Ijtimoiy hodisa
Odami ersang demagil odami, Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami
Download 451.19 Kb.
|
Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shaklla
- Bu sahifa navigatsiya:
- § Tasviriy ifoda (PARAFRAZA) Narsa-buyumning nomini aniq atamay, uni tasvirlab anglatadigan so‘z birikmasi tasviriy ifoda
- Afg‘onchi
- Bokschi
- Tuya
- Davlat ustunlari
- Ipak, pilla
- Mehnat
- Paxta
- Traktor
- EVFEMIZM. Qo‘pol, beodob, noqulay
Odami ersang demagil odami, Onikim yo‘q xalq g‘amidin g‘ami. (A. Navoiy)
Til uslub uchun shaxmat taxtasidagi shohdir. (K. Fedin) O‘zbek tili xazinasidagi so‘zlar shu qadar ko‘p va jilovdorki, bu tilda hech qiynalmasdan go‘zal asarlar: she’rlar, qissa va hikoyalar bitish mumkin. (N. Tixonov) § Tasviriy ifoda (PARAFRAZA) Narsa-buyumning nomini aniq atamay, uni tasvirlab anglatadigan so‘z birikmasi tasviriy ifoda deyiladi. Tasviriy ifoda nutqning ta’sirchanligini oshiradi. Tasviriy ifodalar, asosan, ot so‘z turkumiga oid so‘zlardan tashkil topadi. AYRIM PARAFRAZALAR RO‘YXATI Afg‘onchi – baynalmilal jangchi Afsonaviy qush – semurg‘ Archa – o‘rmon malikasi Angren – ko‘mir koni Aqlli mashina – kompyuter Aloqa vositasi – til Asr vabosi – OITS va giyohvandlik Baraka urug‘i – bug‘doy (chigit) Bekobod – metallurglar shahri Boychechak – bahor darakchisi Bokschi – charm qo‘lqop ustasi Bahor – fasllar kelinchagi, uyg‘onish fasli Bahor elchilari – qaldirg‘ochlar Barcha hunarlarning toji – ilm Barcha yomonliklar kaliti – aroq Baxt qushi – Humo Baxt va shodlik kuychisi – Hamid Olimjon Bilim bulog‘i – kitob Bunker – po‘lat etak Tuya – sahro kemasi Tangri so‘zi – Qur’oni karim Televizor – zangori ekran, oynayi jahon Vrachlar – salomatlik posbonlari Xorazm – oltin voha G‘azal mulkining sultoni – Alisher Navoiy Yaylov bahodirlari – cho‘ponlar Davlat bolalari – yetimlar Davlat ustunlari – rahbarlar Dengiz hokimi – kit Ekinning qoni – suv Futbol qiroli – Pele Farg‘ona – yashil vodiy Farzandim – ko‘zimning nuri, qalbim quyoshi Fazogirlar – samo lochinlari Gaz – zangori olov Haqiqat qo‘rg‘oni – sud organi Hayot ko‘zgusi – gazeta Hayotning birinchi bobi – ona Ipak, pilla – kumush tola Insonning do‘sti – it Ishq kuychisi – Mashrab Kitob – bilim manbayi Konstitutsiya – hayotimiz qomusi Ko‘mir, neft – qora oltin Ko‘kning fonusi – oy Kunchiqar mamlakat – Yaponiya Makkajo‘xori – dala malikasi Maktab – ziyo maskani Mehnat – peshona teri Mavjudot sultoni – odam Mehr bulog‘i – ona suti Non shahri – Toshkent Olmaliq – kimyogarlar shahri Oltin boshoq – bug‘doy Oq chashma – sut Oq oltin tog‘lari – paxta uyumlari Osmonning ko‘z yoshlari – yomg‘ir Paxta terish mashinasi – zangori kema Paxta – oq oltin Payg‘ambar yoshi – insonning 63 yoshi Pomir – dunyo tomi Prezident – xalq oqsoqoli Qushlar – qanotli do‘stlar Qalam haqi – gonorar Qo‘shiqlar mamlakati – Hindiston Rassomlar – mo‘yqalam sohiblari Shaxmat, matematika – aql gimnastikasi Sher – hayvonlar podshohi Traktor – dehqonning qanoti, po‘lat ot Yashil qit’a - Avstraliya Yerning yopinchig‘i - osmon Yetti xazinaning biri - parrandachilik Zangori kema – paxta terish mashinasi Zangori shu’la – elektr nuri Zarshunoslar - pillakorlar Cho‘l balig‘i - kaltakesak EVFEMIZM. Qo‘pol, beodob, noqulay so‘z va so‘z birikmalarini so‘zlashuv tiliga xos qulay so‘z birikmalari bilan almashtirish evfemizm deyiladi: o‘ldi (qo‘pol so‘z) – vafot etdi (evfemizm), bo‘g‘oz (qo‘pol so‘z) – homilador (evfemizm), xotin (qo‘pol so‘z) – onasi (evfemizm) TABU. Man etilgan, aynan aytilmaydigan so‘zlardir: gul – chechak, qizamiq; biy – qoraqurt, siyqabosh – kal IDIOMA. O‘z asl ma’nosidan uzoqlashgan so‘z yoki so‘z birikmasidir: Sen so‘ramasang, men so‘raymi, he latta. Majlisda uni rosa terlatishdi. Idiomalarni alohida olganda ham o‘z ko‘chma ma’nolarini saqlayveradi. Download 451.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling