Ijtimoiy hodisa
M. Asqarova, Sh. Shoabdurahmonov, Azim Hojiyev, A. Rustamov, N. Mahmudov, A. Nurmonov
Download 451.19 Kb.
|
Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shaklla
M. Asqarova, Sh. Shoabdurahmonov, Azim Hojiyev, A. Rustamov, N. Mahmudov, A. Nurmonov va boshq.
1934-yilda Toshkentda Til va adabiyot ilmiy instituti ochilgan. 5-DARS. TIL FANINING BO‘LIMLARI
6-DARS. FONETIKA Fonetika so‘zi grekcha phone – “tovush” so‘zidan olingan. Tovushlar 2 xil: a) nutq tovushlari (tilshunoslikning fonetika bo‘limida o‘rganiladi): inson tovushlari b) fizik tovushlar (fizika fanining akustika bo‘limida o‘rganiladi): tabiatdagi insondan tashqari tovushlar Fonetika bo‘limi nimalarni o‘rganadi? Urg‘u Bo‘g‘in Nutq tovushlari Tovush o‘zgarishlari Nutqimizni bo‘laklarga ajratsak, uning oxirgi bo‘linish nuqtasi tovush (yozuvda harf) hisoblanadi. Bo’linish jarayonini misollarda ko‘ramiz: Gap: O‘zbekiston – umumiy uyimiz. So‘zlar: O‘zbekiston, umumiy, uyimiz. Bo‘g‘inlar: O‘z-be-kis-ton, u-mu-miy, u-yi-miz. Tovushlar (yozuvda harf): O‘, z, b, e, k, i, s, t, o, n, u, m, u, m, i, y, u, y, i, m, i, z. Ko‘rinib turibdiki, eng oxirida bo‘linishning oxirgi nuqtasi bo‘lib tovush qoldi. Fonetika bo‘limi ana shunday nutq tovushlarini o‘rganadi. § Nutq tovushlari va ularning hosil bo‘lishi Inson talaffuz qiladigan tovushlar nutq tovushlari deyiladi. Nutq tovushlari nutq a’zolari yordamida hosil qilinadi. Nutq a’zolari 10 ta: 1. O‘pka 6. Yumshoq va qattiq tanglay 2. Kekirdak 7. Yuqori va pastki lablar 3. Tovush paychalari 8. Yuqori va pastki tishlar 4. Og‘iz bo‘shlig‘i 9. Burun bo‘shlig‘i 5. Katta va kichik til 10. Bo‘g‘iz bo‘shlig‘i Nutq tovushlarining asosiy vazifasi – so‘z ma’nolarini farqlashdan iborat. Masalan, tok, tom, tol, tosh. Bu so‘zlarda k, m, l, sh kabi nutq tovushlari so‘z ma’nosini farqlamoqda. Nutq tovushlari qanday hosil bo‘ladi? Nutq tovushlarini hosil qilishda o‘pkadan chiqayotgan havo nafas yo‘li bilan kekirdak orqali bo‘g‘izga, undan og‘iz bo‘shlig‘iga yoki burun boshlig‘iga o‘tib tashqariga chiqadi. Tovushning yozuvdagi ifodasi harf deyiladi. Biz harflarni ko‘ramiz va yozamiz, tovushlarni esa eshitamiz va talaffuz qilamiz. Nutq tovushlarini hosil qilishda qaysi organlar FAOL ishtirok etadi? § Nutqiy faoliyat So‘zlovchi va tinglovchi o‘rtasidagi axborotni uzatish va qabul qilish jarayoni nutqiy faoliyat deyiladi. Nutqiy faoliyat yozma ravishda ham amalga oshirilishi mumkin. Masalan, xat, SMS, faks, telegramma. Shveysariya olimi Ferdinand de Sossyur nutqiy faoliyatning til va nutq zidlanishi asosida amalga oshishini ta’kidlaydi va tilshunoslikda til va nutq tushunchalarini farqlaydi.
Til va nutq quyidagicha zidlanadi: Tilning fonologik (fonetik) sathining birligi fonema bo‘lsa, fonemaning real talaffuz qilingan, quloq bilan eshitiladigan ko‘rinishi fon (allafon) yoki tovush hisoblanadi. Masalan, tosh va tom so‘zlari sh va m tovushlarini farqlaydi. Demak, sh va m alohida-alohida fonema deb olinadi. TOPSHIRIQ. Allafon (tovush)larni to‘g‘ri joylashtirib, gapni o‘qing: Gatakat hurdamat lo‘b, gachikki zatizda. § Tovush va fonema Tovush – nutq jarayonida real talaffuz qilingan, qulog‘imiz bilan eshitgan eng kichik va boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan nutq parchasi. Masalan, a, o, p, b, t va h. k. Fonema – bevosita kuzatishda bir necha tovushlar orqali talaffuz qilinuvchi so‘z va uning ma’noli birliklarini shakllantirish va farqlash vazifasini bajarishga xoslangan, ketma-ketlik jihatidan boshqa mayda bo‘lakka bo‘linmaydigan eng kichik til birligi. Masalan, ust, sut, tus so‘zlarida t, s, u tovushlari mustaqil fonemalardir. Tosh va tom so‘zlarida sh, m; tosh va tesh so‘zlarida o, e; tosh va qosh so‘zlarida esa t va q tovushlari so‘z ma’nolarini farqlash uchun xizmat qiladi va ana shuning uchun ular ham fonemalardir. Bundan kelib chiqadiki, tildagi har qanday fonema tovush bo‘la oladi, lekin har qanday tovush fonema bo‘la olmaydi. § Unli va undosh fonemalar. Ularning o‘zaro munosabati Fonemalar 2 ta katta guruhga bo‘linadi: Unlilar Undoshlar UNLILAR Faqat un (ovoz) dan iborat bo‘lgan va bo‘g‘in hosil qila oladigan fonemalarga unli fonemalar deyiladi. Hozirgi o‘zbek adabiy tilida 6 ta unli fonema mavjud: u, a, o‘, o, e, i. UNLILARDA: ohangdorlik yuqori; faqat ovoz bo‘ladi; o‘zbek tilida yonma-yon kelmaydi. Masalan, soat, mutolaa, tabiiy, manfaat, taajjub – o‘zbekcha so‘z emas; xohlagancha cho‘zib talaffuz qilish mumkin. Masalan, Y-u-u-u-u-u-u-u-r, muhabbat, ketdik bu yerdan. (Qo‘shiqdan); urg‘u oladi. Masalan, òlma, rúchka va h.k.; bo‘g‘in hosil qila oladi. Hatto bir unli ham. Masalan, o-ta, o-na, o-pa, a-ka va h.k. Unlilarda klassifikatsiya (bo‘linish) Unlilar 3 xil yo‘l bilan bo‘linadi. Bunda faol nutq a’zolaridan bo‘lgan lab va tilning harakati va holati asos bo‘ladi. UNLILAR KLASSIFIKATSIYASI CFDF Tilning gorizontal holatiga ko‘ra Lablarning ishtirokiga ko‘ra Tilning vertikal harakatiga ko‘ra 1. TILNING GORIZONTAL (YOTIQ) HOLATIGA KO‘RA: til oldi unlilar: a, i, e til orqa unlilar: u, o‘, o 2. TILNING VERTIKAL (TIK) HARAKATIGA KO‘RA: yuqori tor unlilar: i, u (tor oraliq saqlanadi) o‘rta keng unlilar: e, o‘ (o‘rtacha oraliq saqlanadi) Download 451.19 Kb. Do'stlaringiz bilan baham: |
Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling
ma'muriyatiga murojaat qiling