ishbay – bajarilgan ishga qarab haq to‘lash
kafolat – ishonch xati
muallif – ixtiro yoki kitob egasi
hakam – arbitor
paychi – aksioner
§ Noadabiy qatlamga oid so‘zlar
Jonli tilda uchraydigan, lekin keng iste’molda qo‘llanmay ayrim shaxslarning fe’l-atvorini, tabiatini ko‘rsatib turadigan so‘zlar, iboralar borki, ularni zarur o‘rinlarda ishlatgan ma’qul: innaykeyin, momoy, boboy, mamulya, bratishka, errayim, xumpar, takasaltang, neudachnik, znachit, mersi va h.k.
Bu qatlamga yana quyidagilar kiradi:
“shaxsiy ijod” so‘zlari
o‘rinsiz og‘izga olinadigan iboralar
argolar
jargonlar
varvarizm
vulgarizm
§ Faol va nofaol lug‘at
FAOL LUG‘AT NOFAOL LUG‘AT
hamma shevalarda bir xil tushuniladi atamalar: ildiz, kesim, fe’l, musbat
non, suv, daryo, o‘g‘il, qiz,maktab, shevaga xos so‘zlar: takya, shoti
o‘rmon, tilla, ertak va h.k. argo: bedana, ment, danap,tanka
jargon: olampanoh, padari buzrukvor
tarixiy so‘zlar: qozi, mirshab
arxaik so‘zlar: adaq, aqru
kinoya: “chaqqonoyim” keldilar.
neologizmlar: audit, investitsiya
So‘zlar ishlatilish doirasiga ko‘ra:
so‘zlashuv uslubiga xos so‘zlar
kitobiy so‘zlar
uslubiy betaraf so‘zlar
So‘zlashuv uslubi Kitobiy uslub
metro metropoliten
tuzuk durust
yasanmoq bezanmoq
attang afsus
o‘yinchi raqqosa
So‘zlashuv uslubida ham, kitobiy uslubda ham bir xil tarzda ishlatiladigan so‘zlar uslubiy betaraf so‘zlar hisoblanadi: suv, tog‘, tosh, dala, maktab va h.k.
18-DARS. O‘ZBEK LEKSIKOGRAFIYASI (LUG‘ATSHUNOSLIK)
Lug‘atlar, avvalo, 2 turda bo‘ladi:
Do'stlaringiz bilan baham: |