlar – X asrgacha). Hozirgi barcha turkiy tillar uchun asos bo‘luvchi umumiy (bobo) til. Bu tilda quyidagi asarlar yaratilgan:
qadimgi xalq og‘zaki ijodi namunalari;
O‘rxun-Enasoy yodgorliklari (VI-VII asrlar);
“Avesto” (mil. avv. VII asr, bundan 2700 yil muqaddam yaratilgan kitob);
“Xuastuanift” (“Moniylar tavbanomasi”) yodgorliklari (V asr).
Qadimgi turkiy til Hozirgi o‘zbek adabiy tili
Biz qo‘rqbadimiz, sungusdimiz Biz qo‘rqmadik, jang qildik.
Neke qo‘rqurbiz? Nimadan qo‘rqamiz?
Turk bodun yoq bolmazun! Bodun bolsun! Turk xalqi yo‘q bo‘lmasin! Xalq bo‘lsin!
2. ESKI TURKIY TIL (XI-XII asrlar tili). Bu til qoraxoniylar davri adabiy tili bo‘lib, Markaziy Osiyodagi barcha turkiy tillarning rivojlanishi uchun asos bo‘lgan til. Bu tilda quyidagi asarlar yaratilgan:
Mahmud Koshg‘ariy. “Devon-u lug‘otit turk”;
Yusuf Xos Hojib. “Qutadg‘u bilig” (“Baxtga eltuvchi bilim”);
Do'stlaringiz bilan baham: |