Ijtimoiy hodisa


Download 451.19 Kb.
bet13/49
Sana27.06.2023
Hajmi451.19 Kb.
#1657197
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49
Bog'liq
Ijtimoiy hodisa deyiladi. Til jamiyat a’zolari yordamida shaklla

Urg‘u 1-bo‘g‘inda

Urg‘u 2-bo‘g‘inda




Urg‘u 1-bo‘g‘inda

Urg‘u 2-bo‘g‘inda

yángi (ravish)

yangí (sifat)

étik (sifat)

etík (ot)

hózir (ravish)

hozír (sifat)

xímik (ot)

ximík (sifat)

ólma (fe’l)

olmá (ot)

fízik (ot)

fizík (sifat)

tórtma (fe’l)

tortmá (ot)

téxnik (ot)

texník (sifat)

súrma (fe’l)

surmá (ot)

átlas (xarita)

atlás (mato)

íshlar (fe’l)

ishlár (ot)

sízsiz (shaxs-son)

sizsíz (sifat yas.)

bóg‘lar (fe’l)

bog‘lar (ot)

tínchi (fe’l)

tinchí (egalik q.)

dámlar (fe’l)

damlár (ot)

bóyi (fe’l)

boyí (egalik q.)

kó‘zlar (fe’l)

ko‘zlar (ot)

bótir (sifat)

botír (fe’l)

chóg‘lar (fe’l)

chog‘lár (ot)

bótin (ot)

botín (fe’l)

qaynatmá (sifat) – qaynátma (fe’l), bosmá (sifat) – bósma (fe’l), otíng (ot) – óting (fe’l), moslamá (ot) – móslama (fe’l), boladá (ot. -da o‘rin-payt k.) – bóla-da (-da yuklama), suzmá (ot) – súzma (fe’l), akadémik, mexánik, matemátik (ot) – akademík, mexaník, matematík (sifat), yigitchá, qishloqchá (ot) – yigítcha, qishlóqcha (ravish)


Urg‘usini topish qiyin bo‘lgan so‘zlar

afsúski hátto óyday


ahíl héch kim póyezd
albátta izotóp qáncha
astronómiya kartína qáysi
auditóriya kímdir qíp-qizil
áhl konstitútsiya rádio
állakim kúldir respúblika
ammo lámpa romandán
áslo lékin rúchka
átom léksiya sanatóriya
bárcha matemátika shamólday
bolám máshq silós
brashúra mudír tónna
diréktor muhím tráktor
dotsént muhít yám-yashil
dóim mumkín závqim
gazéta munís zéro
gár-chi nafís
hamísha óblast
hámma óbraz
hár kim óshiq


Quyidagi qo‘shimcha va yuklamalar urg‘u olmaydi:



  • -ta: béshta, tó‘rtta;

  • -cha: rúscha, o‘zbékcha;

  • -tacha: ó‘ntacha, qírqtacha;

  • -dek, -day: ótdek, oyday;

  • -ov, -yev, -yeva: Ahmédov, Habibulláyeva;

  • -ma (bo‘lishsizlik q.): ólma, íshlama, kélma;

  • -man, -san, -miz, -siz, -dir kesimlik qo‘shimchalari: talabáman, talabásan, talabádir;

  • -ku: kéldi-ku;

  • -mi: óldingmi;

  • -chi: sén-chi;

  • -da: yána-da;

  • -gina (-kina, -qina): ulárgina;

  • sof ko‘makchilar (uchun, sari, kabi, uzra, singari va h.k.): osmón uzra, seníng kabi.



BOG‘LIQ URG‘U. So‘z oxiriga tushgan urg‘u bog‘liq urg‘u deyiladi. Masalan, dalá – dalalár – dalalargá.


GAP URG‘USI. Gapdagi biror bir so‘zning boshqalariga nisbatan ajratib, ta’kidlab aytilishi gap (logik, mantiqiy, intonatsion, ma’no) urg‘usi deyiladi. Gapda ma’no urg‘usi qaysi so‘zga tushgan bo‘lsa, so‘zlovchi tinglovchini diqqatini shu so‘zga tortmoqchi ekanini bildiradi. Gapda so‘roq olmoshlari, ajratilgan bo‘laklar ishtirok etsa, ular, albatta, gap urg‘usini olgan bo‘ladi. Masalan, Bugun darsda kim yo‘q? Biz, yoshlar, ona Vatanning ertasimiz. Ma’no urg‘usi, odatda, kesimdan oldingi so‘zga tushadi. Masalan,
Karim kecha maktabga keldi. (qayerga? Maktabga, boshqa yerga emas.)
Kecha maktabga Karim keldi. (kim? Karim, boshqa emas.)
Karim maktabga kecha keldi. (qachon? Kecha, bugun emas.)
Karim maktabga kecha keldi. (nima qildi? Keldi, kelmadi emas.)


ESLATMA! Gap bo‘laklarining odatdagi tartibining o‘zgarishi inversiya deyiladi.

8-DARS. TUTUQ BELGISI. X (x) va H (h) UNDOSHLARI IMLOSI




§ Tutuq belgisi (’)

1. Tutuq belgisi, unli tovushdan keyin kelsa, shu unlini cho‘zishga xizmat qiladi va shu bo‘g‘in urg‘uli hisoblanadi: Má’no, dá’vo, tá’na.


2. Tutuq belgisi undosh tovushdan keyin kelsa, shu undoshni keyingi unlidan ajratishga xizmat qiladi: San’at, mas’ul, mas’ud, jur’at, mash’um, mash’ala.
3. Agar so‘zda s va h undoshlari yonma-yon kelsa, ularni sh harfiy birikmasidan farqlash uchun orasiga qo‘yiladi: Is’hoq (ism), as’hob (do‘st, o‘rtoq), mus’haf (sahifalangan Qur’on).
4. O‘ unlisidan keyin tutuq belgisi qo‘yilmaydi: мўъжиза – mo‘jiza, мўътадил – mo‘tadil, мўътабар – mo‘tabar.
5. Quyidagi so‘zlarda tutuq belgisi bordek tuyulsa ham, qo‘yilmaydi: voqe, tole, mone, taassurot, taajjub, taalluqli, taqiqlamoq, mo‘tabar, tama, tamagir, shafe…
6. Tutuq belgisini farqlamaslik paronimlik hosil qiladi:
qal’a (imorat) – qala (fe’l) da’vo (arz, murojaat) – davo (shifo)
san’at (kino, qo‘shiq, ism) – sanat (fe’l) she’r (lirik janr) – sher (hayvon)
sa’va (qush) – sava (savala, urmoq fe’li) ta’rif (maqtov) – tarif (bir xil narx)
tal’at (yuz, chehra) – talat (fe’l) ta’na (gina) – tana (gavda)
sur’at (tezlik) – surat (tasvir)
§ X (x) va H (h) undoshlari imlosi


X undoshi chuqur til orqa, talaffuzda tomoqni qirib chiqadi: shox, xol, xo‘roz. H undoshi esa mayin aytiladi, talaffuzda tushib qolishi yoki “y” tovushi bilan almashishi mumkin: hol, havas, Abdulloh – Abdullo, Shohnazar – Shonazar, shohi – shoyi. Ushbu harflarni farqlamaslik paronimlik hosil qiladi:
xiyla (biroz) – hiyla (makr) shox (hayvon yoki daraxt shoxi) – shoh (podshoh)
xush (yaxshi) – hush (ong, aql) uxlamoq (dam olish) – uhlamoq (uh tortmoq)
xirs (ayiq) – hirs (nafs) xil-xil (turli) – hil-hil (yetilib pishmoq)


X (x)
Axloq, axtarmoq, baxt, baxsh, ixtiyor, ixramoq, laxcha, maxluq, maxfiy, muxlis, muxolif, muxtasar, oxir, paxta, qix-qix, ruxsat, saxovat, six, surx (qirmizi), suxandon, talx (achchiq), taxir, taxlit, taxmin, uxlamoq, yaxshi, o‘xshamoq, o‘xchimoq (qusmoq), shaxs, shaxdam, shox-shabba, sho‘x, xabar, xalaqit, xaloskor, xalta, xamir, xameleon, xanda, xanjar, xaridor, xarita, xarob, xarsang, xartum, xaskash, xasta, xatar, xatm (tugatish), xatti-harakat, xattot, xavf-xatar, xayol, xayr, xush, xazina, xijolat, xilvat, xipchin, xiroj, xiyonat, Xizr, xolis, xohlamoq, xona, xontaxta, xosiyat, xullas, xaspo‘shlamoq (xatoni yashirmoq), xijil.


H (h)
Aholi, ahil, ahmoq, baho, behuda, vahima, jahd, jahl, jahon, lahim (qo‘shilgan), lahm (suyaksiz go‘sht), mahbus, mehr, muhtaram, muhlat, muhtoj, nahotki, ohor (kraxmal), rohat, sahifa, sayohat, tahdid, tahlil, yahudiy, o‘hho‘, qahqaha, qahr, shohid (guvoh), shahodat, hadya, hafsala, hafta, kaltafahm, hajviy, halitdan, halokat, halol, halqum, handalak, halovat, hamisha, haqir (qadrsiz), haqiqat, harakat, harbiy, harf, harom, harorat, hasadgo‘y, hassos (ta’sirchan), havas, haybarakallachi, hayfsan, hayot, hayrat, hayron, hasrat, hasharot, hibsxona, hijron, huda-behuda, hind, hissador, hokim, holva, homiy, hozirjavob, hunar, hurmat, hurpaymoq, hurriyat, husnixat, hushyor, ho‘plam, husndor, hijjalamoq, halloslamoq, habash, halqum, hol-ahvol, hordiq.

9-DARS. TOVUSH O‘ZGARISHLARI. ALIFBO. GRAFIKA





Download 451.19 Kb.

Do'stlaringiz bilan baham:
1   ...   9   10   11   12   13   14   15   16   ...   49




Ma'lumotlar bazasi mualliflik huquqi bilan himoyalangan ©fayllar.org 2024
ma'muriyatiga murojaat qiling