Kadr II – fotoplyonkaning alohida-alohida suratlari
Karam I – poliz ekini
Karam II – muruvvat, himmat
Kapital I – insonning moddiy boyligi, puli
Kapital II – asosli ravishdagi, tubdan bo‘ladigan; katta mehnat va mablag‘ talab qiladigan. Kapital ta’mir
Karta I – xarita
Karta II – dalaning bo‘laklarga bo‘lingan qismi
Kasr I – matematik son
Kasr II – yomon ta’sir, yaramas oqibat. Yomonning kasri
Kech I – payt ravishi
Kech II – kechmoq fe’li. Voz kech!
Kuy I – ohang, tarona
Kuy II – ko‘y. Shu ko‘yga tushdim
Kunda I – to‘nka
Kunda II – har kuni (ravish)
Kurash I – olishuv, o‘zaro bellashuv
Kurash II – kuramoq. Qor kurash
Kurra I – shar shaklidagi narsa. Yer kurrasi
Kurra II – xo‘tik, eshak bolasi (shevada)
Ko‘st I – kam. Kam-ko‘st
Ko‘st II – biror narsaning ortiqcha qismi
Lat I – shikastlanmoq. Lat yemoq
Lat II – Latviya Respublikasining asosiy pul birligi (1993-yildan boshlab)
Laqqa I – baliq turi
Laqqa II - aldanib qolmoq. Laqqa tushmoq
Lozim I – kerak, zarur
Lozim II – ishton
Luqma I – ozgina, bir yutum
Luqma II – birov gapirayotganda uning gapiga boshqa kishi tomonidan qo‘shiladigan gap
May I – yilning beshinchi oyi
May II – uzumdan tayyorlanadigan ichkilik, musallas, vino
Man I – men
Man II – man qilmoq, taqiqlamoq
Manqa I – dimog‘ida gapiruvchi
Manqa II – ot yoki boshqa tuyoqli hayvonlarda bo‘luvchi, ba’zan odamga ham o‘tadigan yuqumli kasallik turi
Mardum I – el, xalq, kishilar
Mardum II – ko‘z qorachig‘i, gavhari
Maqom I – kuy, musiqiy ohang
Do'stlaringiz bilan baham: |