Iboraning so‘z, so‘z birikmasi va gapdan farqi
so‘z to‘g‘ri va ko‘chma ma’noda, ibora esa faqat ko‘chma ma’noda
so‘z birikmasi va gap bir-biriga erkin bog‘lanadi, ibora esa bunday emas
ibora nutqqacha tayyor holda bo‘ladi
so‘z birikmasi va gapni o‘zgartirish mumkin, iborani esa o‘zgartirib bo‘lmaydi.
QISQACHA IBORALAR LUG‘ATI
Amalga oshdi – voqelikka aylandi
Ammamning buzog‘i – landovur, lapashang
Arpasini xom o‘rdi – nima yomonlik qildi?
Asabiga tegdi – asabiylashtirdi
Avra-astarini ag‘dardi – barcha kirdikorlarini ochib tashladi
Barmog‘ini tishladi – hech narsa qilolmadi; afsuslandi
Barq urdi – gurkirab, g‘oyat tez yayrab-yashnadi
Bas kelmoq – teng kelmoq
Bag‘ri xun bo‘ldi – ziq bo‘ldi; ruhan azoblandi
“Berdi”sini aytdi – oxirini aytdi
Besh barmog‘ini og‘ziga tiqmoq – lozim bo‘lganidan ortiq bo‘lgan narsani qilishga intilish
Bir paqir bo‘ldi; bir pul bo‘ldi – barbod bo‘ldi
Bir cho‘qishda qochiradi – juda ustun chiqmoq, osonlikcha yengmoq
Bosh egdi – itoat qildi, bo‘ysundi
Boshi g‘ovladi; boshi shishdi – bir narsani o‘ylayverib gangimoq
Boshidan kechirdi – o‘z hayotida ko‘rdi
Boshiga urmaslik – kerak emaslik
Dili siyoh bo‘lmoq – juda xafa bo‘lmoq
Es-hushini yig‘moq – parishonxotirlikdan qutulmoq; o‘ylab ish tutadigan bo‘lmoq
Gullab qo‘ymoq – to‘satdan aytib qo‘ymoq
Hafsalasi pir bo‘lmoq – umidsizlanish
Ichini mushuk tatalamoq – yashirin tarzda ruhan azoblanmoq
Ishtahasi karnay – ishtaha bilan yeyish
Juftakni rostlamoq; tuyog‘ini shiqillatmoq – jo‘namoq
Ko‘zi uchib turgani yo‘q – ko‘rishni istamaslik
Do'stlaringiz bilan baham: |