Ijtimoiy hodisa


Download 451.19 Kb.
bet31/49
Sana27.06.2023
Hajmi451.19 Kb.
#1657197
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49
Bog'liq
Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shaklla

6. TAG MA’NO. Ma’no ko‘chish hodisasi hatto gaplarda ham uchraydi. Bu hodisa tag ma’no deyiladi.


Xotin:
- Sizga tekkuncha, alvastiga tegsam bo‘lmasmidi?
Er:
- Afusuki, yaqin qarindoshlar orasida nikoh man qilingan.
15-16-DARS. SO‘ZLARNING SHAKL VA MA’NO MUNOSABATIGA KO‘RA TURLARI


§ OMONIMLAR

Tovush tomoni bir xil bo‘lib, turlicha ma’nolarni ifodalovchi so‘zlar omonimlar deyiladi. Omonim lotincha “homos” – bir xil, “onima” – nom, ya’ni “bir xil nom” degan ma’noni bildiradi.


Kuya (hasharot nomi) musiqa asbobi
KUYA CHANG
Kuya (qozonning qorasi) to‘zon (chang-to‘zon)

Omonimlik qo‘shimcha, so‘z, so‘z birikmasi, ibora va gapga xos.




Omonim so‘z bilan ko‘p ma’noli so‘zning farqi


1-farqi. Omonimning nechta ma’nosi bo‘lsa, u shuncha so‘z hisoblanadi. Ko‘p ma’noli so‘zning ma’nolari qanchalik ko‘p bo‘lmasin, u baribir bir so‘z hisoblanadi: ot-hayvon nomi, ot-ism, ot-otmoq(fe’l) – omonim so‘z; daryoning yoqasi, ko‘ylakning yoqasi – ko‘p ma’noli so‘z.


2-farqi. Omonim so‘zlarning ma’nolari bir-biriga bog‘liq emas, ko‘p ma’noli so‘zlarning ma’nolari bir-biriga aloqador: ot (hayvon nomi), ot (ism), ot (otmoq)(fe’l) – omonim so‘z (turfa xil ma’no); daryoning yoqasi, ko‘ylakning yoqasi – ko‘p ma’noli so‘z (bir-biriga aloqador, ya’ni ikkala birikmada ham yoqa so‘zi chetda joylashganlik ma’nosini anglatyapti.)


3-farqi. Omonimlar bir so‘z turkumi doirasida ham, turli so‘z turkumi doirasida ham yuz beraveradi: o‘t (olov), o‘t (o‘simlik), o‘t (o‘tmoq fe’li), o‘t (jigardan ajralib chiquvchi sarg‘ish-yashil rangli suyuqlik) – har xil so‘z turkumi; un (bug‘doy uni), un (ovoz) – ikkalasi ham bir xil, ot so‘z turkumi.


4-farqi. Omonimlar bir turkum doirasida grammatik ko‘rsatkichlar (qo‘shimchalar) bilan shakllanganda ham, omonimlik holatini saqlab qolaveradi: Otingni kim qo‘ygan, bolakay? Uloqchi otingni sug‘ordingmi?

Omonimlar badiiy adabiyotda tuyuq janrini yuzaga keltiradi.




OMONIM SO‘ZLAR LUG‘ATI




Download 451.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   27   28   29   30   31   32   33   34   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling