Ona tili va adabiyot fani onlayn (TV) darslarning qisqacha bayonoti


Download 136.76 Kb.
bet3/7
Sana25.11.2020
Hajmi136.76 Kb.
#151546
1   2   3   4   5   6   7
Bog'liq
TV darslar 30.03-23.05 gacha (2)


6

Adabiyot

T.Murod “Yulduzlar mangu yonadi”.

Millatimizning bu bebaho fazilatlari qissada ortiqcha jimjimaga o’ralmay ,bo’rttirilmay,atayin ta’kidlanmay aks ettiriladi.Surxandaryoning olis qishloqlarida yashaydigan oddiy insonlar uchun OR,NOMUS,G’URUR,UYAT,ANDISHA ,KAMTARLIK,HALOLLIK,MARDLIK singarialohida qahramonlik belgisi emas.Bu hislar har bur kishining tabiiy yo’ldoshi bo’lishi lozimligi ni qissaning ko’plab ta’sirchan voqealardan bilib olamiz.

8

Ona tili

Mumtoz matn va lug’atlar bilan ishlash.

176-topshiriq. QIL USTIDA TURGAN TAQDIRLAR

Mulla Fazliddin ertalab podshoh in’om qilgan to‘bichoq otni mindi-da, shahar dorug‘asi qabul qiladigan mahkamaga yo‘l oldi. Uzun Hasan ismli ingichka, novcha dorug‘a askarlikka odam olish va shaharni yaqinlashib kelayotgan dushmandan himoya qilish tashvishi bilan band ekan. Mulla Fazliddinning arzini qayoqqadir ketmoqchi bo‘lib shoshilib turgan paytda tingladi-da:

− Tarhlaringizga tegmay, hamyoningizni olib ketgan bo‘lsa, bu − to‘qaydan chiqqan o‘g‘rilarning ishi, − dedi. − Yog‘iy tashvishidan qutulsak, to‘qaylarni o‘g‘rilardan tozalagaymiz... Hozir ahvolni ko‘rib turibsiz 177- topshiriq. Matndagi lug’at bilan ishlash


9

Adabiyot

Uilyam Shekspir “Hamlet” fojeasi.4-dars. Asar timsollariga tasnif.

“Hamlet timsollariga tasnif” mavzusida insho yozish.

10

Adabiyot

O’. Hoshimov hayoti va ijodi.

Men 1941-yil 5-avgustda Toshkent biqinidagi Do‘mbirobod qishlog‘ida tug‘ilganman. Qishloqda, tag‘in, poytaxt biqinidagi qishloqda tug‘ilganim taqdirning hadyasi bo‘lsa ajab emas.Negaki ijodkorda qishloqning qalbi, shaharning aqli bo‘lishi kerak. Oyim bir gapni ko‘p aytardi: «Sen tug‘ilganingda qiyomat qoyim bo‘lgan edi. O‘ris xotinlar urush boshlanibdi,deb yig‘lagan, men – ammamning buzog‘i hayron bo‘lgandim. Urush allaqayoqda bo‘layotibdi-yu, bular nega dod soladi, degandim. Keyin aqlim yetdi».

Birinchi kitobim 3-kursda o‘qiyotganimda chiqqan. Bu«Po‘lat chavandoz» degan ocherklar to‘plami edi. Birinchi badiiy asarim – «To‘rt maktub» hikoyasi esa 1963-yil 17-aprel kuni «Toshkent haqiqati» gazetasida bosilgan (shundan beri har yil 17-aprelni o‘zimcha nishonlayman). Shu hikoya asosida «Cho‘l havosi» degan qissa yozildi. «Sharq yulduzi»da bosildi (To‘rtinchi kursda o‘qirdim). Qissaga atoqli adib Abdulla Qahhor nihoyatda xayrixohlik bilan xat yozganidan keyingina o‘zimga ishonch paydo bo‘ldi. Mendan yoz uvchi chiqishi mumkin ekan, degan xayolga bordim.

Toshkent zilzilasidan keyin – 1966-yildan 1982-yilgacha «Toshkent oqshomi» gazetasida bo‘lim mudiri bo‘lib ishladim. Bu davr men uchun eng hayajonli, eng sermahsul damlar bo‘ldi. «Bahor qaytmayd i», «Qalbingga quloq sol», «Kvazarlar» qissalari, «Nur borki, soya bor» romani, «Inson sadoqati», «Vijdon dorisi», «To‘yl ar muborak» sahna asarlari, ko‘plab hikoya va hajviyalar, publitsistik maqolalar shu yillarda yozilgan.


11.04.2020




8

Adabiyot

O’tilgan mavzularni takrorlash va mustahkamlash.

1.Shoirning turkiy devonida nechta g’azal kiritilgan?A.300 ta B.300ga yaqin

C.300 dan ortiq D.75 ta

2.Turkiy devonda neshta ruboiy va qit’a bor?

A.75,42 B.42,27 C.74,45 D.75,27

3. Bani jondan o`sondurdi, jafodan yor o`sonmazmu?

Falaklar yondi ohimdan, murodim sham`i yonmazmi? Baytda qanday badiiy san’at qo’llanilgan?

A.Talmeh B.Tazod C.Talmeh D.Tanosub

4. Dagildim ban sango moyil, san etding aqlimi zoyil Bango ta`n aylayan g`ofil , sani ko`rgach o`tonmazmi?

Baytda qanday badiiy san’at qo’llanilgan?

A.Talmeh B.Tazod C.Talmeh D.Tanosub

Nechuk qilmaz bango darmon, bani bemor sonmazmi? Baytdagi “qamu ”so’zini sharhlang.

A.Barcha B.Oshiq C.Bilmayman D.Emasdim

Javoblar:1.B 2.A 3.B 4.D 5.A


13.04 2020


5

Ona tili

O’zbek tili leksikasining boyish manbalari.

Uyga vazifa:527- mashqlar.



Mustaqillik yillarida hayotimizda katta o‘zgarishlar ro‘y berdi. Yangi-yangi tushunchalar vujudga keldi.

Yangi tushunchalar ko‘proq tilning ichki imkoniyatlari: a) shevalardan so‘z olish; b) so‘z yasash imkoniyatidan foydalanish asosida yuzaga keladi. Ba'zan yangi tushunchalar boshqa tillardan so‘z olish yo‘li bilan ham ifodalanadi. Bunday so‘zlar olinma so‘zlar hisoblanadi.

Shuni bilingki, dunyoda boshqa tillardan so‘z olmaydigan bironta ham til yo‘q. Kurash, yonbosh, chala, halol so‘zlari dunyoning barcha tillariga kirib borayotgani kabi, bizning tilimiz ham turmushimizga kirib kelgan bir qator yangi tushunchalarni ifodalovchi olinma so‘zlar hisobiga boyib bormoqda


6

Ona tili

Chama son va uning yasalishi.

Uyga vazifa:419-mashq.



Narsaning miqdorini chamalab, taxminlab ko’rsatadigan sonlarga chama son deyiladi.Ular -tacha,-lab,-larcha kabi qo’shimchalar yordamida hosil qilinadi.Shuningdek, chama ma’nosi sonlarni juftlash yo’li bilan ham ifodalanadi:ikki-uch,besh-olti,o’n-o’n besh.

7

Ona tili

Tasdiq va inkor so’zlar .

Uyga vazifa:“Otam bilan suhbat” mavzusida diolog tuzish. Unda tasdiq va inkor so’zlardan foydalanish .



Tasdik va inkor suzlar buyicha tushuncha berish.285-286 mashklarni bajarish.

9

Ona tili

Tinish belgilarining ishlatilishi.

Uyga vazifa: 225-mashq. Tushirib qoldirilgan tinish belgilarni o’rniga qo’yib, matnni ko’chiring.



Mavzuni o‘quvchilarga tushuntirishda hayotiy misollar keltirildi. O’qituvchi o’quvchilarga punktuatsiya bo’limi yuzasidan o’zlashtirganlarini eslatdi. O’zbek tilida o’nta tinish belgisi bo’lib, ularning ishlatilish o’rinlari haqida tushuncha berdi.222-mashqda berilgan O’tkir Hoshimovning fikri orqali o’quvchilarga kitob mutolaasi bo’yicha tarbiyaviy tushuncha berildi.

10

Ona tili

Matn va iqtiboz

Har qanday matnda muayyan bir uslub voqelanadi. Shunga ko‘ra so‘zlashuv matni, ilmiy matn, rasmiy matn, badiiy matn va publitsistik matn farqlanadi. Odatda matndagi yaxlit mavzumazmun, asosiy g‘oya, muallifning maqsadiga muvofiq uning no mi – sarlavhasi bo‘ladi.

Muayyan bir kishi muallif bo‘lgan matnda boshqa matnlardan olingan katta-kichik parchalar bo‘lishi mumkin. Bunday parchalar ifodalanayotgan fikrni dalillash, isbotlash, boshqa fikrni ma’qullash yoki rad qilish, tahlil va tanqid qilish, unga munosabat bildirish kabi turli maqsadlar bilan matnga kiritiladi. Bir matndan boshqasiga kiritilgan parcha iqtibos deb yuritiladi. Iqtiboslar har qanday nutq uslublarida ham kuzatilsa-da, ayniqsa, ilmiy matnda alohida o‘ringa

ega. Ilmiy matndagi iqtiboslar ilmiy matnning o‘ziga xos belgilariga aylangan.Badiiy matnda iqtiboslarning manbalari, ko‘pincha ataylab yashiriladi yoki turli ishoralar bilan ifodalanadi, bunda o‘quvchining bilimlari, umumiy badiiy-ma’rifiy tasavvurlari, badiiy-estetik idrokini harakatga keltirish naz arda tutiladi.


11

Ona tili

Matn lug’at bilan ishlash.

Uyga vazifa:

Sh.Rahmatullayev “O’zbek tilining izohli frezoologik lug’ati’dan olingan iboralarni ko’chiring. Ular ishtirokida gaplar tuzing.


Matn va lug’at ustida ishlash mavzusi yuzasidan darslikda berilgan ushbu iboralar ishtirokida gaplar tuzing.

Aravani quruq olib qochmoq, uddasidan chiqa olmaydigan ish yoki narsa haqida ortiq darajada maqtanmoq. Variant: aravani olib qochmoq; olib qochmoq; quruq aravani olib qochmoq.

Qo’y og’zidan cho’p olmagan-nihoyat darajada beozor, mo’min.

Katta ketdi-imkoniyatiga ortiqcha baho berdi.

Kim biladi-aniq aytib bo’lmaydi.

Hushi ketdi-mahliyo bo’lib qoldi



Adabiyot

Mustaqillik

davri adabiyoti

Dramaturgiya.

Uyga vazifa:120-121 betdagi ma’lumotlar asosida konspekt yozish. “Tanho qayiq” asarini mustaqil mutolaa qilish.



1. Mustaqillik davrida qanday dramatik asarlar yozildi? Ulardan qaysi birlarini o‘qigansiz

yoki tomosha qilgansiz?

2. Dramani o‘qing?

3. Nima uchun Erkin A’zam dramani «Tanho qayiq» deb nomladi?

4. Dramaning bosh qahramoni – Orol boboga xos fazilatlarni izohlang.

5. Orol bobo farzandlariga xos bo‘lgan sifatlarga baho bering?

6. Orol bobo va uning shogirdlari munosabatini matnga asoslangan holda sharhlang.

7. Amet nima uchun ovulga qaytdi?

8. Drama mavzusini hozirgi kun ekologiya muammosi bilan qiyoslab tushuntiring.


14. 04.2020

5

Ona tili

Eskirgan so’zlar.

Uyga vazifa:

Savollarga javob yozish. 530-, 531-mashq


Tilimizning ma'lum davrida qo‘llanilib, hozirgi kunda foydalanilmaydigan so‘zlarga eskirgan so‘zlar deyiladi.

So‘zlarning eskirishi ikki xil yo‘l bilan amalga oshadi.

1. So‘z o‘zi ifodalagan tushuncha bilan birgalikda eskiradi. Bunday so‘zlarga tarixiy so‘zlar deyiladi.

2. So‘z eskiradi, tushuncha saqlanadi va u boshqa so‘z bilan nomlanadi. Ularga arxaik so‘zlar deyiladi.


Adabiyot


Nodar Dumbadze

‘Hellodos” hikoyasini o’qish, hikoyada ilgari surilgan asosiy fikr- haqiqat nimadan iborat ekanligini aniqash.

6

Ona tili

Sanoq son.

Uyga vazifa: Savollarga javob yozish, 410-, 411 mashqlar



Son-sanoqni bildirgan sonlar sanoq sonlar deyiladi.Sanoq sonlar yozuvda, ko’pincha, arab raqami bilan yoziladi.bir,ikki,uch..

Adabiyot

Ibroyim Yusupov.

Uyga vazifa:”Qadrdon so’qmoqlar she’rini yod olish.



O’zbekiston va Qoraqalpog’iston xalq shoiri Ibrohim YusupovQoraqalpog’istonnig Chimboy tumani hududidagi Azot ovulida 1929-y 5-may kuni tavallud topgan.Shoirning”Kun chiqish yo’lovchisiga”,”Qora tol”,”Turnalar”she’rlari,”Dala armonlari”,”Mangu buloq”kabi dostonlari zanonaviy qoraqalpoq adabiyotining salmoqli yutuqlari bo’lib qoldi.

7

Ona tili


Mustahkamlash. (Yuklama, bog’lovchi, ko’makchi)

Uygavazifa:“O’lkamizda bahor’ mavzusida matn tuzing.



“O’lkamizda bahor’ mavzusida matn tuzing. Matnda bog’lovchi, yuklama, ko’makchilardan foydalaning.

1-4 topshiriklarni bajarish



8

Ona tili

Ajratilgan bo’lakli gaplar.

Uygavazifa:168-mashq.



Gapda biror bo`lakning ma’nosi so`zlovchi nazarida noaniqroq bo`ladi va uning ma’nosini aniqroq berish, izohlash maqsadida xuddi shunday boshqa bo`lakni gapga kiritadi. Masalan, Men ishni mana shundan boshladim gapida shundan to`ldiruvchisining ma’nosi noaniq. Shuning uchun so`zlovchi aniqroq ma’noli boshqa bir to`ldiruvchini gapga kiritadi: Men ishni mana shundan, ya’ni tushuntirishdan, boshladim. O`zidan oldingi bo`lakni izohlagan bunday bo`lak ajratilgan izoh bo`lak deyiladi. 182-topshiriq. Gaplar orasida tinish belgilarini qanday qo’yilganligini izohlang

9

Adabiyot

Insho. Hamlet timsoliga tasnif.

Mavzuni mustahkamlash.


6-sinf ona tili

15.04

Jamlovchi son va uning yasalishi.

Narsalarning miqdorini jamlab ko’rsatadigan sonlar jamlovchi sonlar deyiladi.Ular -ov,-ala,-ovlon kabi qo’shimchalar ordamida hosil qilinadi.ikkov,uchala

20.04

Sonlarning ma'no guruhlari.

Uyga vazifa: 407-mashq.




Sonlar narsalar, belgi-xususiyatlar,harakat-holatlarning miqdorini yoki tartibini bildiradi.Shunga bko’ra 2 guruhga bo’linadi:1) miqdor sonlar 2)tartib sonlar

Miqdor sonlar qanday miqdorni bildirishiga ko’ra sanoq,dona,chama,taqsim,jamlovchi,kasr sonlarni bo’linadi.



21.04

Taqsim son va uning yasalishi.

Uyga vazifa: 427-mashq




O`tilgan mavzu test orqali mustahmaklandi.Yangi mavzu bo`yicha misollar berildi va qoida ustida ishlandi.Sonning gapdagi vazifasi misollar orqali tushuntirildi.424-425-mashqlarning bajarilish usuli ko`rsatildi.

22.04

NI-ijodiy bayon. Sohibqiron őgitlari mavzusida

Uyga vazifa: Bayon yozish.



O`tgan darsda berilgan topshiriq javoblari izohlandi. Nazorat ishi. Ijodiy bayon yozish. “Sohibqiron o`gitlari” matni. Topshiriq: reja tuzish, matn asosida ijodiy bayonni yozish, matnda son so`z turkumidan va sohibqiron haqida qo`shimcha ma`lumotlardan foydalanish. Tayanch so`zlar: sohibqiron, mushohada, insonparvarlik, donishmand, oqibatlilik, sarkarda, bosiqlik. Ushbu tayanch so`zlar izohlandi.

23.04

Kasr sonlar va ularning yasalishi.

Uyga vazifa: 432-mashq




Dars miqdor sonlarning dona, chama, jamlovchi, taqsim kabi turlari va ularning qo`shimchalari jadvalini izohlash bilan boshlandi. Qoida mazmuni izohlandi. Matematika fani bilan bog`lab mavzuga mos misollar keltirildi. 428-429-430-mashqlarni bajarish usuli sharti asosida tushuntirildi.

27.04

Hisob sőzlar.

Uyga vazifa: 435-mashq




Sanoq son bilan sanaladigannarsalarni ifodalovchi so’z o’rtasida qollanilib bu narsaning o’lchovini bildiradigan so’zlar hisob so’zlar deyiladi: bir hovuch suv,ikki qop un, bir xalta handalak, besh chelak olma,o’n metr atlas.

28.04

Tartib sonlar.

Uyga vazifa: 439-mashq




Narsalarning miqdorini taqsimlab ko’rsatadigan sonlarga taqsim sonlar deyiladi.Ular -tadan qo’shimchasi yordamida hosil bo’ladi.

29.04

Mustahkamlash.

Uyga vazifa: 7-topshiriq




Dars davomida son so’z turkumi bo’yicha o’tilgan mavzularni mustahkamlash uchun kitobda berilgan topshiriqlar bajariladi.

4.04

Mustahkamlash.
Uyga vazifa:4-topshiriq.

O’tilgan mavzular yuzasidan takrorlash.Mashqlar bajarish.

5.05

Ravish.
Uyga vazifa:442-mashq.

Harakat va holatning bajarilish tarzi,payti ,o’rni, daraja-miqdori kabi belgilarni bildiruvchi va qanday?,qachon?,qayer(-ga,-da,-dan?),qancha? Savollariga javob bo’luvchi so’zlar ravish deyiladi:tonggi,sekin,quvonchli, tez,a’lo’, atayin kabi.

6.05

Ravishlarning ma’no turlari.

Tub va yasama ravishlar.

Uyga vazifa:446-mashq.


Sifatlar tub va yasama ravishlarga bo’linadi.Yasama ravishlar qo’shimchalar qo’shish,asos qismini juft va takror qo’llash yoki ikki asosni biriktirish yo’li bilan hosil bo’ladi .

Tuzilishiga ko’ra ravishlarning soda,qo’shma,juftva takroriy turlari farqlanadi.



11.05

Ravish yasovchi qo’shimchalar.

Uyga vazifa:448-mashq.



-cha,-lab,-larcha,-ona,-an,-chasiga qo’shimchalari ot,sifatga qo’shilib ravish yasaydi. BUkabi ravishlarda –dan,-ga,-da kelishik,-(s)I egalik qo’shimchalari asos qism bilan mustahkam birikib, hozirgi ajralmas holga kelgan:vijdonan,o’zicha,yangicha,yillab,bolalarcha

12.05

Ravishning ma’no turlari.

Uyga vazifa:454-mashq.



Ravishlar ma’nosiga ko’ra holat,payt,o’rin,miqdor-daraja,maqsad-sabab ravishlariga bo’linadi

.1-topshiriqdagi so’zlarni jadvalga joylashtirib olamiz.2-topshiriq Nuqtalar o’rniga ravishqo’ying.Bolakaygullarning rasmini ataylab chizdi.



451-mashq ravishlar qatnashtirib gap tuzing

Bu kunlarni yillab kutgandek

452-mashq :har kuni,kechqurun,ertalab ,hozirdanoq.


13.05

Holat ravishlari.

Uyga vazifa:459-mashq.



Savollarga javob topish.458-mashq.Holat ravishlariga ta’rif.Bilib oling.456-mashq.

18.05

Ijodiy bayon. “Vaqting ketdi- naqding ketdi.”

Uyga vazifa:Bayon yozish.



Mavzu matni bilan tanishtirildi.Shu mavzu asosida bayon yoziladi.

19.05

Payt ravishlari.

Uyga vazifa:463-mashq.



Ravishning ma’no turi.Paytni bildiradi.Qachon? so’rog’iga javob bo’ladi.Sakkizda,ertalab kabi so’zlar payt ravishlaridir.Mavzuga oid mashqlar bajariladi.

20.05

O’rin ravishlari.

Uyga vazifa:467-mashq.



Ravishning ma’no turi.O’rin-joyni bildiradi.Qayerga? qayerda?Qayerdan ? so’roqlaridan biriga javob bo’ladi.Uydan,qishloqqa kabi so’zlar o’rin ravishlari.

22.05

Miqdor-daraja ravishlari.

Uyga vazifa:471-mashq.



Miqdor-daraja ravishlari qancha/ nechta / so’roqlaridan biriga javob bo’ladi.Mashqlar bajarildi.Misollar keltirildi.


6-sinf Adabiyot

16.04

Ibroyim Yusupov ‘Qadrdon so’qmoqlar” she’rining tahlili.

Uyga vazifa:“Bolalik beg’uborlik” mavzusida hikoya yozing. Uni oila davrasida o’qib bering.




“Qadrdon so’qmoqlar” she’rih=ga epigraf qilib olingan maqolga e’tibor bering:”Har kimning tug’ilgan yeri –Misr shahri”.Ma’lumki Misr mamlakatida dunyoning eng qadimgi va go’zal shaharlari joylashgan.Odamlar bu shaharlarni bir bora ko’rish,ular bag’rida sayoatga borishni orzu qilishadi/ Lekin shoir o’zimimg tug’ilgan ovulini misrdagi muazzam shaharlardan kam ko’rmaydiki,she’rini ham xalqning shu ibratli maqoli bilan boshlaydi.

21.04

NI-test

Uyga vazifa: Berilgan testlargni echish.



1. Ibroyim Yusupovning “qadrdon so’qmoqlar” she’riga epigraf qilib olingan ibratli maqol qaysi edi?

2.Ibroyim Yusupovning qaysi asari o’zbek tiliga tarjima qilingan?

Yuqoridagi kabi o’tilgan mavzularga oid testlar berildi.


23.04

Mustahkamlash. Zulfiya misolida.

Uyga vazifa: “O‘zbekiston bag‘ri keng diyor” insho yozish



“Chala xat “ metodi

“Bahor keldi seni so’roqlab”

Hijroning qalbimda, sozing qo’limda,,

Hayotni kuylayman, chekinar olam,

Tunlar tushimdasan, Kunduz yodimda,

Men hayot ekanman, hayotsan sen ham



Download 136.76 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   2   3   4   5   6   7




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling