Maqom II – o‘rin, joy, daraja
Mag‘iz I – danak, yong‘oqning yeyiladigan ichki qismi
Mag‘iz II – kiyim, ko‘rpa va sh. k. larning chet qismi
Mijoz I – xaridor
Mijoz II – odamning mijozi
Moda I – urg‘ochi parranda
Moda II – turmush va madaniyatda kiyim-kechak, ro‘zg‘or buyumlariga nisbatan muayyan did yoki qiziqishning ma’lum vaqtgacha ustuvor bo‘lishi
Modda I – jismlarni tashkil qiluvchi qism
Modda II – rasmiy hujjat, qonun, majmua va sh.k.larning raqam yoki son bilan ajratilgan tarkibiy qismi
Mushak I – muskul
Mushak II – qarsildoq, pirotexnik vosita
Mushtariy I – Yupiter sayyorasi
Mushtariy II – xaridor, oluvchi, kitobxon, o‘quvchi
Nor I – bir o‘rkachli erkak tuya
Nor II – badandagi tug‘ma qizg‘ish dog‘
Nor III – Anor (meva)
Nor IV – olov, o‘t (eskirgan)
Nota I – musiqadagi grafik belgi
Nota II – bir davlatning boshqa bir davlatga yozgan rasmiy diplomatik murojaatnomasi
Obaki I – oq chillakka o‘xshash, o‘rtapishar mahalliy uzum navi
Obaki II – Obakidandon. Shakar qiyomidan tayyorlangan shirinlik turi
Ozmoq I – oriqlamoq
Ozmoq II – to‘g‘ri yo‘ldan adashmoq. Aqldan ozmoq
On I – On hazratlari. U oliy hazratlari
On II – qisqa bir zamon, lahza, fursat
Organ I – odam, hayvon, o‘simlik qismi
Organ II – musiqa asbobi
Ortiq I – ziyod, oshiq, ko‘p
Ortiq II – badanda yoki biror a’zoda bo‘rtib, o‘sib chiqqan joy
Ortmoq I – ko‘paymoq, oshmoq
Ortmoq II – yuklamoq, joylamoq
Orqali I – ko‘makchi
Orqali II – orqasi, suyanchig‘i, homiysi bor
Ot I – hayvon
Ot II – ism
Ot III – otmoq (harakat)
Otar I – sifatdosh
Otar II – yaylovda boqiladigan qo‘ylarning yirik to‘dasi
Do'stlaringiz bilan baham: |