Ijtimoiy hodisa


Tovon I – keltirilgan zararni qoplash uchun olinadigan pul yoki narsa Tovon II


Download 451.19 Kb.
bet37/49
Sana27.06.2023
Hajmi451.19 Kb.
#1657197
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49
Bog'liq
Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shaklla

Tovon I – keltirilgan zararni qoplash uchun olinadigan pul yoki narsa
Tovon II – oyoq kaftining orqa qismi
Tok I – elektr toki
Tok II – uzum o‘simligi
Tol I – daraxt
Tol II – uzun va ingichka ma’nosida. Kokillarim tol-tol.
Tol III – tolmoq, charchamoq
Tol IV – kuchli portlovchi modda
Tom I – suv tomdi
Tom II – tom ma’no
Tom III – uyning tomi
Topishmoq I – o‘yin turi
Topishmoq – birgalik nisbat. Narsamni topishib yubor.
Tor I – keng emas
Tor II – rubob
Tor III rubob simi
Tur I – o‘rningdan tur
Tur II – xil, nav
Tur III – musobaqa turi. Birinchi tur o‘yinlari yakunlandi.
Tush I – uyqudagi psixik hodisa
Tush II – pastga tush
Tush III – obed (rus.)
To‘p I – koptok
To‘p II – to‘da
To‘p III – zambarak
To‘y I – to‘y-hasham
To‘y II – to‘ymoq fe’li
To‘r I – baliqchilar quroli
To‘r II Qani, to‘rga o‘ting.
Un I – bug‘doy uni
Un II – ovoz, sas
Ustun I – tomni ko‘tarib turuvchi tik tayanch yog‘och
Ustun II – biror jihatdan yuqori, baland
Uch I – nayzaning uchi
Uch II – son
Uch III – uchmoq fe’li
Xayr I – xayrlashganda aytiladigan so‘z
Xayr II – xayr-ehson
Xonim I – ayollarga hurmat yuzasidan aytiladigan so‘z
Xonim II taom turi
Xor I – kamsitilgan, xor qilingan
Xor II – vokal ashulalarni birgalikda ijro etuvchi 12 kishilik jamoa, ansambl
Yosh I – ko‘z Yoshi
Yosh II – insonning umr yoshi
Yuz I – inson yuzi
Yuz II – son
Yutmoq I – g‘alaba qozonmoq
Yutmoq II - suvni, ovqatni yutmoq
O‘ymoq I biror narsa bilan kovlab, chuqur hosil qilmoq
O‘ymoq II – angishvona (shev.)
O‘lmoq I – hayoti tugamoq
O‘lmoq II – bo‘lmoq. Oshiq o‘ldum sanga.
O‘pka I – nafas olish a’zosi
O‘pka II – gina
O‘pka – hovliqma
O‘t I – olov
O‘t II – maysa, o‘simlik
O‘t III – o‘tmoq fe’li
O‘t IV – jigardan ajralib chiquvchi achchiq suyuqlik, inson o‘ti
O‘ch I – qasd
O‘ch II – nihoyatda berilgan
Shayton I – iblis
Shayton II – duradgorlik va binokorlik ishlarida sathning tekisligini aniqlash uchun ishlatiladigan asbob
Chang I – chang-to‘zon
Chang II – musiqa asbobi
Chek I – oxir, poyon, yakun. Tafakkurning cheki yo‘q
Chek II – bank cheki
Chopmoq I – o‘tin chopmoq, yer chopmoq
Chopmoq II - yugurmoq
Cho‘g‘ I – yonib bo‘lib, alangasi so‘lgan o‘tin, ko‘mir
Cho‘g‘ II – salmoq, chama. Bu pulingning cho‘g‘i kam-ku, bolam.





OMONIM IBORALAR LUG‘ATI


Bosh ko‘tarmoq I – uyqudan boshini ko‘tarmoq
Bosh ko‘tarmoq II – qo‘zg‘olon
Dam bermoq I – balonga havo to‘ldirish
Dam bermoq II – nafas rostlash
Ko‘z yummoq I – o‘lmoq
Ko‘z yummoq II – ko‘rib ko‘rmaslikka olish
§ ANTONIMLAR



  • Antonimlar anti – “zid”, anoma – “nom”, ya’ni “zid ma’noli nom” degan ma’noni bildiradi. Masalan, yaxshi-yomon, katta-kichik.

  • Antonim so‘zlar ham xuddi sinonimlardek bir turkum doirasida yuzaga keladi: yaxshi-yomon (sifat), oz-ko‘p (ravish) va h.k.

  • Antonimlar tub va yasama bo‘ladi: baxtli-baxtsiz (yasama), yaxshi-yomon (tub), baland-past (tub)

Antonimlar uchun quyidagi 3 xil belgi bo‘lishi shart:



  • Shakliy jihatdan har xillik: uzoq-yaqin (shakli har xil);

  • Ma’nosi jihatdan har xillik: mazali-bemaza, yosh-qari (ma’nolari har xil);

  • Ma’nodagi o‘zaro zidlik: achchiq-shirin, qorong‘u-yorug‘ (ma’nosi bir-biriga zid).

Antonimlar badiiy uslubda qo‘llanilib, qarama-qarshi tushuncha tazod san’atini yaratish uchun xizmat qiladi:




Podshoh yo‘qlatsalar nogoh gado deb axtaring,
Tutmang hargiz nomimni baxtiqaro deb axtaring.

Menga nomehribon yor o‘zgalarga mehribon emish,


Mening jonim olib ag‘yorga oromijon emish. (A. Navoiy)



/
§ SINONIMLAR



  • Shakli har xil bo‘lib, ma’nosi bir xil bo‘lgan so‘zlar sinonimlar deyiladi: aylanmoq-kezmoq-sayr qilmoq.

  • Bir umumiy ma’nosi bilan o‘zaro bog‘lanuvchi so‘zlar guruhi sinonimik qator deyiladi. Bu qatorda ikki yoki undan ortiq so‘z bo‘lishi mumkin. Bu qatordagi ma’nosi betaraf, ko‘p qo‘llanadigan asosiy so‘z dominant, ya’ni bosh so‘z deb ataladi: YUZ (DOMINANTA) – aft, bet, turq, bashara, chehra, chiroy, oraz, ruxsor.

  • Sinonimlar gapda takrorga yo‘l qo‘ymaydi. Ular nutqni ta’sirli bo‘lishiga yordam beradi va bu sinonimlar bir so‘z turkumi doirasida yuzaga keladi. Sinonimik qatorni tashkil etgan so‘zlarning ayrimlari tub, ayrimlari yasama bo‘lishi mumkin: his-tub so‘z, sezgi-yasama so‘z; savol-tub so‘z, so‘roq-yasama so‘z.

  • Sinonimik qatordagi ayrim so‘zlar eskirgan bo‘lishi ham mumkin: odat, rasm, urf, fan (eskirgan).


Umumiy
ma’no

Xususiy ma’nolar



Ijobiy
bahoga
ega

Badiiy
uslubga
xos

Salbiy
bahoga
ega

Yuz
(dominanta

  • neytral

  • uslubiy betaraf so‘z)



Oraz, uzor,ruxsor, chehra

Oraz, uzor, ruxsor

Bet (salbiy baho), aft (kuchli salbiy baho),
bashara, nusxa, turq
(juda kuchli salbiy baho)



So‘zlash



Shivirladi, gapirdi, baqirdi, bo‘kirdi





Irod etdi,


bayon etdi
(kitobiy uslub)



Ming‘irladi, to‘ng‘illadi, vaysadi, javradi (salbiylik)





SINONIMLARNING TURLARI



Lug‘aviy
(leksik)
Sinonimlar

Affiks
(grammatik)
Sinonimlar

Frazeologik
sinonimlar

Shartli
sinonimlar

Katta, ulug‘, buyuk, gigant



Gulli, guldor, sergul so‘zlaridagi
li, -dor, -ser qo‘shimchalari



Do‘ppisini osmonga otmoq, og‘zi qulog‘ida, og‘zining tanobi qochmoq

Nega kerak edi shu chiroy, shu o‘t?”
(H. Olimjon)
Chiroy, o‘t so‘zlari shartli sinonim



QISQACHA SINONIMLAR LUG‘ATI


Asil – sara, sarxil, xil (shaxsga nisbatan), mumtoz (kitobiy uslubga xos), poshsha (poshsha qiz)
Avaylamoq – ayamoq, ehtiyotlamoq, ehtiyot qilmoq, ardoqlamoq, e’zozlamoq, e’zoz qilmoq, papalamoq (po‘palamoq)
Ayyor – mug‘ombir, hiylagar, quv, ustomon, makkor, dog‘uli, mo‘ltoni, qilvir(i), shayton, tulki, tullak, qirriq, xirpa, maston
Azob – aziyat, jabr, jafo, ozor, zahmat, alam, iztirob, uqubat, sitam
Bajarmoq – ado etmoq, bitirmoq, o‘rinlatmoq, do‘ndirmoq, o‘tamoq, bajo qilmoq
Balo – usta, ustamon, bilag‘on, bilarmon, chechan, epchil, chaqqon, uddaburon
Boplamoq – qoyil qilmoq, qoyillatmoq, o‘xshatmoq, o‘rinlatmoq, kelishtirmoq, qotirmoq, do‘ndirmoq, qiymoq, eshmoq, mondalamoq, yasamoq
Boshliq – rahbar, yo‘lboshchi, ishboshi, boshchi, katta, kattakon, ulug‘, rahnamo, sardor, peshvo, sarvar, sarkarda, xo‘jayin, kallampo
Jilmaymoq – kulimsiramoq, iljaymoq, irjaymoq, tirjaymoq, ishshaymoq, irshaymoq
Juda – g‘oyat, g‘oyatda, bag‘oyat, nihoyatda, benihoya, ashaddiy, o‘taketgan, toza, rosa, xo‘p (ho‘b), biram, chunon, beqiyos, mislsiz, obdan, o‘bdan, chandon, zap, ko‘p, o‘ta, uvvalo, bisyor, yomon, kamoli, kiroyi, o‘lgu(n)day, o‘larday, o‘larcha, qattiq

Download 451.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   33   34   35   36   37   38   39   40   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling