Qodirova Sevara Shuxratovna Toshkent viloyati Zangiota tumani
|
Sinf
|
Fan
|
Mavzu
|
Darsning qisqacha tezisi
|
30.03.2020
|
5
|
Ona tili
|
Leksikologiya haqida haqida ma’lumot.
|
Tilimiz nihoyatda boy va rang-barang. Bir tushunchani turfa so‘zlar vositasida ifodalash bilan birga, o‘zingizning turli xil munosabatingizni ham ifodalashingiz mumkin. Masalan: jilmaymoq, miyig‘ida kulmoq, kulmoq, tabassum qilmoq, xaxolamoq, qah-qah otmoq, tirjaymoq, ishshaymoq kabi o‘ndan ortiq so‘zlar orqali kulish holatini ifodalaysiz va shu bilan birga kulayotgan shaxsga o‘zingizning ijobiy yoki salbiy bahongizni berasiz.
Musiqa asboblari, masalan, dutorni olaylik. Dutor o‘zidan turli-tuman ovoz chiqarish imkoniyatiga ega, lekin undan hamma har xil foydalanadi.
Agar ustasining qo‘liga tushsa, u shunday sayraydiki, yurakni sel qiladi. So‘z ham shunday. Uni qanday jilolantirish, qanday sayratish so‘zlovchi mahoratiga bog‘liq. Siz so‘zlardan mahoratli foydalanishni o‘rganing.
Leksikologiya yunoncha lexikos-«lug‘at», logos-«ta'limot» so‘zlaridan olingan bo‘lib, so‘z haqidagi, to‘g‘rirog‘i, so‘z ma'nolari haqidagi ta'limotdir
|
6
|
Ona tili
|
Sifatlarning ma’no turlari.
Uyga vazifa:389-mashq.
|
Sifatlar qandqy belgini ifodalishiga ko’ra quyidagi guruhlarga bo’linadi:1)xususiyat sifatlari2)rang-tus 3)ma’za-ta’m 4)hajm-o’lchov 5)hid bildiruvchi 6) makon-zamon belgisini bildiruvci sifatlarga bo’linadi
|
7
|
Ona tili
|
Gumon va inkor yuklamasi.
Uyga vazifa:251-252 mashqlar.
|
Gumon va inkor yuklamalari buyicha tushuncha berish.249-250 mashklarni bajarish.
|
9
|
Ona tili
|
Tasviriy matn.
Uyga vazifa:210 mashqlar.
|
Muayyan voqea-xodisa yoki narsa, shaxsni tasvirlash,tavsiflash, ta’riflash maqsadida tuzilgan matn tasviriy matn sanaladi.
Mavzuga oid 205-,206,207-,208-,209-mashqlar bajariladi.
|
10
|
Ona tili
|
Qo’shma gaplar uslubiyati.
|
Qo‘shma gaplar uni tashkil etadigan qismlar orasidagi mazmuniy munosabatlarni ifodalaydi, shu tariqa real olamdagi ikki voqeahodisa o‘rtasidagi aloqadorlikni, xususan, sabab-oqibat, maqsad, shart, to‘siqsizlik, payt kabi bir qancha munosabatlarni aks ettiradi. Qo‘shma gap qismlarining birikishida xilma-xil bog‘lovchi vositalar ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi mumkin. Bu bog‘lovchi vositalarning ishtirokiga ko‘ra tegishli mazmun ifodasida turli farq va o‘ziga xosliklar yuzaga keladi, bir-biri bilan ma’nodosh sintaktik birliklar paydo bo‘ladi. Ana shular hisobga olinsa, qo‘shma gaplarning qanchalik katta uslubiy imkoniyatlarga ega ekanligi ma’lum bo‘ladi.
Qo‘shma gaplarning bog‘lovchili va bog‘lovchisiz turlari farqlanadi
|
11
|
Ona tili
|
Nutq ifodaligini ta’minlash.
Uyga vazifa: 67-mashq.
|
Nutq tinglovchi yoki o‘quvchiga jiddiy ta’sir qilish uchun u xam shaklan xam mazmunan diqatni o‘ziga jalb qila oladigan bo‘lishi lozim. Ifodalik sifatiga soxib bo‘lga nutq bunday vazifani bajarishi mumkun.Bu komunikatif sifatlar vositalarini ifoda maqsadiga to‘la muvofiq tarzda tanlash asosida yuzaga keladi.
|
31.03.2020
|
5
|
Ona tili
|
So’zlarning atash ma’nosi.
|
So‘zlarning borliqdagi qanday narsa-hodisalar, belgi- xususiyatlar, harakat-holatlarni bildirishi uning atash ma'nosi sanaladi.
Faqat mustaqil so‘zlargina atash ma'nosiga ega bo‘ladi. Olmoshlar bundan mustasno. Ular atash ma'nosiga ega bo‘lgan so‘zlarga ishora qiladi..
|
Adabiyot
|
Sa’diy Sheroziy hayoti va ijodi.
Uyga vazifa:Mavzuni o’qish.
|
U Sherozda o‘ziga to‘q va ma’rifatli bir xonadonda o‘sib ulg‘aygan. Uzoq umr ko‘rgan. Tug‘ilgan yilini har xil (1184, 1189, 1203, 1210) ko‘rsatadilar. 1292-yilda vafot etgan. Umrining 20 yilidan ko‘prog‘i sayohatda o‘tgan. Afrikadan Xitoygacha, Hindistondan Farangistongacha kezib chiqqan. Musofirlikning, hatto asirlikning azoblarini ko‘rgan. Va bu sayohatlari davomida ko‘rgan-bilganlarini umumlashtirib, sayqallab «Bo‘ston» (1257-yilda yozilgan) hamda «Guliston» (1258) asarlariga ixcham hikoyalar qilib kiritgan.U kishining ismi sharifi Shayx Muslihiddin Sa’diy Sheroziydir. «Shayx» deb ko‘proq so‘fiylar boshlig‘iga, din arboblariga nisbatan aytilgan. Taxallusidan ma’lum bo‘lganidek, sherozlik. Sheroz Eronning mashhur shaharlaridan.
Sa’diy nomini dunyoning juda ko‘p mamlakatlarida biladilar. Sharqda u qanchalar hurmat bilan tilga olinsa, G‘arbda ham bu shoirning e’tibori shuncha balanddir.
Sababi nimada? Sababi shundaki, u ajoyib g‘azallar yozdi. Bu g‘azallar hikmatli fikrlarga boy edi. Go‘zal o‘xshatishlarga, ta’sirli manzaralarga to‘la edi
|
6
|
Adabiyot
|
Zuliya hayoti va ijodi.
Uyga vazifa:hayoti va ijodini o’rganish.
|
Zullfiya Isroilova xalqimizning atoqli va ardoqli vakili O’zbekiston xalq shoiri,xakqaro ,,Nilufar’’,Javoharlal Neru nomidagi hamda Davlat mukofatlari sohibasidir.U1915 yil Toshkent shahrining qadimiy Degrez mahallasida tug’ilgan.Dastlabki she’ri 1932-yil “Hayot varaqlari” nomi bilan nashr etilgan.Zulfiya she’rlari harorat bilan bitilgan ehtirosli, hayotbaxsh she’rlardir.
|
Ona tili
|
Xususiyat hajm o’lchov, makon-zamon sifarlari.
Uyga vazifa:393-mashq.
|
Narsalarning turli xusisiyat-holatlarini bildirgan sifatlar xususiyat sifatlari.hajmi,vazni,o;lchovi va shaklini bildirgan sifatlar hajm-o’lchov sifatlari,o’rin vaqtga nisbatan belgilarini bildirgan sifatlar makon zamon sifatlari deyiladi:uzun,qisqa,baland, kuzgi,xursand,quvnoq,kamtar;
|
8
|
Adabiyot
|
Sh. Xolmirzayev hayoti va ijodi
|
Shukur Xolmirzayev 1940 yil 24 mart uni Surxondaryo viloyati Boysun tumanida tug’ilgan. 1963 yilda Toshkent dalat Univeritetinig Jurnalistika fakultetini tugatgan. Hikoyalari “To’lqinlar”, “On sakkizga kirmagan kim bor” nomli qissalari bilan ko’plab muxlisar orttirgan va Abdulla Qahordek ustozning e’tborini qozongan. Shukur Xolmirzayev 2005 yil 29 sentabrda Toshkent shahrida vafot etgan
|
9
|
Adabiyot
|
Uilyam Shekspir.(1-dars)
Uyga vazifa: .”Hamlet” dramasini o’qish.
|
Uilyam Shekspir hayoti va ijodi.Dramalari. Ijtimoiy muhit.Dramalaridagi mavzu,obrazlar.”Hamlet” adolat,poklik timsoli.
|
10
|
Adabiyot
|
A.Oripov hayoti va ijodi.
Uyga vazifa:She’rlaridan yod olish.
|
Mening tug‘ilib o‘sgan, bolaligim o‘tgan joylar Qarshi (qadimgi Nasaf) shahridan besh-o‘n chaqirim shimolroq tomondagi Qo‘ng‘irtov etaklaridir. Qishlog‘imizning nomini Neko‘z deydilar. Har holda u qadimiy o‘zbek urug‘larining bir shoxobchasi bo‘lishi mumkin. O‘sha Qo‘ng‘irtovda bizning bolalik yillarimiz o‘tgan. Bahor kelganda havoni o‘t-o‘lanning yoqimli xushbo‘y hidi qoplar, sharros yomg‘ir quyganda biz tog‘ cho‘qqisi unguridagi kichik-kichik g‘orlarga bekinib olardik. O‘sha yuksaklikdan shimol tarafdagi yam-yashil bepoyon kengliklarni tomosha
qilar edim, to‘yib-to‘yib nafas olar edim. Ayniqsa, bu joylarda janub kechalari, yulduzli osmon nihoyatda go‘zal bo‘lar edi. Tim qora osmonda qo‘l cho‘zsang yetgudek ulkan-ulkan novvotrang yulduzlar charaqlab turadi. Hayotimda bunday go‘zal manzaralarni keyin uchrata olmadim...
Mening deyarli har bir she’rim hayotdagi ma’lum bir voqea, hodisa bilan bog‘liq, jo‘nroq qilib aytganda, har birining turtkisi bor. Masalan, «Ayol» degan she’rim urushdan qaytmagan amakilarimning bevalariga bag‘ishlangan. Men ularning iztiroblarini ko‘rib, kuzatib ulg‘ayganman. Yoxud «O‘zbekiston» qasidasining yozilishi-chi? Vataning butun Sovet Ittifoqi, deb uqtirib turilgan bir paytda, O‘zbekiston nima bo‘ldi ekan, degan savol yuragimning tubida paydo bo‘lib, hoyna hoy, «Vatanim – O‘zbekiston» deb she’r yozgan bo‘lsam, tilimizning har qadamda yerga urilayotganini ko‘rib «Ona tilimga» nomli she’rni yozganman.
|
11
|
Adabiyot
|
Mustaqillik davri o’zbek adabiyoti.
Uyga vazifa: Mavzuni o’rganish.
|
XX asr o‘zbek xalqining boy madaniyati va badiiy tafakkuri tarixida alohida o‘ziga xos bosqich sanaladi. Bu davrda o‘zbek adabiyotining taraqqiyot yo‘lida realistik tasvir
tamoyili yetakchilik qildi; badiiy adabiyot ijtimoiy hayotga, insonlar dardiga yaqinlashdi, qalamga olingan mavzular zamon bilan, mavjud umuminsoniy muammolar bilan bog‘landi.
Eng muhimi, XX asr oxirida birorta o‘zbekistonlikning yodidan chiqmaydigan tari xiy voqea sodir bo‘ldi, ya’ni 1991-yil 1-sentabrida O‘zbekiston mustaqillikka erishdi. Barcha o‘quv
dargohlarida o‘quv yilining birinchi kunida betakror bayramona kayfiyat hukm suradi. Demak, o‘sha voqelikdan keyingi davr adabiyoti «Mustaqillik davri o‘zbek adabiyoti» deb
atalishi tabiiy sanaladi. Badiiy ijodning har bir yo‘nalishi – nazm, nasr va dramaturgiya mohiyat e’tibori bilan mustaqillik davrining mavzulari bilan boyidi.
|
1.04. 2020
|
5
|
Ona tili
|
Bir ma’noli va ko’p ma’noli so’zlar.
|
So‘zlar bir ma'noli va ko‘p ma'noli so‘zlarga bo‘linadi. O‘n, Toshkent, Mirzacho‘l singari aniq bir ma'noni ifodalash uchun qo‘llanilgan so‘zlar bir ma'noli so‘zlar sanaladi. Nutqiy jarayonda ikki va undan ortiq ma'noda qo‘llanuvchi so‘zlarga ko‘p ma'noli so‘zlar deyiladi.
|
Adabiyot
|
A.Avloniy hayoti va ijodi .
|
Abdulla Avloniy 1878-yilning 12-iyulida Toshkent shahrining Mergancha mahallasida to’quvchi hunarmand oilasida tug’ildi. Avval eski maktabda o’qib savod chiqardi, so’ng madrasada tahsil oldi. Oiladagi moddiy qiyinchilik tufayli u bolaligidan turli ishlarga qo’l urdi. Halol rizq topib, oila tirikchiligiga ko’mak berish maqsadida odamlar eshigida mardikorlik qildi, g’isht quydi, duradgorlik va suvoqchilikni
Toshkentning Mirobod mahallasida yangi «usuli savtiya» — jadid maktablarini ochdi, o’zi mudirlik va o’qituvchilik qildi. 1909-yilda kambag’al, yetim-yesirlarga ko’mak beruvchi «Jamiyati xayriya» degan uyushma tashkil etdi.
Uning «Birinchi muallim» (1909), «Ikkinchi muallim» (1912) nomli darsliklari hamda «Turkiy Guliston yoxud axloq» (1913) nomli qo’llanmasi o’z davrida yoshlarni yangicha yo’nalishda o’qitish va an’anaviy milliy ruh asosida tarbiyalashda katta ahamiyatga ega bo’ldi. U yaratgan besh to’plamdan iborat «Adabiyot yoxud milliy she’rlar» (1909-1916) maktablarda qo’llanma vazifasini o’tadi
|
6
|
Ona tili
|
Rang-tuz, maza ta’m, hid bildiruvchi sifatlar.
Uyga vazifa:396-mashq.
|
Narsalarning rang-tusini bildirgan sifatlar rang-tus sifatlari,maza-ta’mni bildirgan sifatlar maza ta’m sifatlari,hidini bildirgan sifatlar hid sifatlari deyiladi:oppoq,qora,taxir,tuzsiz,shirin,yashil;
|
Adabiyot
|
Zulfiya she’riyati.
Uyga vazifa:she’rlaridan yod olish.
|
Zulfiya she’riyatida bahor mavzusi ayricha bir ahamiyatga ega .Uzoq ijodiy umr davomida yozilgan she,rlarning aksariyati bahor fasli, uning insonlarga baxshida etadigan go’zalligi tarovati,jozibasi haqida.
|
7
|
Ona tili
|
Buyruq xitob undovlari.
Uyga vazifa: 263-364 mashqlar
|
Buyruk-xitob undovlari buyicha tushuncha 261-262 mashklarni bajarish.
|
2.04.2020
|
5
|
Ona tili
|
So’zning o’z va ko’chma ma’nolari
|
So‘zlarning nutq jarayoniga bog‘liq bo‘lmagan atash ma'nosi o‘z ma'no sanaladi.
So‘zning nutqda boshqa so‘zlarga bog‘lanib hosil qiladigan yondosh ma'nosi ko‘chma ma'no hisoblanadi. Masalan: Odamning qulog‘i- o‘z ma'noda, qozonning qulog‘i- ko‘chma ma'noda.
O‘z va ko‘chma ma'no birikib ko‘p ma'noli so‘zni hosil qiladi
|
Adabiyot
|
E.vohidov “Nido”
|
O‘zbekiston Qahramoni Erkin Vohidov 1936-yilning 28-dekabrida Farg‘ona viloyatining Oltiariq tumanida o‘qituvchi oilasida tavallud. Vohidovlar oilasi 1945-yilda poytaxt Toshkentga ko‘chib keldi. Oradan bir yil o‘tgach onasi ham dunyodan o‘tadi. Erkinjon avval o‘rta maktabda, so‘ng hozirgi O‘zbekiston Milliy universitetining filologiya fakultetida ta’lim oladi. 1960-yilda o‘qishni bitirgach, nashriyotlarda muharrir, bosh muharrir, direktor lavozimlarida ishlaydi, yangi tashkil qilingan «Yoshlik» jurnalining oyoqqa turishiga rahbarlik qiladi. , birinchi she’riy to‘plami esa «Tong nafasi» nomi bilan 1961-yilda chop etilgandi. Shundan buyon ijodkorning qirqdan ziyod kitobi o‘quvchilarga tortiq etildi. Uning she’rlaridan tashqari «Palatkada yozilgan doston», «Ruhlar isyoni», «Istanbul fojiasi» singari dostonlari, «Donishqishloq latifalari» nomli hajviy turkumi, «Oltin devor» komediyasi, «Shoir-u she’r-u shuur» deb atalgan adabiy-falsafiy to‘plami XX asr o‘zbek adabiyoti rivojiga katta hissa bo‘lib qo‘shilgan. Erkin Vohidov dunyo she’riyatining yorqin vakillari S. Yesenin, A. Blok, L. Ukrainka, R. Hamzatov singari shoirlarning ko‘plab asarlarini ona tilimizga tarjima qilgan. Ijodkor tomonidan ulug‘ nemis mutafakkiri Gyotening «Faust» asari o‘zbek tiliga yuksak mahorat bilan o‘girilishi esa (1974-yilda) nafaqat adabiyotimiz, balki madaniyatimiz tarixida ham muhim voqea bo‘lib
|
6
|
Adabiyot
|
P.Qodirov ‘Yulduzli tunlar”.
Uyga vazifa:O’qish.
|
P.Qodirov 1928-y 25-oktabrda hozirgi Xo’jand viloyati hududidagi Kengko’l qishlog’ida cho’pon oilasida tug’ildi.O’zbek zamonaviy nasrining rivojiga salmoqli hissa qo’shdi.Talabalik paytidayoq dastlabki kitobi –“Studentlar”ni(1951 y) e’lon qildi.1961-y—“Qadrim”,1968-y--”Erk” 1974-y –“MEROS” qissa va hikoyalarini e’lon qildi.
|
7
|
Adabiyot
|
Mirtemir hayoti va ijodi (1 –dars)
Uyga vazifa: 326-328 betlar
|
Mirtemir shoir,yozuvchi,dramaturg.tarjimon.Mirtemirning ijodiy kiyofasini belgilaydigan,uni uzbek kitobxoni uchun ardoklti kilgan narsa-uning she’riyati.
|
8
|
Ona tili
|
Gapning uyushiq bo’lklari
|
Grammatik jihatdan bir xil shakllanib, ko‘pincha, bir xil so‘roqqa javob bo‘ladigan, o‘zaro teng bog`langan va barchasi gapning bitta bo‘lagiga tobelanadigan bo‘laklar uyushiq bo‘lak deyiladi. Masalan: Bola goh menga, goh
unga qarar edi. Gapning barcha bo`lagi uyushadi:
|
9
|
Ona tili
|
Muhokama matni.
Uyga vazifa 215-mashq berildi. Alisher Navoiyning “Oldiga qo`yganni yemoq hayvonning ishi, Og`ziga kelganni demoq – nodonning ishi” hikmati ustida o`ylab matn tuzish.
|
Muhokama matni yuzasidan tushuncha berishdan avval , matn turlari xususida to`xtalib o`tildi. Mavzu haqida o`quvchilarga tushuncha va bilim berildi,shuningdek,darslikda keltirilgan topshiriqdagi matn asosida tushuntirildi. Matn Alibek Rustamovning “So`z haqida so`z” kitobidan olingan. Matnda keltirilgan ayrim so`zlar izohi aytib o`tildi. M: shab - tun; ro`zi shab - kun-u tun; dehqon – forschada yer egasi. Kitobda berilgan qoida o`quvchilarga tushuntirildi. Muayyan voqea-hodisa yoki narsa, shaxs haqida muhokama yuritish, mulohaza bildirish maqsadida tuzilgan matn muhokama matni sanaladi. Muhokama matni ko`proq ilmiy asarlarda, shuningdek, badiiy, so`zlashuv va boshqa nutq shakllarida qo`llanadi.Darslikdagi 212-214-mashqlar o`z shartiga muvofiq bajarildi.
|
10
|
Adabiyot
|
A.Oripov hayoti va ijodi (2- dars)
|
O‘sha yillari mening yosh idrokimni ikki-uch savol qattiq qiynardi. Birinchisi, nega mening xalqim ikkinchi sort, ikkinchisi, nega mening tilim beobro‘, nega mening Vatanim mavhum, nega tabiat ato etgan his-tuyg‘ularni ham oshkora izhor qilish mumkin emas, masalan, yaqin qarindoshing o‘lsa
marsiya yozish mumkin emas, muhabbating baxtsiz bo‘lsa, nadomat chekish gunoh va hokazolar. Endi o‘ylasam, hamma xalqlar katta bir yilqi uyuri singari bitta qamchining ishorasiga bo‘ysunib yashar ekan... Men bu o‘rinda boshimdan o‘tgan turli mayda-chuyda tazyiqlarni eslab o‘tirmayman. Lekin bir gapni aytmasam bo‘lmas. Mening ijodimda yolg‘izlik, mahzunlik tuyg‘ulari ko‘p uchraydi, deya dakki berishgan va buning sababini turlicha sharhlashgan ham. Aslida esa mening tabiatim o‘zi shunaqaroq bo‘lsa kerak. Ikkinchidan, meni qiynagan savollarga javob topolmay o‘rtangandirman; uchinchidan, shu hasad degan baloning hujumiga juda erta duch keldim. Bularning barchasi satrlarimda qandaydir shakld a aks etgan bo‘lsa, ajab emas. Chunonchi, hajviy ruhdagi she’rlar ham qandaydir sun’iy ravishda yaratilgan emas. Ko‘p qatori meni ham laqillatgan, aldagan odamlarning son-sanog‘i yo‘q. Haligiday ach
chiqroq she’rlarning yozilishiga, albatta, o‘shalar sabab bo‘lgan.Men tarjimachilik bilan ham shug‘ullandim. Ushbu mashg‘ulotimning eng asosiysi Dantening «Ilohiy komediya»si deb bilaman. .
|
11
|
Adabiyot
|
Mustaqillik
davri o’zbek adabiyoti. Muhammad
Alining
“Sohibqiron
o’ylari” asari.
Uyga vazifa: Mustaqillik davri ijodkorlari hayoti va ijodini o’rganish.
|
O‘zbek she’riyati istiqlol yillarida o‘ziga xos yangi adabiyestetik hodisa sifatida namoyon
bo‘la boshladi. Badiiy ijod maydonida shoirlar uchun erkin ijodiy muhit yuzaga keldi. Adiblar
o‘z ma’naviy dunyosini, olam va odamga doir qarashlari, individual his-tuyg‘ularini bor
holicha taqdim qila boshlashdi. Mafkuraviylashgan eski adabiy siyosatdan boshqacha, ya’ni
inson erkini qadrlash, Vatanning chin saodati, buyuk kelajagi uchun qayg‘urish, milliy
o‘zlikni anglash, milliy qadriyatlarni e’zozlash kabi qator mavzular bu davr she’riyatida
yetakchilik qildi. Vatan – ijod ahlining yuragiga eng yaqin, juda muhim va doimiy mavzu.
|
3.04.2020
|
5
|
Ona tili
|
Shakldosh so’zlar
|
Tut, yut, oq, yot, et, uch.
Aytilishi va yozilishi bir xil bo‘lib, turli atash ma'nolarini bildirgan so‘zlarga shakldosh so‘zlar deyiladi.
Shakldosh so‘zlar bir qarashda ko‘p ma'noli so‘zlarga o‘xshab ketadi. Ularni bir-biridan farqlash kerak. Ko‘p ma'noli so‘zlar bir so‘zning o‘z va ko‘chma ma'nolarida qo‘llashdan hosil bo‘ladi. Shakldosh so‘zlar esa shakli o‘xshash ikki va undan ortiq so‘zlardir.
|
7
|
Ona tili
|
Taqlid so’zlar.
Uyga vazifa:268-mashq.
|
Taklid suzlar buyicha tushuncha 265-266-mashklarni bajarish.
|
8
|
Adabiyot
|
M.Yusuf hayoti va ijodi.
Uyga vazifa:Adib ijodidan yod olish.
|
Muhammad Yusuf 1954-yil 26-aprelda Andijon viloyatining Marhamat tumanidagi Qovunchi qishlog`ida oddiy zahmatkash odamlar orasida tug`ildi. Muhammad Yusuf o`rta maktabni tugatgach, Toshkentdagi Rus tili va adabiyoti institutiga o`qishga kiradi va uni 1978 –yilda bitiradi.Muhammad Yusuf ning millat va yurt istiqboli sharafiga bitgan go`zal
go`zal she`rlari o`zining samimiyligi ,soddaligi badiiy mukammmalligi bilan millionlar qalbida aks sado berdi. Shoirning “Vatamin”, “Xalq bo`l, elim”, “Dunyo”, “Inshoolloh”, “O`zbekmomo”, “Iqror”, “Tilak” singari o`nlab she`rlar chinakam she`riyat yurtni qanday kuylamog`i lozimligini isbotlagan asar bo`lib qoldi.
1998-yilda “O`zbekiston xalq shoiri” unvoni berildi.
|