Ijtimoiy hodisa
Download 451.19 Kb.
|
Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shaklla
3. SINEKDOXA. Grekcha – “nazarda tutish”, “birgalikda anglash” degan ma’nolarni bildiradi.
Butunning nomi bilan uning qismini yoki, aksincha, qism nomi bilan butunni atash orqali yangi ma’no hosil qilish sinekdoxa usuli hisoblanadi. Masalan, Nikolay zamonida ostonam tuyoq ko‘rmagan (aslida, uyimga odam kelmagan ma’nosida); Farg‘onada Karim degani bor. Besh qo‘lini og‘ziga tiqadi (aslida, besh barmog‘ini ma’nosida); Tirnoqqa zor kishilar bu dunyoda kammi? (aslida, tirnoq emas, farzand ma’nosida); Olma archayotib qo‘limni kesib oldim (aslida, qo‘l emas, barmoq ma’nosida). 4. VAZIFADOSHLIK. Narsa va hodisalar o‘rtasidagi vazifaviy bir xillik asosida birining nomi orqali ikkinchisining ifodalanishi vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chishi deyiladi. Ko‘chalarni chiroqlar yop-yorug‘ qilib turibdi. Chiroq piligini pasaytirdi. Yuqoridagi ikki gapda qo‘llanilgan chiroq so‘zining ma’nosiga e’tibor bersangiz, u bir xil vazifa bajaruvchi ikkita bir-biriga o‘xshamaydigan narsalarni ifodalayotganining guvohi bo‘lasiz. Birinchisida «elektr toki orqali yorituvchi noksimon (lampochka) yoki tayoqsimon asbob»ni, ikkinchisida esa «kerosinga pilik solish vositasi bilan yorituvchi, asos va shisha qismlardan tashkil topgan asbob»ni bildiradi. Bu asboblar shakliga ko‘ra bir-biriga o‘xshamaydi, makon va zamonda ularning aloqadorligi ham yo‘q, lekin har ikkisi yoritish vazifasini bajargani uchun ularda vazifadoshlik asosida ma’no ko‘chgan. Misollar, odam oyog‘i – stol oyog‘i. Qush qanoti – samolyot qanoti. Uyning eshigi – avtomobil eshigi. 5. KINOYA. Bu ma’no ko‘chish usuli so‘zlarni teskari, zid ma’noda qo‘llab ko‘chma ma’no hosil qilish usuli deganidir. Odatda, kinoya bilan aytilgan so‘z qo‘shtirnoqqa olinadi: Bu qilmishim uchun dadamdan “yaxshigina” gap eshitdim. Usmon asabiylashganidan bisotidagi eng “chiroyli” so‘zlarni tanlab aytardi. - Bunisini endi, aka, o‘ylab ko‘ramiz, - dedi Hosilboyvachcha tantanavor ohangda. - O‘yla, o‘yla, sen “kallali” bolasan. Men qilgan xatolarni qilmasang, uzoqqa borasan. Download 451.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling