Ijtimoiy hodisa


Download 451.19 Kb.
bet40/49
Sana27.06.2023
Hajmi451.19 Kb.
#1657197
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49
Bog'liq
Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shaklla

Antroponimlar – shaxs va ularga qo‘yilgan nomlar: Karim, Lutfulla, Abdulaziz va boshq.
Toponimlar – geografik obyektlarga qo‘yilgan nomlar: Shirmonbuloq, Buvayda, G‘azalkent, Termiz kabi.
Zoonimlar – hayvonlarga atab qo‘yilgan nomlar: Olapar, Bo‘ribosar, To‘rtko‘z, Qoplon kabi.
Gidronimlar – suv havzalariga atab qo‘yilgan nomlar: Kasbiy dengizi, Atlantika okeani, Baykal ko‘li, Niagara sharsharasi va h.k.


§ Arxaizm, tarixiy va yangi paydo bo‘lgan so‘zlar


Arxaizmlar (eskirgan so‘zlar) – o‘tgan davrlarda qo‘llanilib, hozirgi kunda iste’moldan chiqqan so‘zlardir: ashuq – temir qalpoq (dubulg‘a), aqru – sekin, ashu qizil tuproq, fasohat – aql, handasa – geometriya, firqa – guruh, riyoziyot – matematika, cherik lashkar, yovuq – yaqin, pud – 16 kg, qadoq – 450 gr, mashshoq sozanda va h.k.


Tarixiy so‘zlar – yaqin o‘tmishda qo‘llanilib kelgan so‘z, so‘z birikmasi va qo‘shimchalardir. Bu so‘zlarning arxaik so‘zlardan farqi shundaki, tarixiy so‘zlarning ma’nosini tushunsa bo‘ladi va mantiqan hozirgi tilga moslashtirib variantdoshini topish mumkin: ajoyibxona muzey, muxoraba urush, mingboshi – qishloq oqsoqoli, qozi sudya, omoch chizel, amin daha boshlig‘i, paranji – yopinchiq, mirshab militsiya va h.k.


Yangi paydo bo‘lgan so‘zlar (neologizmlar) – bular tilda yangi paydo bo‘lgan so‘zlardir. Bizning davrimizda litsey, kosmodrom, prezident, fermer, konsalting, audit, sammit kabi so‘zlar, XDP, MDX kabi qisqartma so‘zlar yuzaga keldiki, bular yangi so‘zlar, ya’ni neologizmlar deb ataldi. Bular tilimizga 2 xil tarzda kirib keldi:




  1. Download 451.19 Kb.

    Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   36   37   38   39   40   41   42   43   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling