lab-tish undoshlari: f, v.
Til undoshlari:
til oldi undoshlari: t, z, d, dj, j, r, s, n, ch, l, sh.(tazod, jar, sanchilish)
til o‘rta undoshlari: y.
til orqa undoshlari: k, g, ng. (kengga keng)
chuqur til orqa undoshlari: q, g‘, x. (qog‘ozdagi xat)
Bo‘g‘iz undoshi: h.
PAYDO BO‘LISH USULIGA KO‘RA:
Portlovchilar:
sof portlovchilar: b, p, d, t, g, k, q.
qorishiq portlovchilar: ch, j(dj) (jasur)
Sirg‘aluvchilar: v, f, z, s, g‘, x, j (jurnal), sh, h, y.
Portlovchi-sirg‘aluvchilar:
burun tovushlari (sonorlar): m, n, ng.
yon tovush: l
titroq tovush: r
OVOZ VA SHOVQINNING ISHTIROKIGA KO‘RA:
Jarangli (shovqin+ovoz) undoshlar: b, v, g, d, z, j (dj), j, g‘, y, l, m, n, ng, r
Jarangsiz (shovqin) undoshlar: p, f, k, t, s, ch, sh, x, h, q
Jarangli undoshlarning jarangsiz juftlari
b, v, g, d, z, j (dj), j, g‘, m, n, ng, l, r, y (mininglar-ey)
p, f, k t, s, ch, sh, x, h, q (Haq. Haqning jufti yo‘q)
QO‘SH UNDOSH VA QO‘SH UNLILAR
Qo‘sh undosh. Gapdagi ma’lum bir so‘zlarda ikki undosh yonma-yon keladi: million, taalluqli, izzat, novvot va h.k.
Qo‘sh unli. Gapdagi ma’lum bir so‘zlarda ikki unli yonma-yon keladi: murojaat, mutolaa, tabiiy, taassurot va h.k.
Oxiri qo‘sh undosh bilan tugagan so‘zlarga xuddi shu harf bilan boshlanuvchi har qanday qo‘shimcha qo‘shilsa, qo‘sh undoshning biri yozilmaydi. Masalan, Bu zanjir qimmatbaho metallardan tayyorlangan.
QATOR UNDOSH VA QATOR UNLILAR
Qator undosh. Faqat bir bo‘g‘in tarkibida yonma-yon kelgan undosh: afv, daraxt, fikr, go‘sht, Samarqand va h.k.
Qator unli. So‘z tarkibida yonma-yon kelgan har xil unli tovush. Bunday so‘zlar boshqa tillardan kirib kelgan: soat, muallim va h.k.
7-DARS. BO‘G‘IN. URG‘U
§ Bo‘g‘in
Bir yoki bir necha tovushdan tarkib topib, bir nafas chiqarish yo‘li bilan talaffuz etiladigan so‘zning bir bo‘lagi bo‘g‘in deyiladi. Masalan, bo-la-lar, mak-tab, kon-sti-tut-si-ya, si-ngil, ko‘-ngil, de-ngiz.
Bo‘g‘in bir tovushdan iborat bo‘lganda uning tarkibida unli tovush kelgan bo‘ladi. Bir bo‘g‘inda, albatta, bir unli bo‘lishi shart. Masalan, o-ta, o-na, a-ka, o-pa, u-ka. Bir unli ham birinchi bo‘g‘indagi harf, ham oxirgi bo‘g‘indagi harf bo‘la oladi: o-ta (bu bo‘g‘inda o harfi ham birinchi, ham oxirgi harfdir)
BO‘G‘IN
ajratiladi (bo‘linadi) ko‘chiriladi
mu-do-fa-a mu-do-fa-
mu-to-la-a a emas mu-do-
faa
Ba’zi so‘zlarda bo‘g‘in ko‘chirish (satrdan satrga ko‘chirish) quyidagicha:
bir unlidan iborat bo‘lgan bo‘g‘in yakka holda satrda qoldirilmaydi yoki yakka o‘zi keyingi satrga o‘tkazilmaydi: o׀ na emas ona, mu-to-la׀a emas mu-to-laa;
ism va ota ismlari qisqartirilsa, familiyadan ajratib ko‘chirilmaydi: S. V.׀Rahimov emas S. V. Rahimov;
qisqartmalar, iboralar, ko‘p xonali sonlar satrdan satrga ko‘chirilmaydi: O‘z׀MU, 145׀ sm, 35׀ gr (mumkin emas);
sonlarga tegishli harflar satrdan satrga ko‘chirilmaydi: 6-׀ “A” sinf emas 6-“A” sinf;
atoqli ot tarkibiga kiradigan raqam ham satrdan satrga ko‘chirilmaydi:
“Nihol”-׀2019 emas “Nihol”-2019
IZOH: ׀ belgisi satr oxiri belgisi sifatida ishlatilgan.
Agar yuqorida ko‘rsatilgan so‘zlar va shunga o‘xshashlarni yozuvda yozishga to‘g‘ri kelib qolsa, yo ikkalasini bir qatorda, yo har ikkalasini keying qatorda birgalikda yozish to‘g‘ri bo‘ladi.
O‘zbek tilidagi bo‘g‘inlarning turlari
faqat unlidan 1 unli 1 undosh 1 unli 2 undosh 1 unli 3 undosh 1 unli 4 undosh
o-ta, a-ka, ish, osh, bosh, ilm, yosh, do‘st, dard, shart, sport, tekst,
o-na, o-pa bo-la, da-la to‘l-qin, sta-kan sanch-qi, turt-ki trans-port, strel-ka
BO‘G‘IN
Berkitilmagan bo‘g‘in (unli)
Ochiq bo‘g‘in (unli)
Yopiq bo‘g‘in (undosh)
Birinchi harfi
Oxirgi harfi
Berkitilgan bo‘g‘in (undosh)
Masalan, da-la (berkitilgan ochiq, berkitilgan ochiq), til-la (berkitilgan yopiq, berkitilgan ochiq)
TOPSHIRIQ. Quyidagi so‘zlarni berkitilgan yoki berkitilmagan, ochiq yoki yopiq deya tahlil qiling:
Do'stlaringiz bilan baham: |