” mavzusida o’qish fanidan yozgan bir soatlik


Download 41 Kb.
Sana16.04.2023
Hajmi41 Kb.
#1359212
Bog'liq
3-Vatan posbonlari


O’ZBEKISTON RESPUBLIKASI
XALQ TA’LIMI VAZIRLIGI


NAMANGAN VILOYATI XALQ TA’LIMI BOSHQARMASI


TO’RAQO’RG’ON TUMANI
XTMFMTTE bo’limiga qarashli
55-umumiy o’rta ta’lim maktabi
boshlang’ich sinf o’qituvchisi
Axmatova Muyassarxonning
““O`zbekiston posbonlari” mavzusida
o’qish fanidan yozgan bir soatlik

DARS ISHLANMASI


Mavzu: “O`zbekiston posbonlari” she`ri Darsning maqsadlari: Ta`limiy maqsad:,,O`zbekiston posbonlari” she`rini o`qish Tarbiyaviy maqsad:,,O`zbekiston posbonlari”she`rini o`qish orqali o`quvchilar qalbida Vatanga muhabbat tuyg`ularini tarbiyalash,Vatan tinchligi, uning sarhadlarini qo`riqlash har bir insonnning burcni ekanini tushuntirish.
Rivojlantiruvchi maqsad:O`quvchilar nutqini, she`rini yod olish ko`nikmasini o`stirish
Dars metodi: Suhbat, tushuntirish.
Dars jihozi: Vatan ramzlari aks etgan rasmlar, testlar, tarqatmalar
Darsning borisni:
1.Darsni tashkil etish. O`quvchilarni darsga tayyorgarligini aniqlash

2. O`tilgan mavzuni so`rash va mustahkamlash



  • Qishda o`lkamiz hayotida qanday o`zgarishlar yuz beradi?

  • Qish fasli haqida qanday asarlar o`qidingiz?

  • Qishning qanday belgilarini bilasiz?

  • Bolalar qanday o`yinlar o`ynaydilar?

  • Qish fasli sizga yoqadimi?

  • Nima uchun yoqadi?

- Qaysi asarda ahillik bilan ish olib borilganligi tasvirlangan?
3. Yangi mavzu:
O`quvcnilar bugundan boshlab ,,Vatan posbonlari’’ bo`limini o`rganishga kirishamiz.Bugungi darsimizda snoir Safar Barnoevning,,O`zbekiston posbonlari “ she`ri bilan tanishamiz.She`rni o`qishdan oldin kirish suhbati o`tkaziladi.Ma`lumki ,mustaqil O`zbekiston davlati o`zining madhiyasi, gerbi, bayrog`I, konstitutsiyasi, valutasiga, shuningdek,Qurolli Kuchlarga ham ega bo`ldi.O`zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari 1992-yil 14- yanvarda tashkil etildi.U O` zbekiston Resp ublikasi Qurolli Kuchlari quruqlikdagi qo`shinlar, Harbiy –havo kuchlari,Havo hujumidan mudofaa qo`shinlari, Maxsusva Milliy gvardiya qo`shinlaridan iboratdir. Armiya O’zbekiston Respublikasi davlat mustaqilligini va hududiy yaxlitligini himoya qilish uchun barpo etilgan.
U xalqimiz tinchligini saqlaydi. Vatanni dushmanlardan himoya qiladi.
4. She’r bilan tanishtirish.

Sher o’qib eshittiriladi. Har bir misra sher ma’nosi tushintirib boriladi.


5. Lug’at ishi.
Posbon- qo’riqchi, soqchi, qoravul.
Bo’lak- boshqalardan farq qiladigan, boshqacha
Taraf-jixat,tomon.
6. Rasm ustida ishlash.
O’quvchilarga rasmda nimalar ifdalaganlini so’zlash topshirig’I beriladi.
7. Sherni o’quvchilarga qaytadan o’qitiladi.Quyidagi savol-topshiriqlar .ga javoblar olinadi.
-O`ylang ,she`rd a nima haqida hikoya qilinadi?.
-Ikkinchi to`rtlikni o`qing.Posbonlar haqida nima deyilgan?
-Uchinchi to`rlikda sarbonlar va posbonlar haqida nima deyilgan?
-She`r muallifi posbonlarga qanday tilak bildiradi?
-Posbon so`zi o`rnida yana qanday so`z ishlatish mumkin?
-Siz posbonlarga qanday tilak bildirar edingiz?
-Vatan himoyachilari kuniga bag`ishlangan tadbirda siz qaysi o`rinni yod aytib berardingiz?
8.O`quvchilarni mantiqiy fikrlashga o`rgatish maqsadida
,,Vatan posbonlari” so`zini tarmoqlash.
Qo`rqmas Jasur
Sog`iom Mard Caqqon
VATAN POSBONLARI

Bola boshidan… Turli harakatli o`yinlar …


Spot bilan….
Jismoniy tarbiya

9. Test bilan ishlash.


1. O`zbekiston Respublikasi qachon mustaqil deb e`lon qilingan?
a) 1991 yil 31 avgust b) 1992 yil 1sentabr d) 1991yi l 1sentabr
2.O`zbekiston Respublikasining Qurolli Kuchlari qachon tashkil etilgan?
a) 1991 yil 2 iyul b)1992 yil 14 yanvar d) 1992yil 10dekabr

3.POsbon so`zining ma`nosi nima?


a)qo`riqchi,soqchi b)sodiq, jasur d)chin do`st


10. O`quvchilarni izohli baholash.




11.Darsga yakun yasash.Uyga vazifa ,,O`zbekiston posbonlari “ she`rini yod olish.
Download 41 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling