Ijtimoiy hodisa


Barqaror birikmalarning belgilari


Download 451.19 Kb.
bet46/49
Sana27.06.2023
Hajmi451.19 Kb.
#1657197
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49
Bog'liq
Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shaklla

Barqaror birikmalarning belgilari:



Barqaror birikmalarni o‘rganuvchi tilshunoslik bo‘limi paremiologiya, shunday birikmalarning lug‘atini tuzish muammolarini esa paremiografiya bo‘limi o‘rganadi.




Barqaror birikmalarga quyidagilar kiradi:


1. Frazeologizmlar (iboralar)
2. Maqol va matallar
3. Aforizmlar (hikmatli so‘zlar)


1. FRAZEOLOGIZMLAR. Ma’no yaxlitligiga ega bo‘lgan, ya’ni ma’nosi bir so‘zga teng kelib, nutqiy jarayonga qadar ikki va undan ortiq so‘zlarning barqaror munosabatidan tashkil topgan, nutqqa tayyor holda olib kiriluvchi ko‘chma ma’nodagi barqaror birikmalarga frazeologizmlar deyiladi.
Frazeologizmlar yaxlit holda gap bo‘lagi bo‘la oladi: Rais daladagi hosilni ko‘rib boshi osmonga yetdi – kesim.

Iboralar so‘zlar kabi yaxlit bir ma’no ifodalasa-da, ularning ma’nolari so‘zlarning ma’nolaridan biroz farq qiladi: o‘taketgan – uchiga chiqqan, beqiyos – yer bilan osmoncha, hech qachon ikki dunyoda, yashirin – yeng ichida.




IZOH. Keltirilgan iboralar o‘z sinonimlari bo‘lmish so‘zlarga nisbatan, birinchidan, ma’noni kuchli tarzda ifodalasa, ikkinchidan, ular obrazlilik xususiyatiga ega.

Iboralar so‘z birikmasi va gap ko‘rinishida bo‘ladi.


So‘z birikmasi shaklidagi ibora: anqoning urug‘i, bosh ko‘tarmoq, esidan og‘moq
Gap shaklidagi ibora: ko‘zi ochildi, dani kesildi, tili tutildi


Iboralarning shakl va ma’no munosabatiga ko‘ra turlari


Omonim ibora: Uyini boshiga ko‘tarmoq – onasini boshiga ko‘tarmoq, uch kungacha bir burda non ham og‘zimga olmadim – men uning bema’ni qiliqlarini hech qayerda og‘zimga olmadim va h.k.


Sinonim ibora: Toqati toq bo‘lmoq – sabr kosasi to‘lmoq, yaxshi ko‘rmoq – ko‘ngil bermoq, terisiga sig‘madi – boshi osmonga yetdi


Antonim ibora: Ko‘ngli oq – ichi qora, ko‘kka ko‘tarmoq – yerga urmoq


Ko‘p ma’nolilik hodisasi: bosh ko‘tarmoq – sekin sog‘aymoq
sekin qaramoq
qo‘zg‘olon



Download 451.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   41   42   43   44   45   46   47   48   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling