23.04.
23.04. J. London «Hayotga muhabbat»
Uyga vazifa: savollarga javob yozish
|
Jahon adabiyotining yirik namoyandalaridan biri Jek London Kaliforniya shtatining San-Fransisko shahrida fermer oilasida tug‘ildi. U yoshligidan ko‘plab kasblar bilan mashg‘ul bo‘lib, hayotda turli mashaqqatlarni boshidan kechiradi. Kaliforniya universitetida o‘qiy di, oradan biroz vaqt o‘tib o‘qishni tashlashga majbur bo‘ladi.
Yozuvchining adabiy faoliyati 1893-yilda boshlangan. Butun ijodiy faoliyati davomida yigirmaga yaqin roman, yuz ellikdan ortiq hikoya yozadi. «Bo‘ri bolasi», «Izg‘irin bolalari» kabi
asarlarida, asosan, mamlakatning shimoliy o‘lkalari to‘g‘risida hikoya qilinadi. «Qor qizi», «Hayot uchquni», «Insonga ishonch» kabi asarlarida sarguzasht motivi yetakchilik qiladi. Jek London qahramonlari har doim erkka intiladilar, o‘z burch va majburiyatlarini har xil sharoitlarda chin dildan bajaradilar, hayot mashaqqatlarida toblanadilar. Adibning qahramonlari har qanday holatda ham insoniylikka xiy onat qilmaydi. Ayrim hikoyalarida tabiat bilan uyg‘unlashib ketgan kurashchan, zahmatkash insonlarning hayoti tasvirlanadi.
Yozuvchining «Dengiz bo‘risi», «Martin Iden» va «Uch qalb» romani dunyo adabiyotining nodir namunalari sanaladi.
Jek London 1916-yil vafot etadi.
|
25.04.
|
J. London «Hayotga muhabbat»
Uyga vazifa: fikrnoma yozish
|
Jek London «Hayotga muhabbat» hikoyasida insonni tabiat kuchlari bilan yonmayon, unga basma-bas tarzda tasvirlaydi. Insonning kurashuvchanligi va umidiga urg‘u
beradi. Hikoya qahramoni ning hayotga bo‘lgan muhabbati o‘lim ustidan g‘alaba qozonadi.
Hikoya o‘ziga xos syujet qurilishiga ega. Boshida yo‘lga chiqqan, aniqrog‘i borgan
yo‘lidan iziga qaytayotgan ikki yo‘lovchining holati tavsirlanadi. Ulardan biri – Bill oyog‘i cho‘loqlanib qolgan sherigini tashlab ketadi. Shundan keyin bepoyon kengliklarda bittagina qahramonning o‘zi qoladi. Yo‘lda boshidan kechirgan mashaqqatlari, ochlikdan sillasi qurib, tabiatning turli
ne’matlaridan tatib ko‘rishlari, atrofidagi hayvo va qushlarni tutib yeyishga uri nish va boshqalari juda ta’sirli va aniq tasvirlanadi. Ortda qolgan yo‘lovchini Jek London negadir nomlamaydi. Od diygina qilib «odam» deb qo‘ya qoladi. Bu bilan adib nima demoqc hi bo‘lgan? Balki muallif mana shu birgina obraz misolida butun insoniyatning matonatini, sabr-bardoshini aks ettirib bermoqchi ham bo‘lgandir?Odatda, Jek London asarlarida oltin izlovchilar, oltinni qo‘lga kiritish yo‘lida turli mashaqqat va sarguzashtlarga duch kelgan insonlar taqdiridan hikoya qiladi.«Hayotga muhabbat» hikoyasining ikki qahramoni ham kerak manzilga yetib borib, xaltalariga keraklicha – o‘zlari ko‘tarishga kuchi yetguncha oltin solib olgan ikki kimsa. Shu ikki inson oltin bilan sinaladi.
|
28.04
|
Alfons Dode hayoti va ijodi
Uyga vazifa: mavzuga doir qo‘shimcha ma’lumot topish.
“So’nggi saboq”
hikoyasini o’qish,
|
Mashhur fransuz adibi Alfons Dode 1840-yil 13-mayda Fransiyaning Nim shahrida
tug’ilgan. 17 yoshida Ernest degan akasi bilan Parijga ko’chib borisjadi. 1-kitobi:
“Tegirmonimdan xatlar” hikoya. 1869-y.
Avtobiografik asari: “Kichkintoy” roman. 1868-y. “Tarasonlik Tartsenning
sarguzashtlari”, “Kichik foromon va katta Risler”, “Roza va Ninetta”.
|
30.04
|
Alfons Dodening “So’nggi saboq”asari
Uyga vazifa: “Ona tilim-sen
borsanki” mavzusida
matn yaratish.
|
Hikoyada sinf xonasi, undagi har bir predmet birma-bir aniq tasvirlanadi. Ushbui
darsga har kungidan boshqacharoq kiyinib kelgan muallimning ust-boshini batafsil
ta’riflaydi. U bamisoli bayramdagidek kiyingan. Bu, tabiiyki, adibning badiiy
mahoratini ko’rsatadi. Ammo fransuz xalqi bu yerda og’ir musibatni
kechirayotganiga, xuddi o’z ona tillarini qabrga qo’yayotgandek bo’lganiga, ayni
paytda sinf xonasida yoshi ancha katta kishilar ham o’tirganlariga urg’u beradi.
Hikoyadagi “Biz fransuzlar doim o’qishni orqaga suramiz” degan gap ham har
kimni o’ylantiradi. Hozirgi zamonga xolis baho berdaigan bo’lsak, nafaqat
fransuzlar, balki butun dunyo yoshlari ham ko’pincha yalqovlik bilan o’qishni,
bilim olishni orqaga suradi.
|
2.05
|
She’riy san’atlar.
Uygavazifa:Mubolag’a,tashbehga misol topib yozish.
|
Mubolag’a –arab tilida “Kattalashtirish”, “kuchaytirish” ma’nosini bildirib adabiy
asarda tasvirlanayotgan badiiy timsol holati yoki harakatini bo’rttiribroq,
kuchaytirib ifodalash san’ati demakdir. Bu xil tasvirda badiiy timsol xususiyalari
yaqqolroq namoyon bo’ladi. O’quvchi ko’zi oldida yorqinroq gavdalanadi.
Alisher Navoiyning
Mehr emas, ohim o’tidin ko’kka yetmish bir sharar
Ayb emasdur gar desam: “Dam ursam aflok o’rtanur”
Tashbeh- Shar adabiyotida keng tarqalgan san’at bo’lib, “o’xshatish” ma’nosini
ifodalaydi. Ikki narsa yoki tushunchani ular o’rsasidagi haqiqiy yoki majoziy
munosabatlarga ko’ra o’xshatish san’atidir. Masalan: Furqatning
Labing g’uncha, yuzing ikki qizil gul
Qading sarvu, soching go’yoki sunbul.
|
6.05
|
She’riy san’atlar.
Uyga vazifa:She’riy asarlardan tazod,husni ta’lil va istioraga misollar yozish..
|
Husni ta’lil- fikrni asoslash san’atidir. Ammo bu asoslash real, hayotiy bo’lmasdan
faqat shoirona asoslash bo’ladi.
Istiora- arabcha so’zdan olingan bo’lib, “qarz olish” ma’nosida keladi. Istiora ikki
narsa o’rtasidagi o’xshashlika asoslanadi. Tashbehdan farqli ravishda, o’xshatish
vositasi va o’xshatish sababbi qo’llanmaydi.
|
7.05
|
She’riy san’atlar.
Tanosib, tajohil ul orif va nido
san’atlari
Uyga vazifa:167-180-betlar she’riy san’atlar mavzusini o’qish.
|
Tanosib- Shoirning mantiqanbir-biriga bog’liq va bir-birini taqazo etadigan
so’zlardan foydalanishiga aytiladi. Masalan, bir baytda “gul” so’zi ishtirok etsa, u
o’zidan “tikon”, “guliston”, “shabnam”, “bulbul” kabi so’zlarning bo’lishini taqazo
qiladi.
Tajohil ul-orif- bu san’at mohiyatini bilib bilmaslikka olish tashkil etadi. Adib o’zi
bilgan narsani yana boshqalardan so’rab turgandek bo’ladi.
Nido-boshqa she’riy san’atlardan bevosita inson qalbidagi his va hayajonlarni
ochiq va kuchli tasvirlab bera olish imkoniyati bilan ajralib turadi
|
13.05
|
Aruz vazni.
Uyga vazifa: Atoyining
“Oyoqing’a tushar
har lahza…” va “Ul
sanamkim”
g’azallari qaysi
bahrda yozilganligini
aniqlash. Mavzu
bo’yicha g’azal tahlil
qiling.
|
Aruz vazni-Barcha misralardagi hijolar soni teng bo’ladi; Misralar muayyan
bo’laklarga (rukn) bo’linadi; Hijolar sifati muhim: qisqa, cho’ziq, o’ta cho’ziq.
Cho’ziq va qisqa hijolarning ma’lum tartiubda guruhlanib takrorlanishidan hosil
bo’ladi. Cho’ziq, qisqa va o’ta cho’ziq hijolar. Qisqa hijio (V)- qisqa unli bilan
tugagan yoki unlidan iborat urg’usiz bo’g’in:
Ki-tob
V -
Cho’ziq hijo (-) – tarkibida qisqa unli bo’lgan yopiq bo’g’in yoki cho’ziq unli bilan
tugagan urg’uli ochiq bo’g’inidir.
O’ta cho’ziq hijo- (-V) misra oxirida (~) Tarkibida cho’ziq unli bo’lgan yopiq
bo’g’in yoki qator undosh bilan tugagan yopiq bo’g’in.
Agar baytda ruknlar soni 4 ta bo’lsa murabba, agar baytda ruknlar soni 6 ta bo’lsa
musaddas, agar baytda ruknlar soni 8 ta bo’lsa musamman deb yuritiladi
|
16.05
|
She’r vaznlarini aniqlash.
Uyga vazifa:A.Navoiyning darslikda berilgan g’azallari vaznini belgilash.
|
Vasl- cho’ziq hijoni vazn talabi bilan qisqa hijoga aylantirish.
Fas-li nav-ba-hor o’l-di, ke-ti-bon zi-mis-ton-lar
Suh-ba| t aylay-lik jo’-ra-lar o’r-to|g’-lar
She’r vaznini belgilash
A-gar o-shiq li-g’im ayt-sam, ku-yub jon-u ja-hon o’r-tar
V - - - V - - - V - - - V - - -Bu ishq sir-rin ba-yon et-sam, ta-qi ul xo-nu- mon o’r-tar
V - - - V - - - V - - - V - - -Mafoiylun Mafoiylun Mafoiylun Mafoiylun
Tuyuqlar vazni
Ko’ng-lu-ma-har yon-ki boq-sam do-g’i bor (11)
- V - - - V - - - V -Har ne-cha dar-dim-ni de-sam, do-g’i bor (11)
- V - - - V - - - V -
|
20.05
|
Bir g’azal tahlili.
Uyga vazifa:O’zingizga ma’qul bo’lgan biror g’azalni tavsiya etilgan namuna asosida tahlil qiling.
|
Darslikda berilgan ijodkorlarning g’azallari tahlil qilindi.She’riy san’atlar topildi.
|
23.05
|
Mumtoz adabiyot janrlari.Ruboiy,tuyuq,qit’a va musammat.
Uyga vazifa:1.Mumtoz she’riy janrlar haqida o’rganish.
2.Tavsiya etilgan adabiyotlarni ta’tilda o’qish.
|
Mumtoz adabiyot janrlari haqida ma’lumat berildi.Ruboiy,tuyuq,qit’a va musammatga ta’rif.Misollar bilan asoslandi.
|
10-sinf. Ona tili
|
16.04
|
Matn va iqtibos. Mashqlar ustida ishlash.
Uyga vazifa: 116-mashq.
|
116-mashq.
1. Nutqiy uslublarning qanday turlarini bilasiz?
2. Uslubiy vositalardan to‘g‘ri va o‘rinli foydalanish bilan nutq qanday sifatlar kasb etadi?
3. Nutqda uslubiy bo‘yoq qaysi leksik vositalar orqali yuzaga chiqadi?
4. Terminlar qaysi nutqiy uslubning ajralmas qismi hisoblanadi?
5. –ark o‘plik shaklining ang abo va uslubiy vazifalarini ayting.
6. Subyektiv baho ifodalovchi qo‘shimchalarga misol keltiring. Ularni so‘zlarga qo‘shib, gaplar tuzing.
7. So‘z tartibining o‘zgarishi qanday uslubiy ifodalarni yuzaga keltiradi?
8. Gapning ifoda maqsadiga ko‘ra qaysi turlarida taajjub, ta’kid, ogohlantirish kabi uslubiy ma’nolar yaqqol ifodalanadi?
9. Undalmalar uslub talabi bilan qanday subyektiv munosabatlarni namoy on etadi? Fikringizni misollar bilan tushuntiring.
10. Kirishlar va kiritmalarning bir-biridan farqini ayting.
11. Tilning eng yirik birligi nima?
12. Iqtibos deb nimaga aytiladi va u ko‘proq qaysi nutqiy uslubda kuzatiladi?
118-mashq. Quyidagi ma’lumotnomani o‘qing, unga xos bo‘lgan xususiyat larni ayting.
|
20.04
|
Luğat bilan ishlash. «Vatan» sőzi…
Uyga vazifa: adabiy asarlardan “Vatan” so‘zi ishtirok etgan o‘rinilarni topib yozish
|
VATAN, mamlakat, yurt, diyor, el, mulk. Kishi tug‘ilib o‘sgan, o‘zi uning fuqarosi bo‘lgan joy, territoriya. Vatan so‘zida fuqaro, xalq tushunchasi u mansub bo‘lgan joy tushunchasi bilan birlashgan, shuningdek, unda joy (hudud)ning fuqaro, xalq mansubligi, uning «yashash joy»I bo‘yog‘I aks etib turadi. Mamlakat ko‘proq adabiy
nutqqa xos bo‘lib, unda «yashash joyi» bo‘yog‘I juda kuchsiz, hatto yo‘q darajada bo‘ladi. Bu so‘z, umuman, biror xalq yoki xalqlar uchun umumiy (birlashtiruvchi) hududni bildiradi. Yurt ko‘proq oddiy nutqqa xos va u ma’lum joy (hudud) bilan shu joyga mansub xalqni ham qo‘shib ifodalay oladi. El nisbatan eskirgan, hozir ko‘proq ang a asarlarda uchraydi. Diyor ang a uslubga xos. Bu so‘z, umuman, ma’lum bir joy ma’nosida (ma’lum bir xalqqa mansublik tushunchasisiz) ham qo‘llanadi
|
23.04.
|
Juda sőzining sinonimlari
Uyga vazifa: adabiy asarlardan “juda” so‘zi ma’nodoshlariga misollar topish
|
JUDA, g‘oyat, g‘oyatda, bag‘oyat, nihoyatda, benihoya, ashaddiy, o‘taketgan, toza, rosa, xo‘p (xo‘b), biram, chunon, beqiyos, mislsiz, obdan, o‘bdan, chandon, zap, ko‘p, o‘ta, uvvalo, bisyor, yomon, kamoli, kiroyi, o‘lgu(n)day, o‘larday, o‘larcha, qattiq. Yuqori darajada, ortiq darajada. G‘oyat, g‘oyatda, nihoyatda, benihoya, rosa, toza ma’noni yana ham kuchli bo‘yoqda ifodalaydi. Benihoya(t) nisbatan kam qo‘llanadi. Ashaddiy, o‘taketgan so‘zlari sifatiy belgiga nisbatan qo‘llanadi. Bularda belgi darajasi kuchli. Obdan, o‘bdan, rosa, chunon so‘zlari, asosan, harakatning belgisini bildiradi va bularda harakat darajasi juda so‘zidagidan past roq bo‘lishi ham
mumkin. Xo‘p, rosa, biram, zap so‘zlari bu ma’noda, asosan, so‘zlashuv uslubiga xos. O‘ta so‘zida belgi darajasi yana ham kuchli. Bu so‘z oddiy so‘zlashuvda deyarli qo‘llanmaydi. Uvvalo faqat harakatga nisbatan qo‘llanadi. Bu so‘zda belgi darajasi kuchli. Lekin juda kam qo‘llanadi. Bis ang abo, kitobiy. Shunga ko‘ra hozir yozuvda juda kam qo‘llanadi. Yomon oddiy, jonli nutqqa xos.
|
27.04.
|
Ish qoğozlari ustida ishlash. Ma'lumotnoma
Uyga vazifa: O‘z nomingizga turar joyingiz haqida ma’lumotnoma tayyorlang
|
Ish qog’ozlari rasmiy uslubda yoziladi. Hujjatshunoslik davlatchilk bilan bog’liq
bo’lib, uning ildizi qadimgi davrlarga borib taqaladi.
Ish qog’ozlar:
1)Aniqlik va ixchamlik 2)Muayyan nutqning mavjudligi
3)Tayyor sintaktik qurilmalar
4)Badiiy tasvir vositalarining bo’lmasligi
MA’LUMOTNOMA
MATN
MATN
RAHBAR FISH
KOTIB(A) FISH
SANA
Ma’lumotnoma
1)obyektivka
2)tug’ilganlik haqida hujjat
3)sog’lomlik haqida hujjat
4)Ish haqi miqdorini tasdiqlash to’g’risida hujjat
5)nafaqa haqida ma’lumot
Manzil-ma’lumot kabi turga bo’linadi.
|
4.04
|
Ish qog’ozlarining ishlatilishi
Uyga vazifa:4-topshiriq.
|
Ariza,tilxat, ma’lumotnoma, chaqiruv qog’ozi, taklifnoma, shartnoma, e’lon,
tavsifnoma, dalolatnoma, hisobot kabilar shu uslubda bitiladi. Bunday uslubdagi
hujjatlar qisqa, aniq, barcha uchun tushunarli bo’lishi lozim. Mazkur uslubning asosiy
belgisi: jumlaning bir qolipda, bir xil shaklda bo’lishi. Hujjatlar matnini tuizishda
turg’unlashgan, qopillashgan so’z birikmalaridan ko’proq foydalanish zarur. Chunki
qopiplashgan, yagona doimiy shaklga egan bo’lgan so’z tizimlari, iboralar,
muhandislik psixologiyasi ma’lumotlariga ko’ra, boshqa so’z birikmalariga qaraganda,
8-10 marta tez idrok qilinar ekan. Buning ustiga, qoliplashgan
|
7.05
|
Mashqlar bilan ishlash.
Uyga vazifa:122-mashq.
|
Bilimga eltuvchi yagona yo’l faoliyatdir (Bernard Shou)
120-mashq. Ritorik so’roq gaplardan anglashilayotgan inkor va tasdiq ma’nolariga diqqat
qiling, shakl va mazmun o’rtasidagi zidlikka izoh bering.
1) Bir kechagina yotib ketsangiz, nima bo’ladi!Uyingizni bo’ri yeb ketarmidi!
2) Borsam boraveraman-da, uyda bolam qolib ketarmidi
|
11.05
|
Matn bilan ishlash.
Uyga vazifa:Mashhur o’zbek olimlaridan biri haqida matn tuzing.
|
Matnga sarlavha toping.
1. Hassos shoira
2. Hayot ma’nosi
3. Muzayyana Alaviya
4. Benazir olima
5. Ilmga bag’ishlangan umr
Matn yuzasidan savollar:
1)Olima adabiyotshunoslikning qaysi sohasida izlanishlar olib brogan?
2)Qanday janrlarda badiiy asarlar yaratgan va bu asarlar qaysi to’plamiga jamlangan?
|
14.05
|
Til va nutq.Nutq uslublari .
Uyga vazifa:Maktabingiz Yoshlar Ittifoqi haqida maqola yozing.(Video insho)
|
Til birliklari ikki turga bo’linadi:
1)Uslubiy betaraf: Ishlamoq, kitob, uy, suv
2)uslubiy xoslangan: terminlar.
So’zlashuv uslubi:
1)asosan og’zakishaklda
2)oddiy so’zlashuv va adabiy so’zlashuv ko’rinishida
3)sheva so’zlari va chegaralangan so’zlardan foydalanish
Publitsistik uslub:
1)lotincha “ijtimoiy” degan ma’noda
2)fikrni dangal, oshkora ifodalovchi
3)ijtimoiy-siyosiy so’z, iboralardan foydalanuvchi
4)tezkor
5)targ’ibot-tashviqot qiluvchi.
Rasmiy uslub
1)Aniqlik va ixchamlik
2)Muayyan nutqning mavjudligi
3)Tayyor sintaktik qurilmalar
4)Badiiy tasvir vositalarining bo’lmasligi
Ilmiy uslub
1)Aniqlik, faktlarga tayanish
2)obyektiv yondashuv
3)Ilmiy iqtiboslarning mavjudligi
4)Atama termkinlardan foydalanish
Badiiy uslub
1)Badiiy tasvir vositalarining mavjudligi
2)so’zlarning ko’chma ma’noda qo’llanilishi
3)Obrazlilik
4)Atama termkinlardan foydalanish
5)Imkoniyatning kengligi (sheva, chegaralangan so’zlardan foydalanish)
|
18.05
|
Leksik vositalarni nutqiy uslublarda qo’llash.Takrorlash.
Uyga vazifa:Mumtoz she’rlarda qofiya so’zlari paronim va omonim bo’lgan 4 ta tuyuq topib yozish.
|
Qo‘shma gaplar uni tashkil etadigan qismlar orasidagi mazmuniy munosabatlarni ifodalaydi,
shu tariqa real olamdagi ikki voqeahodisa o‘rtasidagi aloqadorlikni, xususan, sabab-oqibat,
maqsad, shart, to‘siqsizlik, payt kabi bir qancha munosabatlarni aks ettiradi. Qo‘shma gap
qismlarining birikishida xilma-xil bog‘lovchi vositalar ishtirok etishi yoki ishtirok etmasligi
mumkin. Bu bog‘lovchi vositalarning ishtirokiga ko‘ra tegishli mazmun ifodasida turli farq va
o‘ziga xosliklar yuzaga keladi, bir-biri bilan ma’nodosh sintaktik birliklar paydo bo‘ladi. Ana
shular hisobga olinsa, qo‘shma gaplarning qanchalik katta uslubiy imkoniyatlarga ega ekanligi
ma’lum bo‘ladi.
Qo‘shma gaplarning bog‘lovchili va bog‘lovchisiz turlari farqlanadi.
|
21.05
|
Morfologik vositalarni nutqiy uslublarda qo’llash.Takrorlash.
Uyga vazifa:Subektiv baho ifodalovchi qo’shimchalar ,inkor ifodalovchi vositalar uslubiyatiga oid misollar toping daftaringizga yosing.
|
Morfologik vositalar.Erkalash,kichraytirish,ko’plik qo’shimchalari.Inkor qo’shimchasi va yuklamasi.
|
9-sinf. Ona tili
|
16.04
|
Nuqta va vergulning ishlatilishi
Uyga vazifa: 229-mashq.103-betdagi savollarga og’zaki javob berish
|
O’qituvchi o’tilgan mavzuni savollar berish orqali mustahkamladi. Nuqta va vergulning qachondan ishlatila boshlaganligi , qaysi o’rinlarda ishlatilishi haqida tushuncha berildi. Badiiy asarlardan shu tinish belgilarining ishlatilishiga doir misollar keltirildi. Erkin Vohidovning vergul haqida bitilgan hazilnamo she’ridan parcha aytib, o’quvchilarning ang abo’lgan qiziqishini oshirdi. Vergulni yana nimaga qiyoslash mumkinligi haqida o’ylab ko’rishlarini aytdi.
|
20.04.
|
Undov va so‘rov belgisi, uning ishlatilishi.
Uyga vazifa: 234-mashq
|
O`qituvchi bolalarning fanga bo’lgan qiziqishini oshirish maqsadida badiiy bo’yoqdor so’zlardan, ta’sirchan fikrlardan foydalanishga harakat qildi. So’roq belgisining nimalarga o’xshatilishi haqida qiziqarli ma’lumotlarni aytib o’tdi. Turli misollar keltirish orqali har ikkala tinish belgisining ishlatilishini tushuntirib o’tdi. Darslikda mavjud bo’lmagan ma’lumot, ya’ni so’roq va undov belgisining gap ichida qavsga olib berilshi orqali qanday ma’no ifodalanishini tushuntirib o’tdi.
|
23.04.
|
Ikki nuqta va nuqtali vergul. Uyga vazifa: 240-mashq
|
|
27.04.
|
Tire va qőshtirnoqning ishlatilishi.
Uyga vazifa: 246-mashq
|
|
30.04
|
Ko‘p nuqta va qavsning ishlatilishi.
Uyga vazifa: Mavzuga oid badiiy asarlardan gaplar ko‘chirib yozish
|
|
4.05
|
Mustahkamlash.(Tinish belgilari yuzasidan)Matn ustida ishlash.
Uyga vazifa:114-betda savollarga javob berish.
|
|
7.05
|
Ish qog’ozlari ustida ishlash.Tushuntirish xati,ariza
Uyga vazifa:Sinfdoshlaridan biriga tavsifnoma yozish.
|
|
11.05
|
Qo’shma gaplar va ularning uslubiyati yuzasidan takrorlash.
Uyga vazifa:262-mashq.
|
|
14.05
|
Ko’chirma va o’zlashtirma gaplar.Ular uslubiyati yuzasidan takrorlash.
Uyga vazifa:267-mashq.
«Xayr, maktabim!» mavzusida matn tuzing
|
264-mashq. Ko‘chirma gaplarni toping, ularni o‘zlashtirma gaplarga aylantiring va ular o‘rtasidagi farqlarni tushuntiring.
1. «Esli odam so‘z boshlamas «men» bilan…», – degan turkman shoiri Maxtumquli. 2. Kamoliddin Binoiy shunday demishKishi yaxshiligi ishidan ma’lum, yaxshi yil bahor-u qishidanma’lum». 3. O‘zbek xalq maqollaridan birida: «Odam qo‘li – cho‘lni bo‘ston qiladi», – deyilgan. 4. «Tandan ham aql ortiqbiz ana shu aqlga tanni bo‘ysundirishimiz kerak», – deb yozganedi qozoq shoiri Abay. 5. «Aql, – deb yozadi Jaloliddin Rumiy aqldan quvvat oladi».
|
|