Ijtimoiy hodisa


§ Qo‘llanish doirasi chegaralanmagan va chegaralangan so‘zlar


Download 451.19 Kb.
bet39/49
Sana27.06.2023
Hajmi451.19 Kb.
#1657197
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49
Bog'liq
Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shaklla

§ Qo‘llanish doirasi chegaralanmagan va chegaralangan so‘zlar

Umumxalq tilida keng qo‘llanadigan va shu tilda so‘zlashuvchilarning barchasi uchun tushunarli bo‘lgan so‘zlarga qo‘llanish doirasi chegaralanmagan so‘zlar deyiladi: non, un, qalam, daftar, yaxshi, yomon va h.k.


Faqat ma’lum ijtimoiy (sotsial) guruh hamda ma’lum bir hudud doirasidagina qo‘llanilib, umumxalq tiliga xos bo‘lmagan so‘zlar qo‘llanish doirasi chegaralangan so‘zlar deyiladi. Bular 2 turlidir:



  1. hududiy chegaralangan so‘zlar (shevalar)

  2. sotsial chegaralangan so‘zlar (argo va jargon)


Hududiy chegaralangan so‘zlar (shevalar) – faqat ma’lum bir hudud doirasidagina qo‘llanilib, boshqa hududda yashovchi o‘zbek tili vakillari uchun xos bo‘lmagan so‘zlardir: eshik – hovli, uy (Andijon), shoti – narvon (Andijon, Farg‘ona, Namangan), takya – do‘ppi (Xorazm)


Sotsial chegaralangan so‘zlar (argo va jargon) – ma’lum bir ijtimoiy guruh tomonidan ishlatiladigan so‘zlardir.



  1. Argolar – ma’lum guruh kishilariga tushunarli so‘zlardir: loy, yekan (pul); ment (militsiya); danap (qiz bola); tanka (talabalarga yordam beruvchi homiy); qaychi (taftishchi); kolxoz (chiptasiz yo‘lovchi).

  2. Jargonlar – ayrim tabaqa kishilari orasida ishlatiladi: hazratim, sultonim, hazrati oliyalari, u dunyoga rixlat qilibdilar, tabarruk qilibdi, olampanoh, manzirat qilmoq, padari buzrukvor…



§ Nomshunoslik

Siz yashab turgan joydagi ko‘chalar, maydonlar, shahar va qishloqlar, daryo, ko‘l, tepalik, qabristonlar ma’lum nom bilan yuritiladi: Samarqand shahri, Amir Temur ko‘chasi, “Mustaqillik” maydoni, Alisher Navoiy nomli jamoa xo‘jaligi va boshq. Bunday nomlarni esa tilshunoslikning nomlanish sabablari bilan shug‘ullanuvchi nomshunoslik (onomastika) bo‘limi o‘rganadi.


Atoqli otlar nomlanuvchi obyekt turiga ko‘ra bir nechta guruhga bo‘linadi:





Download 451.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   35   36   37   38   39   40   41   42   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling